Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.08.2016

Hafta transferlari: Higuain uchun 90 mln evro, Pato Ispaniyada, Gameyroning «Atletiko»ga o‘tishi va «Rubin»dan navbatdagi xarid

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 353
Hafta transferlari: Higuain uchun 90 mln evro, Pato Ispaniyada, Gameyroning «Atletiko»ga o‘tishi va «Rubin»dan navbatdagi xarid

«Tribuna» sayti o‘tgan haftada amalga oshirilgan jiddiy transferlar o‘nligini tuzib chiqdi.

10. Juliano
«Gremio»dan «Zenit»ga, 7 mln evro

«Zenit» Rossiya chempionatining yana bir braziliyalik iqtidor bilan boyitdi. 26 yoshli Juliano Sharqiy Evropada o‘ynash tajribasiga ega – u o‘z vaqtida Ukrainaning «Dnepr» jamoasida yorqin o‘yinlar namoyish etgan, ammo oilaviy sabablar tufayli vataniga qaytgandi. Juliano «Zenit»da Xalkning o‘rnini egallashi haqida aytishmoqda. U o‘z vatandoshining o‘yin uslubiga yaqin o‘yin ko‘rsatadi. Qolaversa, unga piterliklar jamoasida Xalkdan keyin bo‘sh qolgan 7 raqamini berishdi

9. Vissam ben Yedder
«Tuluza»dan «Sevilya»ga, 9 mln evro

Hafta transferlari: Higuain uchun 90 mln evro, Pato Ispaniyada, Gameyroning «Atletiko»ga o‘tishi va «Rubin»dan navbatdagi xarid

«Sevilya»dagi frantsuzlar soni Gameyro ketganidan keyin ham o‘zgarmaydi. Andaluziyaliklar Gameyroga o‘rinbosar sifatida«Tuluza»dan Vissam ben Yedderni sotib oldi. 25 yoshli bu futbolchi Frantsiya chempionatida 2010 yildan buyon qatnashadi va u shu vaqtgacha 174 o‘yinda 71 marta gol urgan.

8. Jonatas
«Reala Sosedad»dan «Rubin»ga, 7 mln evro

Hafta transferlari: Higuain uchun 90 mln evro, Pato Ispaniyada, Gameyroning «Atletiko»ga o‘tishi va «Rubin»dan navbatdagi xarid

«Rubin» xarid qilishda davom etadi. Qozonliklarning ispaniyalik murabbiyi Xavi Grasiya Sanches, Samu, Rochina va Song ortidan Ispaniya chempionati vakili bo‘lgan yana bir futbolchini Rossiyaga olib o‘tdi. 27 yoshli Jonatas o‘tgan mavsumda «Real Sosedad» safida 27 uchrashuv o‘tkazib, 7ta gol urgan va 2 marta sheriklarini golli pas bilan ta’minlagan.

7. Adriano
«Barselona»dan «Beshiktosh»ga, 600 ming evro

Hafta transferlari: Higuain uchun 90 mln evro, Pato Ispaniyada, Gameyroning «Atletiko»ga o‘tishi va «Rubin»dan navbatdagi xarid

Bir qator futbolchilar xarid qilgan «Barselona» keraksiz futbolchilardan xalos bo‘lishni boshladi. Birinchi navbatda braziliyalik universal futbolchi Adriano jamoani tark etdi. U barselonaliklar safida hech qachon asosiy tarkib futbolchisi bo‘la olmadi va turli davrlarda turli amplualarda sinab ko‘rildi. Luis Enrike yangi mavsum uchun Adrianoga joy ajratmagani ma’lum bo‘lgach, uni arzimagan pul evaziga Turkiyaga sotdilar.

6. Chiro Immobile
«Sevilya»dan «Latsio»ga, 8,5 mln evro

Hafta transferlari: Higuain uchun 90 mln evro, Pato Ispaniyada, Gameyroning «Atletiko»ga o‘tishi va «Rubin»dan navbatdagi xarid

Xorxe Sampaoli klubning hujum chizig‘ini butunlay yangilashga qaror qilgan. Ben Yedder va Vetto kelgach, italiyalik tajribali futbolchi Chiro Immobilega joy qolmadi. Amaliyotdan ma’lumki, Immobile o‘z futbolini faqat Apennin yarim orolida ko‘rsata olgan, shuning uchun «Sevilya» ko‘p savdolashmasdan uni «Latsio»ga 8,5 mln evro evaziga sotdi.

5. Aleshandre Pato
«Korintians»dan «Vilyarreal»ga, 3 mln evro

Hafta transferlari: Higuain uchun 90 mln evro, Pato Ispaniyada, Gameyroning «Atletiko»ga o‘tishi va «Rubin»dan navbatdagi xarid

Adrianodan farqli ravishda, Aleshandre Pato o‘z avlodining eng umidli futbolchilaridan biri edi. 18 yoshida u «San Siro»da «Milan» futbolkasida barchani lol qoldirishni boshlagandi, endi esa uning salohiyati «Vilyarreal»da o‘ynash uchun etarli bo‘lmoqda… 3 mln evro evaziga.
Bu raqam Aleshandrening hozirgi sport formasini ifodalaydi.

4. Jo Allen
«Liverpul»dan «Stok Siti»ga, 15,5 mln evro

Hafta transferlari: Higuain uchun 90 mln evro, Pato Ispaniyada, Gameyroning «Atletiko»ga o‘tishi va «Rubin»dan navbatdagi xarid

Bu haftada APL jamoalari sust harakat qilishdi. Nisbatan eng katta xaridni «Stok Siti» amalga oshirdi, jamoa «Liverpul»dan Jo Allenni sotib oldi. Uels termasi bilan Evropa chempionatidagi yorqin o‘yinlarga qaramasdan Yurgen Klopp Allenga yangi mavsum uchun joy ajratmadi. Mersisaydliklar uning uchun 15,5 mln evro ishladi, «qarg‘alar» o‘z tarkibini liganing eng aniq paslar beruvchi futbolchilaridan biri bilan to‘ldirdi.

3. Aleksandr Lobanov
«Persepolis»dan, «Paxtakor»ga, ?

Hafta transferlari: Higuain uchun 90 mln evro, Pato Ispaniyada, Gameyroning «Atletiko»ga o‘tishi va «Rubin»dan navbatdagi xarid

O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy darvozaboni Aleksandr Lobanov Erondagi safarini yakunladi. U Oliy liganing ikkinchi mavsumida «Paxtakor» darvozasini qo‘riqlashni boshlaydi

2. Kevin Gameyro
«Sevilya»dan «Atletiko»ga, 32 mln evro

Hafta transferlari: Higuain uchun 90 mln evro, Pato Ispaniyada, Gameyroning «Atletiko»ga o‘tishi va «Rubin»dan navbatdagi xarid

Gameyroning to‘purarlik xususiyatlari Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Deshamning nazaridan chetda qolgandi. Lekin transferlar bozorida uni qadrlashdi: Diego Simeone shaxsan o‘zi Kevinning transferi bo‘yicha ishladi. Natijada futbolchi 32 mln evro evaziga Madridda. «Sevilya» yana 5 mln evroni turli bonuslar ko‘rinishida olishi mumkin. Bundan tashqari, «Atletiko» andaluziyaliklar jamoasiga ijaraga berilgan Lusiano Vettoning maoshini to‘lab beradi.

1. Gonsalo Higuain
«Napoli»dan «Yuventus»ga, 90 mln evro

Hafta transferlari: Higuain uchun 90 mln evro, Pato Ispaniyada, Gameyroning «Atletiko»ga o‘tishi va «Rubin»dan navbatdagi xarid

Haftaning asosiy transferi Italiyada amalga oshirildi. «Yuventus» Higuain uchun 90 mln evro to‘lashga jazm etdi. «Napoli» byudjetini to‘ldirib oldi, ammo muxlislar o‘z kumirlarini u asosiy raqobatchi safiga o‘tgani uchun kechirishmayapti, ularning g‘azabidan jamoa rahbariyati ham benasib qolmayapti. Gonsaloning o‘zi Neapolni jamoa prezidenti Aurelio De Laurentisga ortiq toqat qila olmagani uchun tark etgani haqida aytdi. Bu transfer orqali «Yuventus» futbol tarixidagi eng qimmatbaho 3 transferdan birini amalga oshirdi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar