Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.08.2016

Xirosimaga tashlangan atom bombasining ayanchli oqibatlari suratlarda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 311
Xirosimaga tashlangan atom bombasining ayanchli oqibatlari suratlarda

1945-yil 6-avgustida AQSh harbiy havo kuchlari samolyoti Yaponiyaning Xirosima shahriga insoniyat tarixidagi birinchi atom bombasini tashlagan edi.

Bugun, ushbu ayanchli va mudhish voqeaga 71 yil to‘ldi. Yadro quroli 1945-yil avgustidan so‘ng, hech qachon qo‘llanmasligiga umid qilgan holda, quyida ushbu fojia oqibatlaridan hikoya qiluvchi suratlarni e’tiboringizga havola etamiz.


Xirosima shahrining tepadan ko‘rinishi. 1945-yil, avgust. Bomba tashlanishidan birmuncha vaqt avval. Bu erda, Motoyasu daryosi sohilidagi aholi zich joylashgan hududi aks etgan.

Xirosimaga tashlangan atom bombasining ayanchli oqibatlari suratlarda

Xirosima shahrining 1945-yil avgustigacha olingan yana bir surati.

Xirosimaga tashlangan atom bombasining ayanchli oqibatlari suratlarda

Bomba tashlanishidan avval, Xirosima shahrining AQSh harbiy-havo kuchlari uchuvchilariga berilgan xaritasi.

Xirosimaga tashlangan atom bombasining ayanchli oqibatlari suratlarda

Bombardimonchi samolyot ekipaji komandiri A.F. Birch «Kichkintoy» deb nomlangan bombani belgilamoqda. Shundan so‘ng, u B-29 Superfortress «Enola Gay» bombardimonchi samolyoti bortiga yuklangan. Suratda o‘ng tomonda turgan fizik olim Ramsey 1989-yili fizika sohasi bo‘yicha Nobel mukofotini olgan.

Xirosimaga tashlangan atom bombasining ayanchli oqibatlari suratlarda

«Kichkintoy» B-29 Superfortress «Enola Gay» bombardimonchi samolyoti shlyuzi ustidagi chuqurchada. Uning uzunligi 3 metrni tashkil etgan bo‘lsada, og‘irligi 4 tonna kelgan. Biroq, uning ichiga joylashtirilgan radioaktiv uran moddasi atigi 64 kgni tashkil etgan.

Xirosimaga tashlangan atom bombasining ayanchli oqibatlari suratlarda

Atom bombasi tashlanganidan keyin ko‘p o‘tmay, bombardimonchi samolyotlardan biri tomonidan olingan suratda bomba portlashidan so‘ng havoga ko‘tarilgan chang-to‘zon va tutun aks etgan. Kuchli portlash 3,2 km diametrdagi barcha jonli va jonsiz narsalarni nobud qilgan.

Xirosimaga tashlangan atom bombasining ayanchli oqibatlari suratlarda

1945-yil, 6-avgust, tonggi 8:15dan so‘nggi atom bombasi portlashidan hosil bo‘lgan «qo‘ziqorin». Radioaktiv reaktsiyaga kirishgan uran 15 kilotonna trotil kuchini hosil qilib, katta hajmdagi olovli sharni Tselsiy shkalasi bo‘yicha 3980 darajagacha qizdirib yuborgan. Ushbu tutun, Xirosima osmonida 6096 metr balandlikka ko‘tarilgan.

Xirosimaga tashlangan atom bombasining ayanchli oqibatlari suratlarda

Xirosima vayronalari. 1945-yil, kuzi.

Xirosimaga tashlangan atom bombasining ayanchli oqibatlari suratlarda

Xirosimadagi yuz bergan portlashning qoq markazi. 1945-yil kuzi.

Xirosimaga tashlangan atom bombasining ayanchli oqibatlari suratlarda

Xirosimaning noyob rangli suratlaridan biri, 1946-yil marti.

Xirosimaga tashlangan atom bombasining ayanchli oqibatlari suratlarda

Xirosima ko‘chalaridan biri. Atom bombasi portlashi oqibatida havoda paydo bo‘lgan vakuum ko‘prik ostidagi oqova suv quvuri va piyodalar yo‘lagini ko‘tarib yuborgan.

Xirosimaga tashlangan atom bombasining ayanchli oqibatlari suratlarda

Portlash markazidan 800 metr uzoqlikdagi teatr binosidan qolgan narsalar – bir uyum bukilgan temir-tersak.

Xirosimaga tashlangan atom bombasining ayanchli oqibatlari suratlarda

Xirosimaning o‘t o‘chirish bo‘limi qoldig‘i. Uning ixtiyoridagi yagona mashinaning ham kuli ko‘kka sovurilgan

Xirosimaga tashlangan atom bombasining ayanchli oqibatlari suratlarda

Xirosima markazining yana bir rangli surati, 1945-yil kuzi.

Xirosimaga tashlangan atom bombasining ayanchli oqibatlari suratlarda

Xirosima fojiasidan tirik qolgan xibayasilardan biri, 1945-yil, sentyabr.

Xirosimaga tashlangan atom bombasining ayanchli oqibatlari suratlarda

«Bemorning tanasidagi kuyish izlari kimono libosining qoradog‘laridir».

Xirosimaga tashlangan atom bombasining ayanchli oqibatlari suratlarda

Xirosima portlashidan tirik qolgan yana bir jabrdiyda tanasini qoplagan keloid chandiqlari. Terining radioaktiv nurlardan himoyalanmagan joylarida shunday chandiq izlar paydo bo‘lgan.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar