Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

12.08.2016

Shohrux Xon uchinchi marta AQSh aeroportida ushlanib qoldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 105
Shohrux Xon uchinchi marta AQSh aeroportida ushlanib qoldi

Bollivud yulduzi Shox Ruh Xon Twitter tarmog‘i orqali AQSh aeroportining immigratsion organlari tomonidan uchinchi marta ushlanib qolinayotganligiga nisbatan o‘z noroziligini bildirdi.

50 yoshli hind aktyori 2012 yilda Nyu-York immigratsiya xizmati xodimlari tomonidan ushlanib qolgan, o‘shanda uning hindistonlik muxlislari AQShni irqchilikda ayblashgandi.

"Men dunyoda xavfsizlik saqlanishi kerakligini yaxshi tushunaman va buni hurmat qilaman, lekin har safar AQSh aeroportida ushlanib qolaverish juda jonga tegdi", - deb yozadi Xon o‘z tvitterida.

Xonning ushlanib qolganligi haqida hind telekanallarida xabar tarqalganidan keyin AQSh davlat kotibi yordamchisi Nisha Bisval sodir bo‘lgan voqea yuzasidan tezda uzr so‘radi.

"Aeroportdagi tanglik uchun uzr so‘raymiz, hattoki amerikalik diplomatlar ham bunday holatlarga duch kelishadi", - deb yozadi Bisval tvitterda.

Vashington Xonning ismi sharifi musulmoncha bo‘lgani uchun ushlanib qolgani to‘g‘risidagi ma’lumotni inkor qildi.

2012 yilgi voqeadan so‘ng Xon bu borada hazillashib shunday degan:
"Ha, doim shunday bo‘ladi...Har safar mag‘rurligim tutsa, Amerikaga chipta olaman. Immigratsiya xizmati xodimlari yulduzdan yulduzni "tepib chiqarishga" usta bo‘lishadi.

2009 yilda ham xuddi shunday voqea yuz bergan, o‘shanda ham hind xalqining noroziligidan so‘ng AQSh tomon uzr so‘ragan.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar