Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.08.2016

Apple rahbari Tim Kuk: "Odamlar kutilmagan sovg‘alarni yaxshi ko‘rishadi"

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 238
Apple rahbari Tim Kuk: "Odamlar kutilmagan sovg‘alarni yaxshi ko‘rishadi"

13 avgust kuni Apple bosh rahbari Tim Kuk o‘z lavozimini egallaganiga besh yil to‘lishi munosabati bilan The Washington Times gazetasi uning ishtirokidagi katta intervyuni taqdim etdi. Ma’lumki, 2011 yilning avgust oyi oxirida Stiv Jobs sog‘lig‘i tufayli kompaniya boshqaruvini topshirgan. Kuk intervyu davomida Apple'ning o‘tmishdagi xatolari, smartfonlar bozoridagi hukmronligi, o‘z hayot tarzi va biroz kompaniya yangiliklari bilan bo‘lishdi. E’tiboringizga suhbatning eng diqqatga sazovor lavhalarini havola etamiz.


Bosh direktor lavozimi haqida

Kuk dastlab bosh direktor bo‘lishni istamasligini aytgan, u daromad va xarajatlarni hisoblab, direktorlar kengashi va aktsiyadorlar oldida hisobot topshirish o‘rniga kompaniya xodimlari, turli mamlakatlardagi mijozlari, qurilmalarni yig‘adigan ishchilar haqida qayg‘urishni xush ko‘radi.

"Ehtimol, mening qarashlarim an’anaga u qadar to‘g‘ri kelmas. Buning uchun meni ba’zan tanqid ham qilishadi, bilaman.

Bosh direktor lavozimi yolg‘iz kishilarga mo‘ljallanganligi haqidagi gap-so‘zlar har tomonlama to‘g‘ri. Men hech kimdan hamdardlik kutmayman. Mening ishim dunyodagi eng yaxshi ish".


Smartfonlar bozori haqida

Ikki chorakdan buyon davom etib kelayotgan ayfon sotuvlarining pasayib ketishi tufayli ko‘pchilik tahlilchilar Apple'ga qarshi gapira boshlashdi - kompaniya daromadining uchdan ikki qismi aynan ayfonlar sotuvidan tushmoqda. Biroq ularga bo‘lgan qiziqish pasaya boshladi.

Apple rahbari Tim Kuk: "Odamlar kutilmagan sovg‘alarni yaxshi ko‘rishadi"

Kukning fikricha, smartfonlar Apple uchun eng maqbul bozorligicha qolmoqda, zero kompyuterlar va televizorlar kichik miqdorda sotilmoqda: ularni bir necha kishi bir bo‘lib ishlatishi mumkin, smartfon esa har bir insonga kerak. Bundan tashqari Kukning so‘zlariga ko‘ra, inson kelgusida smartfonga yanada ko‘p bog‘lanib qoladi.

"Sun’iy intellekt bu mahsulotning ahamiyatini yanada kuchaytiradi. Smartfon bugunga nisbatan yaxshiroq yordamchiga aylanadi. Bugungi kunda smartfonsiz uydan chiqmasangiz-da, kelajakda siz unga butkul bog‘lanib qolasiz.

Ishlab chiqarish darajasi shiddat bilan yuqoriga ko‘tariladi va smartfonlarning o‘rnini hech nima bosa olmay qoladi.

Tushunaman, 90 kunlik davrlarga e’tibor beruvchi kishilar "Voy Xudoyim, smartfonlar sanoati 1 foizga ko‘tarilibdi yoki 6 foizga tushibdi", deyishadi. O‘zingiz yaxshi bilasiz, dunyo iqtisodiyoti hozir oson davrni boshdan o‘tkazmayapti. Agar siz uzoq muddatni ko‘zlab qarasangiz, smartfon bozori - Er yuzidagi eng yaxshi bozor ekanligini ko‘rasiz".


Apple'ga medianing ta’siri haqida

Kuk bosh direktor bo‘lgan yil ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri yanada ortdi. Apple'ning muxlislari va raqiblari kompaniya haqida fikrlarini bildira boshlashdi, bu ommaviy axborot vositalari nazaridan chetda qolmadi, albatta. Buning natijasida esa kompaniya yanada ko‘zga tashlana boshladi.

Apple rahbari Tim Kuk: "Odamlar kutilmagan sovg‘alarni yaxshi ko‘rishadi"

Kuk bosh direktor kursisiga o‘tirganida Jobsning o‘limidan keyin matbuotning kompaniyaga bo‘lgan qiziqishi susayadi, deb o‘ylagan, biroq bunday bo‘lmadi.

"Inson yanada kuchli bo‘ladi - 2011 yilning avgustidan hattoki terim ham qalinlashdi. Bu gapni yomon ma’noda aytmadim: bu mening qo‘pollashganim yoki beparvoligimni bildirmaydi. Shunchaki ko‘p narsalarni yaxshi farqlay boshladim".


O‘tmishdagi xatolar haqida

O‘z lavozimida qanday xatolarga yo‘l qo‘ygani haqidagi savolga Kuk ikkita xatosi - Apple kartalari va ulgurji savdo uchun nomunosib kishini tanlaganini yodga oldi.

Tim Kuk 2012 yildayoq Apple kartalarining past sifati uchun uzr so‘ragan: muvaffaqiyatsiz mahsulot iOS uchun mas’ul shaxs - Skott Forstallning iste’fosiga sabab bo‘lgan. 2013 yilning noyabr oyida Kuk Burberry'ning bosh direktori Anjela Arendtsni ulgurji savdoni rivojlantirish maqsadida ishga oladi.

"Katta kompaniyalarning odatiy xatosi - o‘z ayblarini tan olmaslik. Ularning g‘ururi ayb ish qilganliklarini tan olishga yo‘l qo‘ymaydi. Mening fikrimcha, buni qanchalik tez tan olsang, shunchalik yaxshi. Vijdoning oldida toza bo‘lsang, odamlar senga yana bir imkoniyat berishadi. Agar boshingni qumga tiqib, xato qilishda davom etaversang, o‘ylashimcha, xodimlaringni va mijozlaringni yo‘qotasan".


Raqobat haqida

Facebook, Google va Amazon'ning sun’iy intellekt texnologiyalari bilan raqobat to‘g‘risidagi savolga javob berishni Tim Kuk izohlardan boshladi. U Apple hozirda quvib etuvchi pozitsiyasida, deb hisoblamaydi.

"Biz Siri'ni 2011 yildan beri ishlab chiqaramiz va Siri doim sen bilan. Sen qiladigan ishlaring ro‘yxati haqida faqatgina oshxonada paytingda eslamaysan".

Kuk sun’iy intellektning boshqa joylarda qo‘llanishini aytib o‘tdi: masalan, klaviaturalarni bosganda so‘zlarning paydo bo‘lishi, suratlarda kishilar yuzini aniqlash, mashina qaerda to‘xtaganiga doir eslatma.

Apple rahbari Tim Kuk: "Odamlar kutilmagan sovg‘alarni yaxshi ko‘rishadi"

Apple rahbari jurnalistning kompaniya avtomobili loyihasi atrofidagi gap-so‘zlar haqidagi savolni boshqa tomonga burib yubordi (bu bilan bunday loyihaning mavjudligini tasdiqladi hisob), lekin Apple to‘ldirilgan reallik texnologiyasi qo‘llangan mahsulot ustida faol ish olib borayotgani to‘g‘risida so‘zlab berdi.

"Men e’lon qilinmagan narsalar haqidagi savollarga javob bera olmayman. Bizning fikrimizcha, odamlar kutilmagan sovg‘alarni yaxshi ko‘rishadi. Bugungi kunda ularning soni ko‘p emas".


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar