Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

05.08.2016

Smartfonni to‘g‘ri quvvatlash borasida mutaxassislar maslahati

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 152
Smartfonni to‘g‘ri quvvatlash borasida mutaxassislar maslahati

Ko‘pchilik smartfonni oxirigacha zaryadlash kerak deb hisoblaydi. Aslini olganda esa bu faqat zarar keltiradi. Bu tushunchaga 15 yil avval elektronikalarga nikel akkumulyatorlari o‘rnatishganida to‘g‘ri qaralar edi. Hozirda ularning o‘rnini butunlay boshqacha ishlaydigan litiy-ionli akkumulyatorlar egallagan.

1. Zaryadlandi — o‘chirildi

Odatda, biz smartfonlarni tunda uyquga yotishdan avval zaryadga qo‘yamiz va tonggacha qoldiramiz. Ko‘plab qurilmalarning batareyalari 3 soat o‘tgach to‘liq quvvat oladi. Ertalabgacha qolib ketgan zaryadka 100 foiz quvvatini saqlab qolish uchun gadjetni holdan toydiradi. Bu esa telefonni “stress” holatida ushlaydi, amaldagi maksimal imkoniyatlarini tez suratda kamaytiradi.

Natijada, bir yildan so‘ng siz batareyangiz tezda o‘chib qolishiga guvoh bo‘lasiz.

2. 100 foizli zaryadlash ortidan quvmang

Smartfonni to‘g‘ri quvvatlash borasida mutaxassislar maslahati

Shuningdek, muhim bir sabablarsiz litiy-ionli akkumulyatorlarni 100 foiz quvvatlash yaramaydi. “Yaxshisi, yuqori bosimning salbiy oqibatidan qochish maqsadida akkumulyatorni oxirigacha quvvatlash shart emas”, — deb qayd etadi mutaxassislar.

3. Har imkon tug‘ilganida quvvatlang

Smartfonni to‘g‘ri quvvatlash borasida mutaxassislar maslahati

Batareya uzoq vaqt xizmat qilishi uchun kun davomida bir necha marotaba quvvatlash lozim. Buni avtomobil zaryadlash qurilmasi yordamida yo‘l davomida amalga oshirish mumkin.

Masalan, 100 foiz quvvatlanilganda litiy-ionli batareya bor-yo‘g‘i 500 quvvat davrini oladi. 50 foiz quvvat olganida esa xizmat muddati bir yarim ming davrga ortadi.

4. Haroratni nazorat qiling

Smartfonni to‘g‘ri quvvatlash borasida mutaxassislar maslahati

Batereyaning ishlashiga tashqi ob-havo ham ta’sir ko‘rsatadi. Jaziramada akkumulyator tezda stress holatiga tushadi. Quvvatini yo‘qotib, ishdan chiqishi ham mumkin.

Shuning uchun, yoz oyida smartfon soya erda saqlangani ma’qul.

Qishda esa uni sovuq erda qoldirib ketishdan ehtiyot bo‘lish kerak. Sovuq havoda telefonni tashqi cho‘ntakga solib yurish – zararli.

______________________________________

Nima bo‘lganda ham qurilma batareyalarini qanday qilib quvvatlash haqida ko‘p ham bosh qotirish yaramaydi. Ko‘plab ishlab chiqaruvchilar smartfonlarni xaridor ikki, uch yildan so‘ng yangisiga almashtirishi mumkinligini nazarda tutgan holda yaratishadi. Shunday ekan, har qanday batareya ham juda uzoq muddatgacha chidab bera olmaydi. Yuqoridagi tavsiyalar esa qurilmangiz akkumulyatori sizga “charchamay” xizmat qilishiga yordam berishi mumkin.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar