Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

12.08.2016

Baxtli oilalardagi biz ko‘rmaydigan 10 ta jihat

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 260
Baxtli oilalardagi biz ko‘rmaydigan 10 ta jihat

“Baxtli oilalarning barchasi bir-biriga o‘xshaydi”, — deb yozgandi Lev Tolstoy “Anna Karenina” romanida. Yozuvchi haqmidi? Nahot barcha baxtli oilalarda qandaydir umumiy xislat bo‘lsa? “Ayol.uz” nashri psixologlar fikriga tayanib, baxtiyor oilalarni birlashtiruvchi 10 ta odatni sanab o‘tdi.

Ular bir-biri haqida qarindosh va do‘stlariga shikoyat qilmaydi

Baxtiyor er-xotin o‘z munosabatlariga uchinchi shaxslarni jalb qilish kerak emasligini biladi. Agar tushunmovchilik yuzaga kelsa, ular bir-biri bilan ochiqchasiga gaplashib oladi. Ayolning dugonalari va erkakning do‘tlari betaraflikni saqlay olmaydi va munosabatlaringizga faqat putur yetkazishi mumkin, xolos.

Ular bir-birini boshqalar bilan solishtirmaydi

Baxtiyor er-xotin bir-birini boricha, barcha kamchiliklari bilan qabul qiladi va sevadi. Ular bir-birining kamchiliklari ustidan kulmaydi, qarashlar va fikrlardagi tafovutni qabul qiladi hamda bir-biriga o‘sishda yordam beradi.

Ular o‘zini qurbon qilib ko‘rsatmaydi


Baxtli juftliklar bir-birini o‘z muammolarida ayblamaydi, aksincha hodisa uchun javobgarlik ikkalasining ham bo‘ynida ekanligini anglaydi.

Ular doim ham jiddiy emas

Baxtli oilalar xursandchilik qilishni, kulishni, hazillashishni, va shu tariqa o‘z munosabatlarini yangilashni biladi. Hayot ularga qarshi chiqqanda ham ular muammo ustidan kulish imkoniyatini topadi.

Ular bir-birini tanqid qilmaydi va “egovlamaydi”

Baxtiyor juftliklar bir-birining yaxshi xislatlarini ko‘rishga harakat qiladi, muammolar yuzaga kelganda esa nima sodir bo‘layotganini anglashga urinadi. Agar juftingiz ko‘nglingizga xush kelmaydigan narsani qilayotgan bo‘lsa, unga bu haqda aytishning maqbul yo‘lini toping. Tanqid va ko‘z yoshi yordamida istagan narsangizga erisha olmaysiz — bunda kishi sizni tinglamay qo‘yadi va sizning u haqdagi past fikringizni tasdiqlash uchun qasdma-qasdiga ish tutadi.

Ular fikrlarni o‘qishga urinmaydi

Baxtli er-xotin bir-biriga o‘z ehtiyojlari haqida qanday ma’lum qilishni biladi. Biz endi katta odamlarmiz va bizda yashirincha xafa bo‘lish o‘rniga, bizga kerak narsani so‘rashning turli usullari bor. Agar sizga e’tibor yetishmayotgan bo‘lsa, bu haqda bildiring. Ochiqchasiga bildirish — barkamol va mustahkam aloqalarning asosi.

Ular faqat o‘z rollariga “yopishib qolmagan”


Baxtli juftliklar gender rollari masalasiga juda qat’iy tarzda yondashmaydi. Ular o‘zgaruvchan va ko‘p vazifali bo‘la oladi: bugun siz ovqat pishirasiz, ertaga — men, bugun bolaga men qarayman, ertaga — siz va hokazo.

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar