Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.08.2016

O‘zbek blogerlari mamlakat bo‘ylab veloturga otlanishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 375
O‘zbek blogerlari mamlakat bo‘ylab veloturga otlanishdi

O‘zbekistonlik blogerlar Sanjar Said va Davronbek Tojialiev Toshkentdan Chorvoqqacha bo‘lgan 170 kilometrli masofani velosipedda bosib o‘tishdi. Bu haqda bloger Davronbek Tojialiev feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali yozgan.

“Kecha Sanjar Said bilan ilk uzoq masofali veloturni yakunladik. Jami 170 km.ni velosipedda bosib o‘tdik. Soat 3:00da yo‘lga chiqdik. Yo‘l bo‘yi sayr qilib, suratlar olib ketdik. Yo‘lning eng qiyin qismi "Bochka"dan Chorvoqqa ko‘tarilish bo‘ldi. 15 kilometrlik masofaga 1,5 soatda ko‘tarildik.

Toshkentdan Chorvoqqa ko‘tarilguncha 8 soat sarflagan bo‘lsak, Toshkentga 5 soatda kirib keldik. Safar davomida shaxsiy rekordimni o‘rnatdim: velosipedda soatiga 23 km yo‘l bosdim (Chirchiq akvoparkidan TTZ-1 gacha)”, deyiladi postda.

O‘zbek blogerlari mamlakat bo‘ylab veloturga otlanishdi

Blogerlarning ikkinchisi Sanjar Said sanjarsaid.uz blogida shunday yozadi:

“31 iyul, tonggi 3:10da ikki hamroh “Chorvoq, qaydasan”, deb yo‘lga otlandik. Havo bir oz salqin, Toshkent ko‘chalari deyarli bo‘m-bo‘sh. Katta ishtiyoq bilan Qibrayga etib borganimizda osmon oqarishni boshladi. Chirchiqqa yaqinlashar ekanmiz, quyosh birmuncha ko‘tarilib qoldi. Yo‘l tobora balandlab, ko‘tarilish qiyinlashib bordi. Shu bois yo‘lda tez-tez to‘xtab, dam olishga to‘g‘ri keldi. Atrofni tomosha qilib, tog‘ning salqin va rohatbaxsh havosidan simirib, ishonch va qat’iyat bilan tepaga ko‘tarilaverdik.

O‘zbek blogerlari mamlakat bo‘ylab veloturga otlanishdi

Bir amallab, gohida velosipedni minib, ba’zida esa uni piyoda sudrab, tog‘ning eng baland qismiga chiqish va Chorvoqdagi plyajlarga etib olishgacha bo‘lgan 15 kilometrlik marrani bosib o‘tishimizga 1,5 soatcha sarfladik.

Chorvoq suvi badanga yoqar darajada salqin edi. Miriqib cho‘milib, quyosh nuri ostida toblandik. Bir soatlik hordiqdan so‘ng roppa-rosa soat 14:00da ortga, Toshkentga qaytishni boshladik.

O‘zbek blogerlari mamlakat bo‘ylab veloturga otlanishdi

O‘zbek blogerlari mamlakat bo‘ylab veloturga otlanishdi

Endi ishonch bilan aytishim mumkinki, O‘zbekiston bo‘ylab velosayohatda tasavvur qilganimchalik qiynalmayman. Chunki odam biror maqsad sari intilar ekan, kuchi, sharoiti, salomatligi emas, balki istak-xohishi va irodasiga tayanadi. Chorvoqqacha balandlab boradigan 85 kilometrlik yo‘lda men o‘z irodamni sinovdan o‘tkazdim. Har daqiqada ortga qaytib ketish yoki biror avtobusga chiqib dovonni oshib o‘tish mumkin edi. Ammo biz ko‘zlagan marramizga o‘z kuchimiz bilan eta oldik! Bundan keyin ham avvalo Yaratganning irodasi, so‘ngra yaxshilarning duolari va intilishimiz bilan yo‘lda davom etamiz!”.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar