Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

01.08.2016

Vaqtni to‘g‘ri taqsimlashda Stiven Kovi usulini qo‘llash

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 174
Vaqtni to‘g‘ri taqsimlashda Stiven Kovi usulini qo‘llash

Stiven Kovi Benjamin Franklin tizimi izdoshlaridan biri hisoblanadi. U - menejment sohasida dunyoga mashhur ekspert va kouch. Kovi – professional notiq va ko‘plab kitoblar muallifi. Ulardan biri Time jurnalining eng nufuzli biznes-adabiyotlar ro‘yxatidan joy olgan.

Bu o‘z davridan ilgarilab ketgan “Yuksak salohiyatli kishilarning etti ko‘nikmasi” kitobidir. Kovi uni 1989 yilda yozgan, lekin u 2004 yilgi qayta nashrdan keyingina bestseller maqomiga ega bo‘ldi.

Vaqtni to‘g‘ri taqsimlashda Stiven Kovi usulini qo‘llash


Kovi kontseptsiyasi etti ko‘nikma ketma-ketligiga asoslanadi.

1. Pichoqni o‘tkirlash, ya’ni doimo o‘z ustida ishlash.

2. Sinergiyaga erishish, ya’ni o‘zaro foydali hamkorlikka intilish.

3. Faol bo‘lish.

4. Avval eshitib, keyin eshitilishga harakat qilish.

5. Ko‘zlangan maqsadning nima bilan tugashini oldindan tasavvur qilib, keyin ish boshlash.

6. “G‘olibmi-g‘olib” qabilida o‘ylash.

7. Ishni nimadan boshlash kerak bo‘lsa, o‘shandan boshlash.


So‘nggi ko‘nikmani amalga oshirishga vazifalarni taqsimlash va ularning orasidan ustuvorlarini aniqlash matritsasi yordam beradi. Kovi uni AQShning 34 yoshli prezidenti Duayt Devid Eyzenxauerdan o‘zlashtirgan.


Barcha vazifalar to‘rt guruhga ajratiladi:

1. Shoshilinch va muhim (imkon qadar tezroq bajarish);

2. Shoshilinch bo‘lmagan, ammo muhim (uzoqlashtirilgan dedlaynli strategik vazifalar);

3. Shoshilinch, lekin muhim bo‘lmagan (tez bajarish kerak, lekin keyinga qoldrish yoki birovga topshirish mumkin);

4. Shoshilinch ham, muhim ham bo‘lmagan (qoidaga ko‘ra, bunday ishlarni uchinchi shaxslarga topshirish yoki umuman bajarmaslik mumkin).

Samaradorlikni oshirish uchun kunning boshi yoki oxirida oldingizda turgan vazifalarni yozib oling va Eyzenxauer (yoki Kovi) matritsasi yordamida ustuvorlik darajasini belgilang. Buning uchun Eisenhower (iOS) yoki MyEffectivenessHabits (Android) ilovalaridan foydalanish mumkin. Mutanosiblikni saqlashga harakat qiling: 40 foiz – muhim shoshilinch ishlar, 60 foiz – shoshilinch bo‘lmagan muhim ishlar.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar