Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.08.2016

Bularni qilsangiz, teringiz sizdan minnatdor bo‘ladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 185
Bularni qilsangiz, teringiz sizdan minnatdor bo‘ladi

Chiroyli, sog‘lom teri — o‘ziga qarab yuruvchi qizlarning birinchi va asosiy belgisi. Bu vaziyatda ham kamchiliklar bilan kurashishda bir qator pardoz vositalaridan foydalaniladi: maxsus pilinglar, kremlar, losonlar, niqob va skrablar. Biroq qimmatbaho vositalar doim ham kutilgan natija beravermaydi.

Terini parvarishlashga qaratilgan quyidagi tavsiyalar doimo go‘zal va navqiron ko‘rinishingizga yordam beradi.

Telefon ekranini maxsus tozalovchi salfetkalar bilan arting


Yonoqlaringizda toshmalar paydo bo‘lganini his etsangiz, bu mobil telefon tufayli bo‘lishi mumkin.

Zamonaviy tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki, mazkur devayslarda hojatxonaga nisbatan o‘n marta ko‘proq bakteriyalar mavjud. Barcha mikroblar yuzingizga o‘rnashib olmasligini istasangiz, maxsus salfetkalar yordamida telefon ekranini tez-tez artib turishga odatlaning.


Pardoz buyumlarini tez-tez yuvib turing

Bularni qilsangiz, teringiz sizdan minnatdor bo‘ladi

Pardoz uchun buyumlarni noto‘g‘ri ishlatish teri qichishishi, husnbuzarlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bunday ko‘ngilsiliklardan qochish uchun cho‘tkalar, gubkalar, applikatorlar va boshqa buyumlarni doim yuvib turish zarur. Buning uchun odatiy antibakterial salfetkalar yaxshi yordam beradi.

O‘z ovqatlanish me’yoringizni nazorat qiling

Bularni qilsangiz, teringiz sizdan minnatdor bo‘ladi

Shirin, yog‘li taomlar terining dushmani hisoblanadi. Bu barchaga ma’lum. Biroq bu haqida unutib qo‘yamiz. Monoparhez kabi qattiq oziqlanish cheklovlari — quruq, ajinli va «charchagan» terini ta’minlab beruvchi asosiy omil. Shu sababli organizmda «zararli» mahsulotlar bilan birga zarur vitamin va minerallar yo‘qolib qolishiga yo‘l qo‘ymang.


Skrablardan keragidan ortiqcha foydalanmang

Bularni qilsangiz, teringiz sizdan minnatdor bo‘ladi

Skrablar chindan ham terini yanada tekis va yorqin qilishga yordam beradi, biroq bu kabi vositani haddan ziyod ishlatish shamollash xavfini oshiradi. Muammoli va quruq terili kishilar skrablardan voz kechib, yumshoq tozalovchi losonlardan foydalangani ma’qul. Kimning terisi yog‘li bo‘lsa, skrablarni haftada ikki marotaba ishlatsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Basseynda cho‘milishdan avval va keyin yuzingizga krem suring

Bularni qilsangiz, teringiz sizdan minnatdor bo‘ladi

Xlorlangan suv terini juda quritib yuboradi va biroz xira, dag‘al qilib qo‘yadi. Xlorning salbiy ta’sirini kamayytirish uchun basseynga borishdan avval yuzga oziqlantiruvchi krem surting, cho‘milib bo‘lgach esa yaxshilab yuvinib, yumshatuvchi kremdan foydalaning.


Sport mashqlaridan so‘ng darhol yuvining

Bularni qilsangiz, teringiz sizdan minnatdor bo‘ladi

Sportzalda yuvinish biroz noqulaylik tug‘dirish mumkin. Biroq oqayotgan teri o‘z vaqtida yuvib tashlanmasa, qora chiziqlar va husnbuzarlar paydo bo‘ladi. Shu sababli mashqlardan so‘ng darhol yuvinishga odatlaning.


Organizm sizga yuborayotgan belgilardan ogoh bo‘ling

Bularni qilsangiz, teringiz sizdan minnatdor bo‘ladi

Qizil toshmalar yoki qichishish, teri quruqligi, shishish — bu barcha kamchiliklar jiddiy kasalliklardan darak berishi mumkin. Organizmingiz sizga yuborayotgan bunday belgilarga e’tiborli bo‘ling va o‘z vaqtida unga qarshi chora ko‘ring.


Juda ham issiq suvdan foydalanmang

Bularni qilsangiz, teringiz sizdan minnatdor bo‘ladi

Haddan ziyod issiq suv terini himoya qiluvchi va undagi namlikni saqlab turuvchi ingichka yog‘ qatlamiga ziyon keltiradi. Qaynoq suvda cho‘milish tezda ajin tushishiga, teri qurishiga olib keladi. Buni yoddan chiqarmang va qaynoq suv o‘rniga xona haroratidagi suvdan foydalaning.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar