Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

01.08.2016

Perfektsionizmdan qanday qutilish mumkin?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 148
Perfektsionizmdan qanday qutilish mumkin?

Perfektsionizm sizni rivojlanishdan to‘xtatadi: arzimagan vazifalar ustida bosh qotirib, faqatgina vaqtingizni yo‘qotasiz. Aslida nima muhimligini qanday tushunish mumkin? Omad sari olg‘a qadam tashlash sirlari nimada? Bugun ana shu savollarga javob topishga harakat qilib ko‘ramiz.

Muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqish ishga juda halaqit beradi. Aksariyat omadli kishilar perfektsionizmdan voz kechishgan, buning ajablanarli tomoni yo‘q: ular har kuni ko‘plab muhim va shoshilinch qarorlar qabul qilishlariga to‘g‘ri keladi. Bu esa har doim ham yaxshilikka olib kelmaydi.

2010 yilda Facebook bosh idorasining devorida “Mukammal ishdan ko‘ra bajarilgan ish yaxshiroq” degan yozuv paydo bo‘ldi. U xodimlarga perfektsionizmning foyda keltirmasligini eslatib turishga mo‘ljallangan.

Hamma narsada mukammallik kutilsa, Facebook ijtimoiy tarmog‘i ham chiqmagan bo‘lardi.


Perfektsionizm qaerdan paydo bo‘ladi

Extreme Productivity (“Ekstremal mahsuldorlik”) kitobi muallifi Bob Pozen samaradorlikni oshirish bo‘yicha kurslarning birinchi ma’ruzasida talabalardan “O‘zingizni perfektsionist deb hisoblaysizmi?” degan savolni beradi. Talabalarning taxminan yarmi bu savolga tasdiq javobini beradi va berilgan vazifani aniq va tartibli bajarish kerakligini uqtirgan talabchan ota-onalar yoki o‘qituvchilari haqida so‘zlab ketishadi.

“Men inson o‘z-o‘zidan perfektsionist bo‘lib tug‘ilmaydi deb hisoblayman, biroq oila, maktab, atrof-muhit ularni shunday fikrlashga undaydi. Bu shunchaki odat, undan qutulish mumkin”.

Bob Pozen

Perfektsionistlarning eng katta muammosi shundaki, ular u qadar muhim bo‘lmagan ishlarni bajarishga haddan tashqari ko‘p vaqt sarflashadi. Shu bois barcha ishlarni mukammal qilib bajarish uchun ularga vaqt etishmaydi.


Perfektsionizm bilan qanday kurashish mumkin

How to Invest Your Time Like Money (“Vaqtingizni qanday qilib pul kabi investitsiya qilish mumkin”) kitobi muallifi Elizabet Greys Sonders taym-menejment bo‘yicha maslahatchi bo‘lib ishlaydi, u insonlarga mukammal bo‘lish ehtiyojidan qutilishga va vaqtini muhim ishlarga sarflashni boshlashga yordam beradi. U perfektsionizmdan qututlishning bir necha usullarini taklif qiladi.


Yorliqlar osmang

O‘zingizni perfektsionist deb atagandan ko‘ra, “ba’zan perfektsionistdek harakat qilishga moyilman” deng. Shunday qilsangiz, siz o‘zingizga boshqacha yo‘l tutishga izn bergandek bo‘lasiz.

Perfektsionizm sizga halaqit berishini tan oling

Perfektsionizmdan qanday qutilish mumkin?

Endi esa o‘zingizni biror bir narsaga bag‘ishlab, boshqa diqqatga sazovor narsalar haqida unutib qo‘yganingizni tushunib etishingiz kerak. Shu tariqa perfektsionistlar ba’zida kerakli ishlarni bajarmay qolishadi yoki juda kech bajarishadi va shu narsa ularga muvaffaqiyatga erishishga halaqit beradi. Agar ular avval boshdanoq o‘z oldilariga boshqacha maqsad qo‘yishganida edi, hammasi o‘zgacha tus olgan bo‘lardi.


O‘zingizni cheklang

Perfektsionist “mukammal” natijaga erishmaguncha ishlayveradi, bunga qancha vaqt ketishi esa ular uchun muhim emas. Shuning uchun Sonders dedlaynlar o‘rnatishni tavsiya qiladi.


Har bir vazifaga muayyan bir vaqt belgilang va shu muddatgacha ulgurish uchun o‘z tezligingizni kuzating.

Bu maslahat ko‘p insonlarga perfektsionizmdan xalos bo‘lishga yordam bergan. Ular biror ishni mukammal qilmaslik dangasalik yoki befarqlikdan dalolat bermasligini tushunib etishdi. Siz shunchaki o‘zingizning vaqt byudjetingizga qaraysiz va “Yaxshi natijaga erishish uchun bu vazifaga qancha vaqt ajratishim kerak?” deysiz.


Vaqtingizni INO yordamida taqsimlang

Perfektsionistlar ko‘pincha turli vazifalarning turlicha vaqt talab qilishini anglashmaydi. Ishlarni muhimlik darajasiga qarab taqsimlash uchun Sonders INO texnikasini qo‘llashni tavsiya qiladi:

• Investitsion vazifalar: yuqori daromadlilik, vaqt xarajatlari daromad bilan qoplanadi.

• Neytral vazifalar: siz qancha ko‘p kuch sarflasangiz, shuncha ko‘p daromad olasiz (masalan, xodimlar bilan uchrashuvlar yoki standart hisobotlar).

• Optimallashtirilgan vazifalar: natija ketgan vaqtga bog‘liq emas (masalan, elektron pochtani tartibga keltirish).

Perfektsionizmdan qanday qutilish mumkin?

Vazifalarni taqsimlab, nimaga ko‘proq vaqt ajratish kerakligini tushunib etasiz. Elektron pochta bilan ishlash optimallashtirilgan vazifalarga kirar ekan, demak, siz bitta xatni 3-4 martalab o‘qishingiz shart emas: bu vaqt birinchi guruhdagi ishlar uchun kerak bo‘lib qoladi.

Muayyan vazifani qaysi tasnifga kiritishni aniqlashga yordam beruvchi bir necha muhim savollar:

1. Bu men uchun muhimmi?

2. Agar shunday bo‘lsa, qanchalik muhim?

3. Vazifa yuksak darajada amalga oshirishga arziydimi? Harakatlar oqlanadimi?

4. Harakatlarning minimal to‘plami qanday?

5. Bu vazifani bajarishga qancha vaqtim bor?

Siz-chi, o‘zingizni perfektsionist deb hisoblaysizmi? Bu sizga yashashga halaqit bermaydimi?



Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar