Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

03.08.2016

Ortiqcha yog‘lardan xalos bo‘lishning oddiygina 40 usuli

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 281
Ortiqcha yog‘lardan xalos bo‘lishning oddiygina 40 usuli

Ortiqcha yog‘lardan xalos bo‘lish uchun jiddiy kompleks yondashuv talab qilinadi. Bu borada Men’s Fitness tomonidan vazn yo‘qotish bo‘yicha tuzilgan foydali ko‘rsatmalar yordamga keladi.

1. Ko‘proq oqsillar iste’mol qiling.

2. Mahsulotlar tarkibini diqqat bilan o‘qing.

3. Vazifalarni tik turgan holda bajaring.

4. Mashg‘ulotlarni birlashtiring.

5. Ko‘zlarni yumgan holda mashq bajarishga harakat qiling.

6. Uy vazifalaridan o‘zingizni olib qochmang.

7. Sho‘r va tuzlangan bodring iste’mol qiling.

8. Kengroq qadamlar tashlang.

9. Ilhom manbai qidiring.

10. O‘z oldingizga maqsadlar qo‘ying. Masalan: 5 km tezroq yugurish, 100 marta o‘tirib turish va boshqalar.

Ortiqcha yog‘lardan xalos bo‘lishning oddiygina 40 usuli

11. Portsiyalarni kamaytiring yoki shunchaki kamroq tanovul qiling.

12. Kamroq uglevodlar iste’mol qiling.

13. Avval qo‘shimcha og‘irlik talab qiladigan mashg‘ulotlarni bajaring, so‘ngra yuguring.

14. Yuqori tsellyulozaga ega bo‘lgan mahsulotlarni tanovul qiling.

15. Uksus va limonli sharbat bilan qoriluvchi salatlar tayyorlang.

16. Tushlikni yoddan chiqarmang.

Ortiqcha yog‘lardan xalos bo‘lishning oddiygina 40 usuli

17. TV qarshisida kamroq vaqt o‘tkazing.

18. Haftada hech bo‘lmasa 3 marta 10 daqiqadan mashq qiling.

19. Kartoshkali taomlarni kamroq iste’mol qiling.

20. Taom eyishdan avval suv iching.

21. Kartoshka, pasta va bo‘tqali garnirlarni sabzavotlarga almashtiring.

22. Mashg‘ulotlar bajaruvchi jamoa topib, ularga qo‘shiling.

23. Desertlar va shirinliklar eyishni kamaytiring.

Ortiqcha yog‘lardan xalos bo‘lishning oddiygina 40 usuli

24. Tishlarni tez-tez tozalab turing.

25. Vaqtga emas, aniq masofaga qarab yuguring.

26. Nonushtani o‘tkazib yubormang.

27. Yarim tayyor mahsulotlardan qoching.

28. Yogurt va qatiqlar iching.

29. Restoran va kafelarda sabzavotli gazaklarga buyurtma bering.

30. Yong‘oq iste’mol qiling.

31. Kaloriyalar kundaligini tuting va unga qancha miqdorda taom iste’mol qilayotganingizni yozib boring.

32. Kayfiyatga e’tiborli bo‘ling.

33. Fotokundalik ham tuting.

Ortiqcha yog‘lardan xalos bo‘lishning oddiygina 40 usuli

34. Kaloriyali ichimliklardan voz keching. Suv — eng yaxshi tanlov.

35. Oq nonni iste’mol qilmaslikka odatlaning.

36. O‘zingizning sevimli taomingizga cheklovlar qo‘ymang. Kam-kamdan eyish ziyon qilmaydi.

37. Ko‘proq harakatda bo‘ling.

38. Uyqu qoidasiga rioya qiling. O‘z vaqtida uxlang.

39. Uyqingizni qulayroq qilishga harakat qiling.

40. Sekinroq chaynab, iste’mol qiling.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar