Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

03.08.2016

Qalbni og‘ritadigan so‘zlarni eshitmaslik uchun tavsiya qilingan 10 amal

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 67
Qalbni og‘ritadigan so‘zlarni eshitmaslik uchun tavsiya qilingan 10 amal


O‘n narsani qilmagil–ki, o‘n narsani eshitasan:

1. Senga daxli yo‘q narsaga aralashma! O‘zing uchun noxush so‘zlar
eshitasan.

2. Jahl ustida so‘zlamagil, g‘azabingni ziyoda qiluvchi narsani
eshitasan.

3. Mag‘rur kimsani ko‘kka ko‘tarib maqtama, u seni battar
tahqirlaganini eshitasan.

4. Sen uchun jon kuydirmaydigan kimsaga aslo shikoyat qilma, aks holda, dardingni ziyoda qiluvchi so‘zlarni eshitasan.

5. Johilga g‘azabingni bildirma, battarroq jahlingni chiqaradigan narsani eshitasan.

6. Seni xur ko‘radigan kimsaga nasihat qilma, yo‘qsa seni mensimasligini bildiradigan so‘zlarni eshitasan.

7. O‘z tushunchasiga aldangan maftunga va’z qilma, sening fikringni tahqirlovchi narsani eshitasan.

8. Ikki janjallashganlarga ularning jahlini chiqazuvchi so‘zlarni so‘zlama, aks holda, seni ularning uchinchisiga aylantiruvchi so‘zni eshitasan.

9. Xotining jahl otiga minib turganda, unga qilgan yaxshiliklaringni eslatma, aks holda, yaxshiliklaringni barchasini inkor qiluvchi so‘zni eshitasan.

10. Johil, oqpadar o‘g‘lingga otaligingni peshlab gapirmagin, aks holda undan “Shoyad buni dunyoga keltirmasam” orzusini qildiruvchi so‘zni eshitasan.

Abu Muslim tayyorladi


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar