Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

05.08.2016

Muhammad alayhissalom (s.a.v) farzandsizlikka qanday echim topib bergan edilar?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 345
Muhammad alayhissalom (s.a.v) farzandsizlikka qanday echim topib bergan edilar?

Dunyoda oila qurgan insonlar borki o‘zidan davomchi – zurriyot qoldirish orzusida yashaydilar. Lekin, farzand atalmish ne’mat bu Allohning irodasi bilan xohlagan insonga beriladigan ilohiy hadyadir. Bu haqiqatni Alloh taolo kalomida ochiq aytib qo‘ygan. “U zot xohlagan kishisiga qizlar hadya etur va xohlagan kishisiga o‘g‘illar hadya etur. Yoki ularni juftlab – o‘g‘il – qiz qilib berur va xohlagan kishisini tug‘mas qilur”. (Sho‘ro surasi, 49-50 oyatlar)
Oyati karimada aytilganidek, farzand berish yoki bermaslik Alloh taoloning irodasiga bog‘liq ish. Biroq banda doimo Yaratgandan maqsadlarini so‘rashdan to‘xtab qolmasligi va eng asosiysi tushkunlikka tushib qolmaslik lozim.

Farzand ko‘rish yo‘lida o‘zini o‘tdan – cho‘qqa urib mutaxassislarga uchrab, kerakli dori – darmonlarni ichib muolaja qilgandan so‘ng ham natija chiqmaganlar topiladi. To‘g‘ri, banda qo‘lidan kelgancha sabablarni keltirishi lozim va lobud. Lekin farzand ne’mati bir yoqlama sabablargagina bog‘liq ish emas. Sabablarni qilish bilan Alloh taolodan ham astoydil iltijo qilishi ham zarur.

O‘limdan boshqa hamma narsaning davosi bor deganlaridek, bepushtlikning echimi bo‘lishi tabiiy. Hadisi shariflarda bepushtlikning echimi haqida so‘z yuritilgan.
Mazhabboshimiz Abu Hanifa rahmatullohi alayh o‘zining “Musnad” kitoblarida quyidagi hadisni rivoyat qilib keltirganlar.

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzuriga ansorlardan bir kishi kelib:
• Ey Allohning Rasuli! Hech farzand bilan rizqlanmadim, bola bo‘lmadi?
• Ko‘p istig‘for va sadaqa qilsang rizqlanasan–da?!
Boyagi kishi istig‘for va sadaqani ko‘paytirdi.
Jobir roziyallohu anhu aytadi: Unga to‘qqizta o‘g‘il farzand berildi”.

Alloma Mulla Ali Qoriy ushbu hadisning sharhida: Nabiy sollallohu alayhi vasallam go‘yo Nuh alayhissalomdan hikoya tarzida aytilgan: “Bas, o‘z Robbingizga istig‘for ayting, albatta U gunohlarni ko‘plab mag‘firat qiluvchidir, dedim. U zot osmondan ustingizga ketma – ket baraka yomg‘irini yuboradir. Va sizga molu mulk va bola – chaqa ila madad beradir. Va sizlarga bog‘u rog‘lar hamda anhorlarni beradir” (Nuh surasi, 10–12 oyatlar) oyatidan iqtibos oldilar”.

Yana hadislarda kelganki:
“Kim ko‘p istig‘for aytsa Alloh taolo unga g‘amdan, tanglikdan engillik beradi va o‘ylamagan tomonidan rizqlantirib qo‘yadi”. (Imom Ahmad, Hokimlar Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan)
Mulla Ali Qoriy qalamiga mansub “Sharhi musnadi Abu Hanifa” 587 sahifa.

Manba: siyrat.uz


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar