Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

10.08.2016

Evropadagi eng yirik yuk mashinalari festivali

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 441
Evropadagi eng yirik yuk mashinalari festivali

Yaqinda qariyb 50 mingga yaqin kishi Assen shahrida (Niderlandiya)da Evropadagi eng yirik «Trakstar» yuk mashinalari festivali uchun yig‘ildi. Mazkur festival 36-marotaba o‘tkazildi. Fotosuratchi Sander van der Biy tadbirda baland ovozni xush ko‘ruvchi yuk mashinalari ishqibozlari uchun shovqin-suronli. Biroq u bu erda mashhur haydovchilar, jiddiy professionallar va shunchaki havaskorlarni ham uchratdi. Yuk mashina haydash ham jiddiy biznes ekanligini angladi.

Sander 2200ga yaqin yuk mashinalari namoyish etilgan avtodrom bo‘ylab sayr qildi. U eng chiroyli avtomobillarni egalari bilan surat oldi va qimmatbaho temir otlar haqida ularga bir necha savollar yo‘lladi.


«Men Buyuk Britaniyadan keldim va deyarli uxlamadim. Hozir doimiy tarzda yuk mashinalariga sayqal berib kelaman. Hattoki pastki qismni ham. Sababi, hakamlar aynan qaysi erni tekshirishini bilmaysan».

Evropadagi eng yirik yuk mashinalari festivali

«Men avvalgi yuk mashinam bilan 16ta sovrinni qo‘lga kiritganman. Uni yaqinda 29 ming dollarga sotib yubordim. Bu yomon natija emas».

Evropadagi eng yirik yuk mashinalari festivali

«Men bu toychog‘imga tonggi 7da sayqal bergan edim. Keyin yomg‘ir yog‘di va barini boshidan boshlashga to‘g‘ri keldi».

Evropadagi eng yirik yuk mashinalari festivali

«Bu qatordagi barcha yuk mashinalari tanlovda shovqin bo‘yicha bellashadi. Biz tovush darajasini baholaydigan maxsus o‘lchov mashinalaridan o‘tishimiz kerak. Fikrimcha, menda g‘olib bo‘lish uchun ajoyib imkon bor».

Evropadagi eng yirik yuk mashinalari festivali

«Men bu onlarni 10 yil davomida kutdim. Menga mana shunday ajoyib yuk mashinalari orasida yurish juda ham zavq bag‘ishlamoqda».

Evropadagi eng yirik yuk mashinalari festivali

«Mening mashinam ichi "Jilovlanmaslar” filmidagi to‘plar bilan bezatilgan. Men uch yildan beri o‘z yuk mashinamni ko‘rsatish uchun Silvestr Stallone bilan bog‘lanishga harakat qilaman. Biroq u menga hozircha javob bergani yo‘q».

Evropadagi eng yirik yuk mashinalari festivali

«Men doim yiliga 25tadan festivallarda ishtirok etib boraman. Yutib olingan pul mukofotlariga esa kun kechiraman».

Evropadagi eng yirik yuk mashinalari festivali

«Men 30 yildan beri chap qanotimga aylangan yuk mashinada bu erga tashrif buyuraman. Ammo rostini aytsam, bu erga go‘zal tabiatdan rohat olishga kelaman: menga uzoq bo‘lmagan bog‘ bo‘ylab velosipedda sayr qilish yoqadi».

Evropadagi eng yirik yuk mashinalari festivali

«Men o‘z kompaniyamni targ‘ib qilish maqsadida mazkur festivalda 2004 yildan beri ishtirok etib kelaman. Festival juda ham katta va qiziqarli. Bu erda biznes uchun yaxshi sharoit mavjud».

Evropadagi eng yirik yuk mashinalari festivali

«Men yuk mashinamni 18 yoshimdan beri 18 yil davomida haydab kelmoqdaman. Har yili bu erda men bilan 2 million kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tgan sodiq do‘stim bilan qatnashaman».

Evropadagi eng yirik yuk mashinalari festivali

«Festivalda birinchi marotaba ishtirok etmoqdaman. Men butun oilam bilan tashrif buyurdim. Bu erda juda zavqli. Men mashinamga chorshanba kunlari sayqal beraman!»

Evropadagi eng yirik yuk mashinalari festivali

«Mening butun hayotim mana shu yuk mashinasi atrofida o‘tmoqda. Men hattoki unda yiliga ikki, uch marotaba to‘y marosimlarini tashkil qilaman».


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar