Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

04.08.2016

Munajjim: Muammoga qanday qaraysiz?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 152
Munajjim: Muammoga qanday qaraysiz?

Har birimizning oldimizda turli hayotiy masalalar, katta-kichik muammolar paydo bo‘lib turadi. Lekin unga nisbatan har kimning o‘z qarashi bor. Keling, muammo bilan yuzma-yuz kelib qolganda turli burj vakillari uni qanday qabul qilishlari haqida gaplashamiz.

QO‘Y o‘z oldida ko‘ndalang turgan muammoni albatta hal qiladi. U kattami-kichikmi – farqi yo‘q: Qo‘y uni hech kimning yordamisiz, indamay yechadi. Keyin esa boshini baland ko‘tarib, yo‘lida davom etaveradi.

BUZOQ masalani hal qilgach, bu haqda gapirib yuradi. To‘g‘rirog‘i, yo‘lida uchragan har bir kishiga bu haqda so‘zlab beradi. Qo‘yib bersangiz, muammoni qanday hal etgani xususida u biron gazeta-jurnal, radio yoki televizor orqali chiqish qilishdan ham toymaydi.

EGIZAKLAR muammoni hech qachon yolg‘iz o‘zi hal qilmaydi, uni kimningdir yelkasiga iladi. Hammaning ham emas, albatta, masalan, Qo‘yga yoki O‘qotarga yuklash mumkin.

QIChQIChBAQA muammo yaqinlashayotganini ko‘rishi bilan noliy boshlaydi, yuzma-yuz kelganda esa shunday diydiyo qiladiki… Bu ovozni o‘chirishning yagona yo‘li – o‘sha muammoni kimdir hal qilib berishidir. Keyin Qisqichbaqaning ko‘z yoshlariniyam artib qo‘yish kerak. Lekin bunday qahramon topilmasa, yo‘lini topib, muammoni o‘zi biryoqli qiladi.

ARSLON hayotida muammo yuzaga kelsa, u albatta hammani bir yerga chorlaydi va yig‘ilganlar ko‘z o‘ngida muammoni yengadi. Keyin esa ularga ta’zim qiladi, guldastalarni qabul qilib, istaganlarga dastxatlar berib, boshini baland tutgancha, mag‘rur chiqib ketadi.

PARIZOD darhol g‘amga ko‘miladi, ayniqsa, muammo oldindan rejalashtirilmagan bo‘lsa, bu ahvolni yanayam chigallashtirib yuboradi. Lekin u biroz o‘ylab, albatta masalaning yechimini topadi va kerakli xulosani chiqarib oladi.

TAROZI albatta muammoni tarozida qayta-qayta tortib ko‘radi. Muammo bir o‘ziga ko‘plik qilishini anglab, yarmini o‘z yaqinida turgan Qo‘y yoki Arslonga bo‘lib beradi. Lekin bu usul Parizodga o‘tmaydi, chunki u hamma narsani oldindan qat’iy tartiblashtirgan.

ChAYoN muammoni yaxshilab, har tomonlama o‘rganib chiqadi. O‘ylab olgach, quvnoq ohangda: «Bu bor-yo‘g‘i bir muammo ekank-u!» deydi va barini unutib yuboradi.

O‘QOTAR juda xafa bo‘ladi, keyin esa kulgisi qistaydi. Muammo ustidan kuladi, oldingi muammolarni bir-bir eslaydi, bu haqda butun olamga jar soladi va keyin hammasini shunchaki miyasidan chiqarib yuboradi. Agar o‘z-o‘zidan hal bo‘lmasa, muammoni birovga, masalan, Arslon yoki Qo‘yga yuklab qo‘yish mumkin.

TOG‘ EChKISI ortiqcha harakat qilishni istamagani bois ham darhol muammoni aylanib o‘tish tadorigini ko‘radi. Ko‘pincha bu usul ish beradi, bo‘lmasa, o‘ziyam muammoni bemalol o‘zi hal qila oladi.

QOVG‘A muammoni hayrat bilan kutib oladi; har tomonlama tomosha qilib, juda ko‘p yangi jihatlarni topadi. Agar shunday muammo avval ham uchraganini sezsa, darrov tushkunlikka tushib, Chayonni izlay boshlaydi. Chayon esa doimgiday bahona topib, juftakni rostlab qoladi, Qovg‘aning tushkunligi bo‘lsa sekin-asta yo‘qola boshlaydi.

BALIQ nimasi bilandir Qisqichbaqaga o‘xshab ketadi, faqat uning diydiyosi biroz pastroq ovozda bo‘ladi. Shu bois uning muammolari bir umrlik, yechimsiz bo‘ladi. Chunki hech kim hol so‘ramasa, muammoni hal qilib bermasa, u bilan o‘zi shug‘ullanishiga to‘g‘ri keladi.

Manba: Diydoraziz.uz

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar