Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

16.08.2016

Skyslide - osmono‘par minorada joylashgan birinchi shishali gorka

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 118
Skyslide - osmono‘par minorada joylashgan birinchi shishali gorka

Iyun oyining oxirida Los-Anjelesdagi 73 qavatli U.S. Bank Tower minorasida Skyslide attraktsioni ishga tushdi: bu erga tashrif buyurgan mehmonlarga 8 dollar evaziga old qismga o‘rnatilgan shishali gorkada uchish taklif qilinadi. Skyslide'ga bir yarim oy davomi ko‘plab mehmonlar, bir necha minglab tomoshabinlar tashrif buyurishdi. Ulardan ko‘pchiligi ijtimoiy tarmoqlarda o‘z taasurotlarini aytib o‘tishgan.

Noodatiy attraktsionda birinchilardan bo‘lib Jimmi Kimmel shousining muxbiri uchib ko‘rdi. U ham avvalgi mehmonlar kabi attraktsionda ajoyib sirg‘alishni ta’minlab beruvchi va shu bilan birga, shishali qoplamadan himoya qiluvchi maxsus gilamchada uchishiga to‘g‘ri keldi. Barcha jarayon taxminan uch soniya davom etadi.

Skyslide - osmono‘par minorada joylashgan birinchi shishali gorka

Keyinroq, AP jurnalisti shishali gorkada uchish «uning hayoti davomida amalga oshirgan eng dahshatli ishi»ga aylanganini ta’kidlab o‘tdi. Avvalari u baland amerika gorkalarida uchib, parashyutlardan sakragan bo‘lishiga qaramay, bu voqea uni balandlikdan qo‘rqib qolishiga sabab bo‘ldi.

Skyslide - osmono‘par minorada joylashgan birinchi shishali gorka

Attraktsion ochilganidan sakkiz kun o‘tib, tashrif buyurganlardan biri erga tushish jarayonida bilagini sindirib oldi. Shundan so‘ng, u Los-Anjeles Oliy sudiga da’vo arizasini bergan. U o‘z arizasida gorka dizayni yo‘lovchiga sirg‘alishni sekinlashtirishiga yo‘l qo‘ymasligi va bu esa o‘z navbatida, turli jarohatlarni keltirib chiqarishini ko‘rsatib o‘tgan.

Skyslide - osmono‘par minorada joylashgan birinchi shishali gorka

Biroq bunga qaramay, gorka mashhurlikka erishib, tobora ommalashib bormoqda. Telekanallar u haqida maxsus ko‘rsatuvlar tayyorlashmoqda, odatiy tashrif buyuruvchilar esa tarmoqlardagi akkauntlarida suratlar va videolar joylashtirishmoqda.

Skyslide - osmono‘par minorada joylashgan birinchi shishali gorka

Skyslide - osmono‘par minorada joylashgan birinchi shishali gorka

Skyslide - osmono‘par minorada joylashgan birinchi shishali gorka


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar