Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

01.08.2016

Dunyodagi eng qimmat mushuklar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 821
Dunyodagi eng qimmat mushuklar

Mushuklar dunyodagi eng mashhur uy jonivorlari bo‘lib qolishmoqda – ular aqlli, yumshoq va boqish juda ham oson. Ularni itlar kabi tashqariga sayr uchun olib chiqish shart emas. Bu esa ish bilan ko‘proq mashg‘ul odamlarga ma’qul keladi. Dunyoda shunday mushuklar ham mavjudki, ularning bahosi kishini hayratga soladi. Ana, shunday qimmatbaho zotli mushuklar bilan tanishing.

Norvegiya o‘rmon mushugi

Bu mushukning bahosi o‘n ming dollarga etishi mumkin. Shuningdek, u har qanday uy sharoitida yashayvermaydi. Norvegiya o‘rmon mushugining terisi sovuqqa moyillashgan.

Misrlik mau

Dunyodagi eng qimmat mushuklar

Misrlik mau — nafaqat jungida, balki terisida ham mavjud tug‘ma dog‘i bilan mashhur o‘rtacha hajmdagi mushuklardir. Mushuk tashqi ko‘rinishi 3000 yildan buyon sezilarli darajada o‘zgarmagan — qadimiy misrliklar Bast nomli aynan shunday mushukka sig‘inishgan. Mau oila uchun yoqimtoy va mehribon uy hayvoni sanaladi.


Britaniya kalta junli mushugi

Dunyodagi eng qimmat mushuklar

Instagram-blogerlarning eng sevimli zoti — britan kalta junli mushugi nafaqat suratbop, balki qimmatbaho hamdir. Bu mushukning narxi 500 dan 1500 dollargacha bo‘lishi mumkin. Chinakam uy hayvoni ishqibozlari esa bunday mablag‘ni ko‘z yumib, to‘lashga tayyor turishadi.


Shotlandiya qatlama quloqli mushugi

Dunyodagi eng qimmat mushuklar

Shotlandiyaning qatlama quloqli mushugi o‘zining quloqlaridagi kamchiligi tufayli mashhur hisoblanadi. Bu kamchilik tufayli ularning quloqlari ikki bukilib, osilib qolgan. Bu turdagi mushuklar 1966 yilda paydo bo‘lgan.

Sfinks

Dunyodagi eng qimmat mushuklar

Bunday mushuklarning tanasida sochlar yo‘qligi naslni tanlab, chatishtirishning natijasi hisoblanadi. Ammo ko‘pchilik ularning tanasida umuman sochlar yo‘q, deb o‘ylab adashishadi. Aslida sfinkslarning terisida sochlar mavjud. Sfinkslar mushuklar dunyosining ekstravertlari hisoblanadi. Ko‘pchilikning aytishicha, ular itlarga o‘xshab egalari bilan, shuningdek, begonalar bilan ham do‘stlashishadi.


Rus ko‘k mushugi

Dunyodagi eng qimmat mushuklar

Hozirgi kundagi rus ko‘k mushuklari Rossiyada paydo bo‘lishgan. Evropaliklar ularning kalamushlarni tutib olish qobiliyatlari, ajoyib ranglari va junlari uchun yoqtirib qolishgan. 1893 yilda angliyalik hayvon ko‘paytiruvchi Karen Koks Arxangelskdan bir juft ko‘k mushuklarni ko‘paytirish maqsadida olib ketgan. Bugungi kunda bu mushuklar o‘z vatanidan ko‘ra Evropada mashhur hisoblanadi.


Peterbold

Dunyodagi eng qimmat mushuklar

Peterbold — sfinks va sharqiy zot mushuklarining g‘aroyib gibridi hisoblanadi. Peterboldlar juda ham nafis, kelishgan ko‘rinishadi va g‘aroyib bosh shakli — uzun va ingichka miya, bodom ko‘z, katta quloqlarga ega. Noyobligi tufayli mushukchaning narxi bir necha ming dollarga baholanishi mumkin.

Alerka

Dunyodagi eng qimmat mushuklar

Bu turdagi mushuk ilmiy tasdiqlangan birinchi gipoallergik zot sanaladi. Ya’ni u mushukka allergiyasi mavjud bo‘lgan insonlarga ham mos keladi. Alerkaning bahosi 7 mingdan 10 ming dollargacha bo‘lishi mumkin.

Bengal mushugi

Dunyodagi eng qimmat mushuklar

Uy mushugi va uning yirtqich urug‘idan hosil bo‘lgan gibridi 1961 yil AQShda vujudga kelgan. Bengal mushugi kichik leopardlarni yodga soladi va shunga yarasha fe’l-atvorga ega hamdir — ular begonalarga juda ham ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishadi.


Ashera

Dunyodagi eng qimmat mushuklar

Ashera dunyodagi eng ekzotik uy mushugi sanaladi. Bengal mushugi kabi u ham uy zotlilari bilan Osiyo leopard mushugining geni chatishtirilishidan paydo bo‘lgan. Qarama-qarshi dog‘lar va katta hajmi bilan qoplonni yodga soladi. Ashera narxi ham ekzotikdir — bitta mushuk uchun 100 ming dollargacha mablag‘ to‘lash kerak.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar