Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

11.08.2016

Pokemon Go o‘yini o‘z yaratuvchilarini sudga "olib keldi"

Автор: BEK Комментариев: 1            Просмотров: 209
Pokemon Go o‘yini o‘z yaratuvchilarini sudga "olib keldi"


Kanadada yashovchi ayol Pokemon Go o‘yinini yaratgan kompaniyani sudga berdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Ayolning shikoyati shundan iboratki, pokemon o‘yinini o‘ynovchilar ayolning shaxsiy hayotga huquqini buzmoqdalar. U pokemon ishqibozlari u yoki bu pokemonni ushlash uchun uning uyi panjaralaridan bir necha bor oshib tushganini aytdi. Bundan tashqari, ular uning uyi qarshisida yangi pokemonlarning paydo bo‘lishini muntazam kutib o‘tiradilar.

"Biz bu erga odamlar uyim panjaralaridan oshib tushishi uchun emas, osoyishtalikda yashashga kelganmiz. Bizning uyimizga notanishlar qarashini istamaymiz. Shanba kuni kimdir orqa hovlimizda o‘yinni o‘ynash uchun dron uchirdi", deb shikoyat qilmoqda ayol.

Ayol o‘yinning o‘ziga hech qanday e’tirozi yo‘qligini, biroq uning uyi hududida o‘ynalmasligi kerakligini aytdi. Uning aytishicha, u o‘yin yaratuvchilariga uning uyi hududini o‘yindan chiqarib tashlash iltimosi bilan murojaat qilgan va iltimosi ko‘rib chiqilishi haqida avtomatik ravishda javob olgan. Ayolning ta’kidlashicha, hanuzgacha hech narsa o‘zgarishsiz qolmoqda va shu sababli u sudga murojaat qilgan.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Комментарии пользователей

Tulqin.19902303.uz

Tulqin.19902303.uz


Добавить комментарий

avatar