Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.08.2016

Birinchi tibbiy yordamda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan 12 xato

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 180
Birinchi tibbiy yordamda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan 12 xato

“Qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqaribdi.” Bu gapni noo‘rin ko‘rsatilgan birinchi yordamga nisbatan ham qo‘llash mumkin. Siz kimgadir beg‘araz yordam beraman, deb bilmasdan katta xatoga yo‘l qo‘yishingiz mumkin. Odamlar o‘rtasida eng ko‘p uchraydigan birinchi yordamdagi xatolarning ayrimlari bilan tanishish sizni hushyorlikka undasa ajab emas.

YaXShISI, YaQINLAShMANG

Yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Siz halokatga uchragan odamga yordamga shoshilasiz. Ammo uning ustiga tushishi xavfi bo‘lmasa, yaxshisi, unga yaqinlashmang. uning yonida mashina yonmayotgan, daraxt shoxlari yoki boshqa narsa sinib, Mutaxassislar uni qanday ko‘tarish kerakligini biladilar. Siz unga yordam beraman deb, aksincha, uni majburan ko‘tarish orqali nogiron bo‘lishiga sababchi bo‘lib qolishingiz mumkin. Insult yoki infarktga chalingani gumon qilingan odamni ham ikki qo‘ltig‘idan ushlab emas, balki shifoxona zambilida ko‘tarib olib borish lozim. Aks holda, bunday “yordam” unga qimmatga tushishi mumkin.

SINISh

Yo‘lda qo‘li singan kishining qo‘lini o‘zingizcha to‘g‘rilashga urinmang. Avval o‘zingizga savol bering: men mutaxassismanmi? Agar xato qilayotgan bo‘lsamchi? Xato qilmaslik uchun zararlangan joyni qimirlatmasdan, tez tibbiy yordamga qo‘ng‘iroq qiling.

QON KETSA...

“Jgut”ni noto‘g‘ri bog‘lash ham bemorga ortiqcha tashvish keltiradi. Aksariyat hollarda “jgut”ni bog‘lash uchun behuda vaqt ketkaziladi, boz ustiga, u noto‘g‘ri bog‘langan bo‘ladi. Agar alvon qizil qon ketsa, unda “jgut” topishga qimmatli vaqtni sarflamasdan, qo‘l bilan o‘sha yerni bosib turish kerak. Aks holda, bemorning ahvoli og‘irlashishi va hatto, o‘lim bilan yakunlanishi mumkin.

O‘zboshimchalik bilan dori berish

Shifokorlar, bu dori faqat sizga to‘g‘ri keladi, deyishlariga qaramasdan, ayrimlar, bu dori menga kor qildimi, demak, boshqalarga ham ta’sir qiladi, deb bemalol o‘zi ichgan dorini yonidagi odamga ham tavsiya qilaveradi. Aslida esa, har bir inson o‘ziga xos va biriga ta’sir qilgan dori vositasi ikkinchisiga aks ta’sir etishi yoki umuman ta’sir etmasligi mumkin. Qachonki, ahvoli og‘irlashgan bemorning o‘zi biror dori nomini aytib so‘ramaguncha, unga o‘zingizcha dori tavsiya qilmang. Bu bilan uning holatini battar og‘irlashtirib qo‘yishingiz hech gap emas.

Qayt qildirishga urinish

Kimdir oshqozoni buzilsa, qo‘lini og‘ziga tiqib qayt qilishga urinadi. Shu yo‘l bilan o‘zicha oshqozonni tozalamoqchi bo‘ladi. Bu mutlaqo mumkin emas. Yaxshisi, ko‘proq iliq suv ichish lozim.

IChKILIK BILAN OG‘RIQ QOLDIRISh

Kimgadir og‘riqni qoldirishga konyak taklif qilgandan ko‘ra, unga yordam berishning boshqa yo‘llarini toping. Chunki spirtli ichimlik ichish shifokorning bemorga tashxis qo‘yishini birmuncha qiyinlashtiradi. Qolavayersa, ayrim kasalliklarda dori bilan birga, spirtli ichimliklar ichish taqiqlangan. Ular bemor hayotini xavfga qo‘yishi ehtimoli bor.

ShUNINGDEK…

Jarohat yuzasida bo‘lgan yot jismni ehtiyotkorlik bilan olib tashlashingiz mumkin. Biroq jarohat ichiga kirgan shisha bo‘lagi yoki boshqa yot jismni olaman, deb urinmang, chunki uni aksincha, ichkariroq kiritib qo‘yishingiz hech gap emas. Yaraga infeksiya tushishidan xavotirlansangiz… kech qoldingiz. Chunki infeksiya yot jism bilan birga kirib bo‘ldi. Siz yot jismni olib tashlasangiz, uning o‘rnidan qon ketishi boshlanishi mumkin. Siz esa, har doim ham qon ketishini to‘xtatish imkoniga ega emassiz.

Yurakni massaj qilish va sun’iy nafas oldirish yo‘llaridan aslida, ko‘pchilik xabardor. Lekin o‘zingizni bu borada mutaxassisman, deb aytolmasangiz, behuda harakat qilmang. Agar bilsangiz, unda eslab qoling: yuragi urib turgan va nafas olayotgan odamga bu usulni qo‘llash shart emas. Ko‘krak qafasini mutaxassis bo‘lmagan odam uqalasa, ba’zida foydadan ko‘ra, zarar keltirishi amaliyotda o‘z tasdig‘ini topgan.

KUYGANGA YoG‘, YaRAGA YOD QO‘YISh

Buvilarimizdan qolgan ana shu ikki odatni aslo tashlolmayapmiz. Endigina kuygan teri ustiga yog‘ va shunga o‘xshash pantenollardan surish mumkin emas. Kuygan terini sovuq suvda 1-2 daqiqa emas, balki 10-15 daqiqa sovutish lozim. Yod, spirt, “zelyonka”ni chuqur jarohatga surtishning esa, hech bir foydasi yo‘q.

OVQAT TIQILSA, YeLKAGA QOQISh…

Ayrimlar bu holatda bemorning orqasiga zarb bilan ursa, yot jism chiqib ketadi, deb hisoblaydi. Vaholanki, bunda aks ta’sir kuzatilishi va yot jism nafas yo‘llaridan tashqariga emas, balki ichkariga qarab ham yo‘nalishi mumkin.

Manba: Diydoraziz.uz

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar