Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.08.2016

Xitoy kompaniyalaridan biri smartfonlar olamidagi eng yirik qurilmani taqdim etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 123
Xitoy kompaniyalaridan biri smartfonlar olamidagi eng yirik qurilmani taqdim etdi

Xitoyning Akyumen kompaniyasi bir vaqtning o‘zida Windows 10 va Android tizimlarida ishlay oladigan, tashqi tomonidan proektor o‘rnatilgan 7 dyuymli Holofone smartfonini taqdim etdi. Bu haqda The Verge nashri xabar bermoqda.

Qurilmaning katta hajmiga qaramay ishlab chiqaruvchi uni smartfon, deya atamoqda. Qurilmaning asosiy xususiyatlaridan biri — proektor smartfondagi suratlarni 100 dyuym balandlikda tasvirlay oladi.

Xitoy kompaniyalaridan biri smartfonlar olamidagi eng yirik qurilmani taqdim etdi

Smartfon Android Lollipop tizimida ham va Windows 10 tizimda ham birdek ishlaydi. Proektor rejimida kompyuterga aylanadi-qoladi.

Qurilmaning eng past bahosi 750 dollar. 950 dollarga smartfon bilan birga Bluetooth-dinamik, o‘yin boshqaruvchisi va batareya o‘rnatadigan maxsus tagqism beriladi. U 1 sentyabrdan sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Xitoy kompaniyalaridan biri smartfonlar olamidagi eng yirik qurilmani taqdim etdi

Smartfon to‘rt yadroli Intel Atom protsessorida ishlaydi. Qurilmada 4 GB tezkor xotira va 128 GB asosiy xotira mavjud.

Orqa kamera 13 megapiksel, old kamera esa 5 megapiksel. Ishlab chiqaruvchining ishonch bildirishicha, 2910 sig‘imga ega batareya proektor rejimida ikki soat ishlab beradi.

Xitoy kompaniyalaridan biri smartfonlar olamidagi eng yirik qurilmani taqdim etdi


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar