Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

12.08.2016

Aql ishlatishni talab qiluvchi 7 o‘yin va ularning tengsiz ustalari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 462
Aql ishlatishni talab qiluvchi 7 o‘yin va ularning tengsiz ustalari

"Sportchi" deganda kishilar ko‘z o‘ngida qanday inson gavdalanadi? U qadar o‘tkir aql sohibi bo‘lmagan mustahkam mushaklar...biroq intellektual qobiliyatlar tashqi ko‘rinishdan ko‘proq diqqatni tortishini hamma ham anglab etavermaydi.

Keling, sportning intellektual turlari haqida so‘z yuritamiz. Intellektual sport musobaqalarida kishilar hisoblar bo‘yicha bellashadilar. Bugun to‘xtalib o‘tadigan sportchilarimiz inson uchun eng asosiy muskul - miyani mustahkamlashadi.

Shaxmat bo‘yicha chempion

Aql ishlatishni talab qiluvchi 7 o‘yin va ularning tengsiz ustalari

Shaxmat - ikki raqib uchun 64 katakli taxtada maxsus shakllarni jamlagan mantiqiy stol o‘yini bo‘lib, u san’at, ilm-fan va sport elementlarini o‘zida uyg‘unlashtirgan. O‘yin nomi fors tilidan kelib chiqqan: "Shax mat" so‘zma-so‘z tarjima qilganda - "shox o‘ldi", degan ma’noni anglatadi.

Aql ishlatishni talab qiluvchi 7 o‘yin va ularning tengsiz ustalari

Sven Magnus Een Karlsen — Elo reytingining 2 700 va 2 800 punktni bosib o‘tgan, FIDEning rasmiy reytingini 19 yoshda boshqargan eng yosh shaxmatchi. 2013 yilning fevral oyidan - Elo reytingi tarixida eng yuqori cho‘qqini (2872 punkt) zabt etgan sportchi. Magnus Gari Kasparovning 13 yil davomida saqlab kelgan 2851 punkt natijasidan o‘zib ketib, rekord o‘rnatdi.

Aql ishlatishni talab qiluvchi 7 o‘yin va ularning tengsiz ustalari

2014 yilning may oyida reytingning mutloq cho‘qqisiga chiqdi - 2882 punkt. 2013 yilda Time jurnali Magnusni "Titanlar" tasnifida "Jahonning eng nufuzli 100 kishisi" ro‘yxatiga kiritdi.

Shashka bo‘yicha chempion

Aql ishlatishni talab qiluvchi 7 o‘yin va ularning tengsiz ustalari

Shashka - oq va qora donachalar bilan o‘ynaladigan stol o‘yini. Partiya paytida har bir o‘yinchining o‘ziga tegishli rangdagi shashkalari bo‘ladi. O‘yin maqsadi - shashkalar yo‘lini to‘sish yoki ularni yutib olish orqali raqibga yo‘l qoldirmaslik.

Aql ishlatishni talab qiluvchi 7 o‘yin va ularning tengsiz ustalari

Aleksandr Georgiev — rossiyalik shashka ustasi, to‘qqiz karra jahon chempioni, uch karra Evropa chempioni. Xalqaro grossmeyster.

Aleksandr Georgiev Aleksandr Leman bilan hamkorlikda Leman-Georgiev turnirlarini o‘tkazish tizimini ishlab chiqaan.

Go bo‘yicha chempion

Aql ishlatishni talab qiluvchi 7 o‘yin va ularning tengsiz ustalari

Go — Sharqiy Osiyoning qadimiy mantiqiy o‘yini. Ikki o‘yinchidan har biri o‘ziga tegishli rangdagi toshlar bilan imkon qadar katta hajmdagi hududni chegaralashi kerak bo‘ladi.

Aql ishlatishni talab qiluvchi 7 o‘yin va ularning tengsiz ustalari

Li Sedol — go bo‘yicha 9-dan koreys professionali, 2010 yilgi yozgi Osiyo o‘yinlarida go bo‘yicha jamoaviy o‘yin g‘olibi. Li Sedol 1996 yil 13 yoshida 1-dan professionali nomini olgan. 2002 yilda u o‘zining ilk xalqaro mukofotini qo‘lga kiritgan. 2010 yilning 4 iyunida esa u turnirlardagi 800-g‘alabasini qozongan.

2016 yilning mart oyida Li Sedol Google DeepMind kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan AlphaGo kompyuter dasturiga qarshi o‘ynagan va besh partiyadan birida g‘olib bo‘lgan.

Bridj bo‘yicha chempion

Aql ishlatishni talab qiluvchi 7 o‘yin va ularning tengsiz ustalari

Bridj — jamoa yoki juft bo‘lib o‘ynaladigan intellektual karta o‘yini. Sport bridji - Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan sport turi sifatida rasman tan olingan yagona karta o‘yini. Bridj murakkabligi, qiziqligi va taniqliligi bo‘yicha shaxmat va go kabi intellektual o‘yinlar bilan bir qatorda turadi.

Ilay Kalbertson — amerikalik tengsiz bridj ustasi. Uning otasi neft konlarini izlash bilan shug‘ullangan, shu bois umrining katta qismini Evropada neft qidirib o‘tkazgan. Ilayning bolalik va o‘smirlik yillari Rossiyada o‘tgan. U Jeneva va Parijda tahsil olgan. Kavkaz, Meksika va Ispaniyadagi inqilobiy hodisalarda faol ishtirok etgan.

Rus inqilobi davrida otasi bor budidan ayrilgan va Amerikaga yo‘l olgan. Bir qator kasblar ichidan Ilay bridj o‘yining professional ustasi bo‘lishni afzal, deb bilgan. U Vridge World jurnaliga asos solgan, turnirlarda xotini bilan juftlikda muvaffaqiyatli qatnashgan, ma’ruzalar o‘qigan va bridjga oid kitoblarni nashrdan chiqargan.

30-yillarning oxirida yangi urush xavfi aniq bo‘lganda, u karta o‘yinini tark etib, siyosiy faoliyatga qaytgan. Jahon federatsiyasiga, 1946 yilda esa - BMT islohotlari fuqarolar qo‘mitasiga asos solgan va xalqaro tinchlikparvar kuchlar yordamida sayyorada tinchlik saqlashni targ‘ib qilgan.

Rubik kubigini yig‘ish va boshqotirmalarni echish bo‘yicha chempion

Aql ishlatishni talab qiluvchi 7 o‘yin va ularning tengsiz ustalari

Rubik kubigi - 1974 yilda vengriyalik haykaltarosh va me’morchilik muallimi Erne Rubik tomonidan ixtiro qilingan (va 1975 yilda patentlangan) mexanik boshqotirma.

Aql ishlatishni talab qiluvchi 7 o‘yin va ularning tengsiz ustalari

Feliks Zemdegs — Rubik kubigini yig‘ish bo‘yicha joriy rekord sohibi va boshqa ko‘plab boshqotirmalarning etakchi yig‘uvchisi. U 44 marta jahon rekordini o‘rnatgan. U 2008 yilda 12 yoshida boshqotirmalarni echishni boshlagan va atigi 71 kundan keyin uning o‘rtacha yig‘ish vaqti 20 soniyadan kamroqni tashkil qildi. 2010 yilning 30 yanvarida u insonlar orasida birinchi marta 9,21 natija bilan rasman sub-10 (10 soniyadan kam) darajasiga ko‘tarildi.

U Rubik kubigini tezlikka yig‘ishda haqiqiy inqilob sodir etdi. Feliksning navbatdagi rekordidan so‘ng sobiq chempion Erik Akkersdeyk u haqida shunday degan: "Men jahon rekordlarining yangi tasniflarini yaratishni taklif qilaman, biri Feliksning aql bovar qilmas natijalari uchun maxsus va biri oddiy odamlar uchun. Agar shunday qilinmasa...men ketaman".

Counter-Strike bo‘yicha chempion

Aql ishlatishni talab qiluvchi 7 o‘yin va ularning tengsiz ustalari

Counter-Strike — dastlab Half-Life o‘yini modifikatsiyasi sifatida ishlab chiqilgan kompyuter o‘yinlari seriyasi. O‘yinning asosiy g‘oyasi - ikki jamoa - terrorchilar va kontr-terrorchilar qarshiligi. Maqsad - karta vazifasini bajarish yoki raqiblarni yo‘q qilish.

Aql ishlatishni talab qiluvchi 7 o‘yin va ularning tengsiz ustalari

Daniil Teslenko — Zeus laqabi bilan tanilgan ukrainalik kibersportchi. Counter-Strike professional o‘yinchisi. Natus Vincere jamoasi o‘yinchisi. Counter-Strike tarixidagi eng yaxshi kapitanlardan biri hisoblanadi. Jamoasining 7 sovriniga qo‘shimcha ravishda u yana bir shaxsiy mukofotni qo‘lga kiritgan - Arbalet Cup Asia'ning eng yaxshi o‘yinchisi. Shu bilan birga Arbalet Cup Best of Four'da eng yaxshi frager bo‘lgan. Daniil o‘yinda strategik fikrlashni qo‘llaydi, voqealar rivojini oldindan aytib, jamoalari harakatlarini to‘g‘ri yo‘naltiradi.

Aql ishlatishni talab qiluvchi 7 o‘yin va ularning tengsiz ustalari

Sport pokeri bo‘yicha chempion

Aql ishlatishni talab qiluvchi 7 o‘yin va ularning tengsiz ustalari

Poker — sport karta o‘yini, uning maqsadi - 4 yoki 5 kartani qo‘llab yoki barcha raqiblarni o‘yinda ishtirok etishni to‘xtatishga majburlab, imkon qadar yuqori poker kombinatsiyasini yig‘ish va stavkalarni yutish. O‘yin to‘liq yoki qisman yopiq kartalar bilan kechadi.

Aql ishlatishni talab qiluvchi 7 o‘yin va ularning tengsiz ustalari

Dominik Nitsshe — professional poker o‘yinchilari yosh avlodining eng yorqin va iste’dodli vakillaridan biri: Dominik turnirlardagi ilk g‘alabalrini maktabda o‘qib yurganidayoq qo‘lga kiritgan. Onlayn pokerning o‘zida Nitsshe 3 million dollar ishlab olgan. Bugungi kunga kelib, Dominikning layv-turnirlardagi mukofot pullari 3 milliondan ortiqni tashkil qiladi.

Aql ishlatishni talab qiluvchi 7 o‘yin va ularning tengsiz ustalari

Dominik Nitsshe 1991 yilda Germaniyada tavallud topgan, ota-onasi tufayli bolaligidan karta o‘yinlariga qiziqqan. O‘smirlik davrida esa Nitsshe videoo‘yinlarga qiziqib qolgan va onlayn-poker o‘ynay boshlagan. O‘sha paytlar oddiy nemis bola uchun onlayn-poker shunchaki vidoo‘yinlarning bir turi edi, xolos. Bir necha yil o‘tgach, yosh o‘yinchi butun dunyo ahlining nazariga tushdi. Dominikning tarixida mag‘lubiyatdan ko‘ra, g‘alabalar ko‘proq. O‘yinchi o‘z raqibi kartalarini bilmagani uchun poker aksariyat karta o‘yinlari kabi to‘liq ma’lumotli o‘yin hisoblanmaydi. Aynan shu jihat uni hayotdagi raqobatli vaziyatlarga (masalan, siyosat yoki biznesda) yaqinlashtiradi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar