Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

03.08.2016

Galaxy Note 7 foydalanuvchilarni nima bilan hayratga soladi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 400
Galaxy Note 7 foydalanuvchilarni nima bilan hayratga soladi?

Samsung Unpacked 2016 maxsus tadbiridagi taqdimotda Samsung kompaniyasi vakillari ko‘z pardasi skaneriga ega yangi Galaxy Note 7 smartfonini taqdim qildilar. Taqdimot YouTube’da jonli efirda uzatildi

Umuman olganda, smartfon dizayni Galaxy Note’ning oxirgi avlodi kabi Galaxy S7 va S7 Edge smartfonlarini eslatib yuboradi. Smartfon suv va changdan himoyalangan, 2560x1440 pikselli, chetlari qayrilgan 5,7 dyuymli ekranga ega, ichidagi qismlari S7 Edge’ga to‘liq mos keladi. Galaxy Note 7 ikki modifikatsiyada – Qualcomm Snapdragon 821 yoki Samsung Exynos 8893 protsessori bilan ishlab chiqariladi.

Galaxy Note 7 foydalanuvchilarni nima bilan hayratga soladi?

Smartfonning ichki xotirasi 64 Gbdan boshlanadi, tezkor xotirasi 4 Gb ni, asosiy kameri 12 Mp ni, old kamera 5 Mp ni, akkumulyator sig‘imi 3500 mA•soatni tashkil qiladi.

Galaxy Note 7 smartfonlari Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimi bilan birga chiqariladi, biroq kompaniyada operatsion tizimni 7.0 Nougat versiyasigacha yangilash mumkinligi aytildi.

Galaxy Note 7 foydalanuvchilarni nima bilan hayratga soladi?

Smartfon suvda ishlay oladigan hamda 4096 ta bosish darajasini qo‘llab-quvvatlaydigan S Pen stilusi bilan birga ishlaydi: qurilmaning yangi versiyasida uning uchi qalinligi kichraytirildi, bu ekranda aniqroq ko‘rsatish va engilroq chizishga imkon beradi. Samsung vakillarining aytishicha, kompaniya ba’zi kompaniyalardan farqli o‘laroq, stilusni alohida sotib olish va alohida quvvatlashga majbur qilmaydi. Gap Apple‘ning iPad Pro uchun iPencil stilusi haqida ketmoqda, u alohida sotiladi va quvvatlanib turilishi kerak.

Galaxy Note 7 foydalanuvchilarni nima bilan hayratga soladi?

Ko‘z pardasi skaneri smartfonga o‘rnatiladigan virtual reallik shlemi Gear VR bilan birgalikda ishlatilish uchun mo‘ljallangan. Foydalanuvchi shlemni kiya turib, uni shunday joylashtiradiki, skaner ko‘z to‘g‘risida joylashadi va ko‘z pardasining skanerlanishi avtorizatsiya vaqtida xavfsizlikni oshirish uchun xizmat qiladi.

Galaxy Note 7 foydalanuvchilarni nima bilan hayratga soladi?

Ko‘z pardasi skaneri yordamida smartfon, ba’zi dasturlar va maxsus papkadagi kontentni blokdan chiqarish mumkin.

Galaxy Note 7 foydalanuvchilarni nima bilan hayratga soladi?

Galaxy Note 7’ning narxi hozircha noma’lum. Smartfon AQShda 16 avgustdan sotuvga chiqariladi, buyurtmalar esa 3 avgustdan olina boshlanadi. Rossiyada smartfon 26 avgustdan savdoda paydo bo‘ladi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar