Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

01.08.2016

Teginish xavfli yoxud samolyotdagi eng iflos joylar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 180
Teginish xavfli yoxud samolyotdagi eng iflos joylar

Samolyot olisni yaqin qiluvchi eng xavfsiz harakat vositasi hisoblanadi. Ba’zi insonlar esa unda uchishdan juda ham qo‘rqishadi. Angliyaning yosh olim-biologlardan iborat jamoasi samolyotning qaysi qismida inson salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi bakteriyalar yig‘iladigan eng iflos joylarni aniqlashga qaror qildi.


Yig‘ma stol

Yo‘lovchi o‘rindig‘i qarshisida joylashgan buklama stolga ko‘p ham yaqinlashmagan ma’qul. Aynan shu erda eng xavfli mikroblar yashiringan bo‘ladi. Mazkur tadqiqot mualliflaridan biri, shifokor Charlz Xaas plastik bo‘lagi bo‘lgan bu yig‘ma jihozga umuman teginmaslikni tavsiya qiladi. Ularning aniqlashicha, stolchada ichak tayoqchalari bakteriyalari, stafilokok va boshqa bir qancha zararkunanda mikroblar bo‘ladi.


Ichimlik fontani

Teginish xavfli yoxud samolyotdagi eng iflos joylar

Albatta, samolyotdagi ichimlik suvi oqadigan krandan foydalanmaydigan insonlar talaygina. Bu esa to‘g‘ri qaror. Sababi, aynan shu erda biz o‘zimizga turli yoqimsiz va zararli "mehmonlarni" orttirib olishimiz mumkin.

Hojatxonadagi tugmalar

Teginish xavfli yoxud samolyotdagi eng iflos joylar

Har qanday ijtimoiy joy eng xavfli bakteriyalar makoni sanaladi. Samolyot hojatxonasidan — u qancha tozalanmasin — ichak infektsiyalarini yuqtirib olish mumkin. Ayniqsa uning ichidagi suv tushirish uchun qo‘yilgan kir tugmalarga iloji boricha teginmaslikka harakat qiling.


Xavfsizlik kamari

Teginish xavfli yoxud samolyotdagi eng iflos joylar

Afsuski, samolyotning bu muhim qismi bilan aloqani uzib bo‘lmaydi. Sizdan avval kimlarnidir qornini qisgan kamarni hech kim tozalab qo‘ymaydi. Eng yomoni: birgina parvoz davomida, o‘rtacha hisobda, inson unga 5 marta teginishi mumkin.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar