Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.08.2016

Volkswagen mashinalarini kalitsiz ochish usuli topildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 92
Volkswagen mashinalarini kalitsiz ochish usuli topildi

Birmingem universitetidagi olimlar guruhi 1995 yildan beri ishlab chiqarilgan Volkswagen kontserni tarkibiga kiruvchi yuz million avtomobilning markaziy qulfini masofadan boshqarish tizimida zaiflik topdi. Bu haqida Wired nashri ma’lum qildi.

Ekspertlar so‘nggi yigirma yil ichida chiqarilgan Volkswagen kontsernining barcha rusumlardagi avtomobillarini qulflash tizimida qo‘llaniladigan to‘rtta kriptografik kalitni topishga muvaffaq bo‘lishdi. Bundan tashqari, olimlar tugmani bosish orqali brelokdan avtomobildagi uzatgichga beriluvchi signalni "tutish"ni o‘rganib olishdi.

Mazkur ikki komponent yordamida tadqiqochilar guruhi Volkswagen kontserni avtomobillarini xohlagancha ochish va yopish mumkin bo‘lgan kalitlar nusxasini yasashga muvaffaq bo‘lishdi. Universitetda xakerlar qo‘liga tushib qolmasligi uchun kriptografik kalitlarni qanday qo‘lga kiritganlik haqida ma’lumot berilmagan.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, kalitdan signal "tutish"dagi qiyinchiliklardan biri avtomobil va o‘g‘ri o‘rtasidagi masofa hisoblanadi - u 300 fut 91 metrdan oshmasligi kerak.

Bundan tashqari, Birmingem universiteti tadqiqotchilari HiTag2 kriptografik sxemasi qo‘llaniladigan avtomobillarning markaziy qulflarini ochib kirish usulini topishdi. Bunday vaziyatda avtomobilga kalitdan unga "biriktirilgan" sakkiz koddan biri uzatiladi.

Olimlarning ma’lum qilishicha, Volkswagen kalitlaridan signal "ilish"da qo‘llaniladigan qurilmadan foydalanib, ular brelokdan oladigan ma’lumotni "o‘chirishi" mumkinligi aniqlandi, buning uchun haydovchi kalitdagi tugmani bir necha marta bosishga majbur bo‘ladi. Tugmani ko‘p marta bosish hisobiga xakerlar eshiklarni ochishda qo‘llanadigan sakkiz kodning barchasiga ega bo‘lishlari mumkin.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar