Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

12.08.2016

Logitech’dan "aqlli uy" uchun universal tugma

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 78
Logitech’dan "aqlli uy" uchun universal tugma

Kompyuter jihozlari ishlab chiqaruvchi Logitech shveytsar kompaniyasi "aqlli uy" uchun ko‘p vazifali pereklyuchatelni taqdim qildi. Yangi qurilma Pop Home Switch deb atalib, intellektual tizimlarni boshqarishni soddalashtirib, butun elektronikani bir universal pult yordamida nazorat qilishga imkon beradi.

Pop Home Switch kaft o‘lchamidek keladigan katta tugma kabi ko‘rinishga ega. U kontsentratorga ulanadi, kontsentrator esa Bluetooth LE orqali rozetkaga ulanadi. Kompaniyada ta’kidlanishicha, pereklyuchatel Phillips Hue va LIFX smart-lampochkalaridan tortib Lutron pardalari va August qulflarigacha barcha yirik kompaniyalarning "aqlli" uy jihozlari bilan ishlay oladi.

Qurilmani Android yoki iOS operatsion tizimi uchun mo‘ljallangan mobil dastur yordamida uchta harakatni bajarishga: tugmaga bir marta, ikki marta va uch marta bosishga dasturlash mumkin. Misol uchun, bir pult yordamida yotoqxonadagi yorug‘likni pasaytirish, musiqani yoqish va pardalarni ko‘tarish mumkin.

Barcha tugmalar bitta kontsentratorga ulanadi va istalganda uni turli xonalar bo‘yicha joylashtirish mumkin. 100 dollarlik standart Starter Pack to‘plamiga ikkita Pop tugmasi va bitta xab kiradi. Tugmani alohida 40 dollarga sotib olish mumkin. AQShda tugma avgustdan boshlab sotuvga chiqariladi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar