Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

12.08.2016

Dunyodagi eng sokin uy

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 100
Dunyodagi eng sokin uy

Business Insider muharriri Mett Vaynberger sayyoramizdagi eng sokin joy — Microsoft'ning ovozni ichkaridan yutuvchi aks-sadosiz xonasini ziyorat qilib, Windows ishlab chiqaruvchilarining loyihasidan hayratga tushdi. "Men dunyodagi eng sokin xonada 5 daqiqa vaqt o‘tkazdim va aqldan ozishimga ozgina qoldi", — deydi o‘z taasurotlari bilan o‘rtoqlashib jurnalist.

Sirli mo‘jazgina xona Microsoft kampusidagi Building 88 tajribalar laboratoriyasi binosining ichki qismida joylashgan. O‘tgan yilning so‘ngida u Ginnesc rekordlari kitobiga sayyoradagi "eng sokin" joy deb kiritilgan.

Xona ichidagi shovqin darajasi rekord ko‘rsatkichni qayd etadi –20,35 detsibel. Microsoft ta’kidlashicha, bir-biriga urilib harakatlanadigan havo zarrachalari tufayli xonani yanada sokin qilishning imkoni yo‘q. Vaynberger so‘zlariga ko‘ra, tashqi shovqindan butunlay izolatsiya qilingan xonada gapirish juda ham qiyin: "siz o‘zingizni xuddi yostiq ostida baqirayotgandek his qilasiz".

Dunyodagi eng sokin uy

Microsoft o‘z mahsulotlarini takomillashtirish uchun audiolaboratoriyadan foydalanadi. Misol uchun, foydalanuvchi boshqa xona burchagidan Windows-qurilmani ishlatmoqchi bo‘lganida mazkur laboratoriya Cortana ovoz yordamchisining tinglash qobiliyatini kuchaytirishi mumkin. Shuningdek, Surface-planshet va noutbuklar uchun ilg‘ab bo‘lmas signallarni sezishga o‘rgatadi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar