Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

10.08.2016

Olimlar televizor pultini kitobga almashtirishni tavsiya qilishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 118
Olimlar televizor pultini kitobga almashtirishni tavsiya qilishdi

Kitob mutolaa qilish nafaqat aqlan zaiflashishning oldini oladi, balki umringizni ham uzaytiradi. Yel universiteti tadqiqotchilari bu borada ilmiy izlanish olib borib, ana shunday xulosaga kelishdi. Bu haqida "Kun" nashri ma’lum qildi.

Tadqiqotchilar 50 yoshdan oshgan 3 635 kishini mutolaaga bo‘lgan qiziqishi borasida so‘roq qilib, ularni 12 yil davomida kuzatishgan. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, bir haftada 3,5 soat yoki bir kunda o‘rtacha 30 daqiqa kitob o‘qish o‘lim xavfini 17 foizga qisqartirgan.

Haftasiga 3,5 soatdan ko‘p kitob mutolaa qiluvchilar uchun esa o‘lim xavfi 23 foizga qisqarishi ma’lum bo‘ldi. Tadqiqotchilarning fikricha, kitoblar "bilim ko‘nikmalari"ni oshirish bilan bir qatorda "hamdardlik, ijtimoiy idrok va hissiy intellektni rivojlantirish"ga xizmat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, insonning yashovchanlik xususiyatini oshiradi.

Gazeta va jurnallarni mutolaa qiluvchi kishilar ham umuman o‘qimaydiganlarga nisbatan ko‘proq yashashar ekan. Biroq ularning natijalari kitob o‘qiydiganlarnikidan biroz kamroq bo‘lgan.

"Kitoblar o‘quvchilarga foydali ma’lumotlarni yetkazadi (gazetalarga nisbatan) va shunga muvofiq, ularning hayot davomiyligi ham ko‘proq bo‘ladi", - deya izoh beradi olim. Umumiy natijalarni olganda, tadqiqot o‘tkazilgan 12 yil ichida 33 foiz kitob o‘qimaydigan ishtirokchilarning hayotdan ko‘z yumganligi kuzatilgan, 27 foiz kitobxonlar esa uzoq umr ko‘rishgan. Shu bois tadqiqotchilar televizor pultini tashlab, kitoblarni qo‘lga olishni tavsiya qilishadi.

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar