Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

03.08.2016

Eng og‘riqli tishlaydigan jonivorlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 336
Eng og‘riqli tishlaydigan jonivorlar

Tabiatda yashovchi deyarli har bir jonzot o‘zini tishlari orqali himoya qiladi. Yoki ular bilan oziqlanadi. Ba’zilari jabrlanuvchi tanasiga kimyoviy zahar kirg‘izish uchun nayzasi orqali chaqishga urinadi, ayrimlari esa chaqish kuchiga e’tibor qaratadi. Quyidagi hayvonlarning chaqishi esa sizga ko‘plab jiddiy muammolarni olib kelishi mumkin — hattoki, bevaqt o‘limni ham.

Alanga chumolilari


Yovuz Solenopsidini chumolilari jabrlanuvchi tanasiga o‘rnashib olib, ularga qattiq nayza bilan zahar sanchadi. Zaharli alkaloid solenopsini kuchli kuyishni eslatuvchi og‘riqni yuzaga keltiradi.

Piranyalar

Eng og‘riqli tishlaydigan jonivorlar

Piranyalarning pastki jag‘ qismi oldinga qattiq bo‘rtib chiqqan. O‘tkir uchburchak tishlar jag‘lar yopilganda tepa va pastki qism bir-biriga aniq tushadigan qilib o‘sadi. Bu esa yirtqich o‘lja tanasini bir necha soniyada bo‘laklarga ajratib olishiga yordam beradi.

Meduzalar

Eng og‘riqli tishlaydigan jonivorlar

Meduzalarning ko‘p turi o‘zini himoya qilish yoki o‘ljani qo‘lga kiritish uchun nematotsitlar otadi. Ba’zilari zaharli hujumni ham amalga oshiradi. Dunyoda meduzalarning inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan 15 turi mavjud. Og‘irligi bir yarim kilogramm bo‘lgan Chironex fleckeri turi o‘limga sabab bo‘lishi mumkin.


Chayonlar

Eng og‘riqli tishlaydigan jonivorlar

Fanda ikki mingga yaqin chayon turi aniqlangan. Ulardan yigirmatasi inson hayotiga o‘lim xavfini soladi. Ularni Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqda uchratish mumkin. Leiurus quinquestriatus nomli chayon hujumi juda xavfli bo‘lib, jabrlanuvchi o‘limiga olib kelishi mumkin.


Qotil ari

Eng og‘riqli tishlaydigan jonivorlar

Afrikaning yovvoyi asalarilari atrofimizdagi arilardan tubdan farq qiladi. XX asrda ularni Janubiy Amerikaga olib o‘tishgan, u erdan esa shimolda tarqalib ketadi — aynan shu erda unga «qotil ari» nomi beriladi. Bu hasharotlar faqatgina o‘z uyasini himoya qilayotgandagina hujum qiladi. Zaharli nishi esa bir necha daqiqada inson umriga zomin bo‘lishi mumkin.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar