Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

01.08.2016

Bir shahar tarixi: Barselona – Serdaning mehnat mahsuli

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 344
Bir shahar tarixi: Barselona – Serdaning mehnat mahsuli

Barselona qanday qilib yashash uchun mo‘ljallanmagan shaharchadan san’at durdonasiga aylandi?

XIX asr o‘rtalarida Barselonada ilg‘or portga ega sanoat shahri bo‘lgan va vaqt o‘tgan sari u erdagi kishilar soni ko‘paya boshlagan. Shahar Ispaniyaning qolgan qismidan sezilarli ravishda ildamlab ketgan va Evropa davlatining poytaxti bo‘lishga tayyor edi. Shunga qaramay, uningi 187 ming kishidan iborat aholisi kichik hududni o‘z ichiga olgan qal’a chegaralarida yashashda davom etgan.

Bir gektarga 856 kishi aholi zichligiga ega shaharda o‘sib borayotgan o‘lim ko‘rsatkichlari Parij va Londonning bunday ko‘rsatkichlaridan ancha yuqorilab ketgan – bu erdagi hayotning o‘rtacha davomiyligi yaxshi ta’minlangan aholi uchun 36 yosh, ishchi sinf uchun 23 yoshni tashkil qilgan. Shahar devorlari sog‘liq uchun tahdid sola boshlagan. 1843 yilda hukumat devorni buzish zarurligini aytib, xalqqa murojaat qilgan.

Bir yil o‘tib, demontaj ishlari boshlangan. Endi shahar va hukumat o‘sib borayotgan aholini qayta joylashtirishga oid loyiha ustida ishlab, uni amalga oshirish qolgandi. O‘sha paytlar hali tanilmagan me’mor Ildefons Serda shaharni radikal kengaytirish loyihasini taklif qilgan – eski devorlar tashqarisida – ko‘chalarning to‘rsimon joylashuvi rejasini taqdim etdi va uni “Eshample” (eixample — «kengayish») deya nomladi.

Bir shahar tarixi: Barselona – Serdaning mehnat mahsuli

XIX asr boshlariga kelib, qal’a devorlari orasida siqilib qolgan eski Barselona shu qadar to‘lib ketdiki, ishchilar ham, zodagonlar ham, fabrikalar ham bir joyda joylashishiga to‘g‘ri kelgan, deb yozadi “Eshample: 150 yillik tarix” kitobi muallifi Lyuis Permane. Ko‘chalar markazida arkalar surilgan, oldinga chiquvchi fasad texnikasi qo‘llangan, qarama-qarshi binolar deyarli bir-biriga yopishib qolgan. Yo‘l harakati (ot-aravalar) ham qiyinlashgan: shaharning eng tor ko‘chasi kengligi atigi 1,1 metrni tashkil qilgan va taxminan 200 ko‘cha uch metrdan tor bo‘lgan. Bu O‘rta er dengizi hayot tarzi bilan uyg‘unlashib, shusiz ham shaharning nochor gigienik ahvolini yanada tubanlashtirgan.

Bir shahar tarixi: Barselona – Serdaning mehnat mahsuli

Barselona halokatli epidemiyalarni boshidan o‘tkazgan: Barselona geografiya va urbanizatsiya Avtonom universiteti professori Monserrat-Pallares-Barberaning yozishicha, ularning har biri aholining 3 foizini qirib tashlagan. 1834 yildan 1865 yilga qadar vabo 13 mingdan ortiq kishining hayotiga zomin bo‘lgan. Serda ana shu damda o‘z ishini boshlagan. Uning rejasi eski shahar va uning atrofidagi etti qishloqni birlashtiruvchi to‘g‘ri burchakli to‘rsimon ko‘chalar qurishni o‘z ichiga olgandi.

Birlashtirilgan kenglik eski shahardan deyarli to‘rt barobar katta bo‘lgan. Serda o‘tmish xatolarini chetlab o‘tishga qaror qildi. U zamonaviy shahar bilan bog‘liq birinchi ilmiy tadqiqot muallifiga aylandi. U har bir insonga qancha havo kerakligini chamalab, mashhur kasblar ro‘yxatini tuzib chiqqan va infratuzilmaga qo‘yiladigan talablarni belgilab bergan. Bulardan tashqari, u tor ko‘chalar o‘lim holati o‘sishiga olib keladi, degan xulosa chiqargan. Qisqa qilib aytganda, Serda “urbanistika” atamasi va ushnday tartibni yaratgan. U 1867 yilda o‘zining “Urbanizatsiyaning umumiy nazariyasi” kitobida bu tushunchaga izoh bergunga qadar, ushbu atama na ispan, na ingliz va na frantsuz tillarida bo‘lmagan. Har bir daha markazida bog‘ barpo etilishi, tartibga solingan yo‘l harakati o‘sha payt uchun revolyutsion g‘oya hisoblangan, bularning aksariyati hayotga tatbiq etilgan.

Eshample bugungi kunda ham Barselonaning yorqin belgisi hisoblanadi: sakkiz burchakli dahalar yo‘l harakatini engillashtiruvchi ajoyib vosita bo‘lgan. U paytlar avtomobillar bo‘lmagan, lekin Serda ko‘p narsani oldindan ko‘ra bilgan. Hattoki bugungi kunda ham bunday rejalashtirish Eshampledagi transport harakatini sezilarli ravishda yaxshilaydi. Shunday bo‘lsa-da, bu g‘oyalarning hech biri o‘sha davrda yashagan barselonaliklar tomonidan munosib baholanmagan.

Bir shahar tarixi: Barselona – Serdaning mehnat mahsuli

Shahar kengashi 1859 yilda shaharni kengaytirish rejalarining ochiq tanlovini e’lon qilganida, unda shaharning bosh arxitektori Antoni Rovira g‘olib bo‘ldi. Biroq, ijtimoiy ahamiyatga ega ob’ektlarning yangi vazirligini tashkil qilgan ispan hukumatining kutilmaganda aralashuvi natijasida Serdaning rejasi qabul qilingan. Shuni ta’kidlash kerakki, Serda ko‘p sayohat qilgan, biroq me’mor sifatida u qadar mashhur bo‘lmagan, shu bois Barselona me’morlari unga ishonchsizlik bilan munosabatda bo‘lishgan.

Shaharning etakchi me’morlari uning loyihalarini qattiq tanqid ostiga olishgan. Raqib me’morlar undan yuz o‘girishgan bo‘lsa-da, aholi bunday yo‘l tutmadi. Permanening fikricha, Serdaning rejasi “umumiy erkinlik” g‘oyasini o‘z ichiga olgan. U tasniflarga ajratilmagan hududni yaratgan – uning loyihasida hamma (boy ham, kambag‘al ham) birdek ahamiyatga ega bo‘lgan. Keyingi o‘n yilliklarda Eshample tuman maqomiga ko‘tarildi. Serda nihoyat o‘z vatanida tan olina boshlandi.

Bir shahar tarixi: Barselona – Serdaning mehnat mahsuli

Barselona muvaffaqiyatli shahar qurilish tizimida ibrat darsligi bo‘lib xizmat qila boshladi va bu muvaffaqiyat Serdaning mehnati bilan bog‘liqligiga shubha qolmadi. U yashashga mo‘ljallanmagan shaharchani zamonaviy shaharga aylantira olgan mashhur me’mor sifatida tarixda o‘z nomini muhrladi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar