Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.08.2016

Olimpiya qo‘rg‘onlarining ayanchli taqdiri

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 290
Olimpiya qo‘rg‘onlarining ayanchli taqdiri

Olimpiada o‘yinlari — shubhasiz, jahon miqyosidagi yirik sport bayrami. Uni o‘tkazish uchun mezbon davlat katta xarajatlar qilishga majbur. Davlat va homiylar mablag‘lari musobaqalarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan infratuzilmalarni barpo etishga yo‘naltiriladi.

Har 2-3 sport intizomi uchun alohida maydonni qurish talab etiladi. Sportchilar uchun turarjoylar, muxlislar va matbuot xodimlari uchun mehmonxonalar. Ammo, afsuski, Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng, ushbu inshootlarning barchasi ham insoniyatga xizmat qilishda davom etavermaydi. Quyida, Olimpiya o‘yinlari yakunlanganidan so‘ng, Olimpiya inshootlari taqdiri aks etgan suratlar bilan tanishish imkoniyatiga egasiz.


Gretsiya poytaxti Afina shahri

1896 va 2004-yilgi Olimpiya o‘yinlari mezboni. Tarixiy Panatinaikon stadioni podiumi. 1896-yili ayni mana shu minbarda g‘oliblar taqdirlangan. 2004-yilgi Olimpiadaning o‘q otish va kamon otish musobaqalari ham ayni stadionda bo‘lib o‘tgandi.

Olimpiya qo‘rg‘onlarining ayanchli taqdiri

Helliniko majmuasi hududidagi Olimpiya belgilari asta-sekin vayronaga aylanmoqda. 2004-yilgi Afina Olimpiadasiga 9 milliard evro sarflangan bo‘lib, uning aksar inshootlari faqatgina Olimpiada uchun barpo etilgan xolos.

Olimpiya qo‘rg‘onlarining ayanchli taqdiri

Tashlandiq xokkey stadionidagi o‘rindiqlar. Gretsiyaning iqtisodiy jihatdan “qo‘li kaltaligi” bois, ko‘plab stadionlar achinarli ahvolda.

Olimpiya qo‘rg‘onlarining ayanchli taqdiri

Afinadagi Olimpiya suv havzalaridan biri.

Olimpiya qo‘rg‘onlarining ayanchli taqdiri

Sohil voleyboli uchun qurilgan stadionda palma va boshqa o‘simliklar avj olib o‘smoqda.

Olimpiya qo‘rg‘onlarining ayanchli taqdiri

Softbol maydoni.

Olimpiya qo‘rg‘onlarining ayanchli taqdiri

Kanoe va eshkakli qayiq eshish musobaqalari uchun suv havzasi.

Olimpiya qo‘rg‘onlarining ayanchli taqdiri

Olimpiya suv havzalaridan biri axlat bilan to‘lib bo‘lgan.

Olimpiya qo‘rg‘onlarining ayanchli taqdiri

1936-yilgi Olimpiada mezboni Berlin shahri, Germaniya. Olimpiya qo‘rg‘onidagi sportchilardan keyin bo‘sh qolgan turarjoylari.

Olimpiya qo‘rg‘onlarining ayanchli taqdiri

Tashlandiq basseyn.

Olimpiya qo‘rg‘onlarining ayanchli taqdiri

Sportchilar turarjoylaridan iborat kimsasiz mavzelar.

Olimpiya qo‘rg‘onlarining ayanchli taqdiri

Sobiq Olimpiya qo‘rg‘oni binolarida sovet va natsist tamg‘alarini hamon ko‘rish mumkin.

Olimpiya qo‘rg‘onlarining ayanchli taqdiri

1996-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarini kutib olgan Atlanta shahri, AQShning Jorjiya shtati. 1996-yilgi Olimpiya ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan Fulton County Stadium maydoni 1997-yili portlatib yuborildi.

Olimpiya qo‘rg‘onlarining ayanchli taqdiri

Xitoy poytaxti Pekin

2008-yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlari vatani.

Xitoylik sayyohlar «Qush ini» milliy stadionini to‘siqosha tomosha qilishmoqda. Musobaqalarning ochilish va yopilish marosimi ayni o‘yingohda bo‘lib o‘tgandi.

Olimpiya qo‘rg‘onlarining ayanchli taqdiri

Qachonlardir beysbol stadioni bo‘lgan maydondagi Olimpiya tamg‘asi.

Olimpiya qo‘rg‘onlarining ayanchli taqdiri

Sohil voleyboli uchun qurilgan arena endi tashlandiq holatga kelib bo‘lgan.

Olimpiya qo‘rg‘onlarining ayanchli taqdiri

Beysbol stadioni daydi uy hayvonlarining sevimli sayrgohi.

Olimpiya qo‘rg‘onlarining ayanchli taqdiri

1984-yilgi qishki Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilgan Bosiniyaning Saraevo shahri.

Olimpiya qo‘rg‘onlarining ayanchli taqdiri

Saraevo yaqinidagi Trebevich tog‘idagi o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bobsley yo‘lagi.

Olimpiya qo‘rg‘onlarining ayanchli taqdiri

Chang‘ili sakrash uchun qurilgan eski tramplin.

Olimpiya qo‘rg‘onlarining ayanchli taqdiri

Velosipedchilar bobsley yo‘lagini o‘zlashtirmoqda.

Olimpiya qo‘rg‘onlarining ayanchli taqdiri

Sobiq Maunt-Igman mehmonxonasi devoriga chizilgan graffiti.

Olimpiya qo‘rg‘onlarining ayanchli taqdiri

Saraevo-1984 qishki Olimpiya o‘yinlarining deyarli o‘chib ketgan timsoli.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar