Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

09.08.2016

UzReport TV kanalida UEFA Superkubogi uchrashuvi jonli efirda namoyish etiladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 152
UzReport TV kanalida UEFA Superkubogi uchrashuvi jonli efirda namoyish etiladi

Bugun Norvegiyaning Tronxeym shahridagi “Lerkendal” stadionida UEFA Superkubogi uchun o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Unda Evropa Chempionlar ligasi g‘olibi Madridning “Real” klubi Evropa Ligasi bosh sovrini sohibi “Sevilya”ga qarshi maydonga tushadi.

Ushbu o‘yin UzReport TV telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish qilinadi.

Futbol uchrashuvlarining muxlislarga qiziqarli qilib etkazilishida sharhlovchilarning o‘rni katta ekanini inobatga olgan holda, UzReport TV telekanali UEFA Superkubogini sharhlab borish uchun “MATCh TV” telekanalining mashhur sharhlovchisi Yuriy Rozanovni taklif etdi.

Eslatib o‘tamiz, UzReport TV telekanali muxlislarning umumiy auditoriyasi ehtiyojlarini inobatga olgan holda, futbol o‘yinlari translyatsiyasini bir vaqtning o‘zida ikki tilda – o‘zbek va rus tillaridagi sharhlashni yo‘lga qo‘ygan. Telekanal muxlislarida futbol o‘yinlarini qaysi tildagi sharhda tomosha qilishni o‘zlari tanlash imkoniyati bor.

Telekanalni Yamal 401 sun’iy yo‘ldoshi hamda “O‘zbektelekom” AKning “Telekom TV” IPTV xizmati orqali tomosha qilayotgan muxlislar, shuningdek, UzDigital abonentlari ushbu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin.

“Real” – “Sevilya” uchrashuvini “UzReport TV" telekanalida rus tilida Yuriy Albertovich, o‘zbek tilida esa Davron Fayziev sharhlab boradi.

O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi, UzReport TV esa translyatsiyani soat 22:45dan boshlaydi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar