Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

31.07.2016

San’atkorning sirli tori

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 175
San’atkorning sirli tori

Tahririyatga kelgan maktublarni har birimiz qiziqib o‘qiymiz. Ayniqsa, xatda g‘aroyib hodisalar, sirli voqealar yozilgan bo‘lsa. Ushbu Farg‘ona viloyatida yashovchi Madamin Xolyorovdan kelgan noma ham ana shunday qiziqarliligi bilan barchamizning e’tiborimizni tortdi.

Bu voqeani bizga bobom juda ko‘p aytib berardi. Garchi takror va takror eshitgan bo‘lsak-da, har safar jimgina, katta qiziqish bilan eshitardik. Uni eshitganimiz sari uydagi jihozlarning, anjomlarning qadriga yetar, xuddi joni bordek avaylab munosabatda bo‘lardik. Kim bilsin, bobom balki bu voqeani aynan buyumlarni asrashni o‘rganishimiz uchun aytib bergandir? Lekin men hamon uning bo‘lib o‘tganiga va hamon shunday hodisalar bo‘lishiga ishonaman.

To‘ylarga borsam, biror san’atkorning qo‘lida tor ko‘rsam, do‘stim Asliddin esimga tushadi, — deb gap boshlardi bobom har gal. — U ham to‘ylarga qo‘lida tori bilan borar, shirali ovozi bilan davraga fayz va kayfiyat baxsh etardi. Uning ilgari shunchaki xirgoyi qilib yurishini bilardik. O‘sha chog‘larda ham qo‘shiq boshlashi bilan hammamiz jimib qolar, uning ovozida afsunlangandek chayqala boshlardik. Boshida u shu holda kuylab yurdi. Hech bir sozsiz, musiqasiz ham uni tinglaydiganlar bor edi. Bir yoz o‘zi taklif etilgan to‘ylarni shu holda o‘tkazdi. Kech kuzda esa uni bir katta hofiz shogirdlikka olgani haqida eshitdik. Qishi bilan u o‘sha kishining uyiga qatnab soz sirlarini o‘rgandi. Erta bahorning iliq kunlaridan birida esa, u biz jo‘ralarining uyiga birma-bir kirib taklif qilib chiqdi.

— Kechga biznikiga bor. Zo‘r narsa ko‘rsataman. Esingdan chiqmasin, bor. Zo‘r narsa bor, — derdi u hayajon bilan.

Biz ham uni bu qadar to‘lqinlantirgan narsa nima ekanligiga qiziqib yugurgilab bordik. Uyga kirishimiz bilan u oq surpdan g‘ilof tikilgan torni avaylab qo‘liga oldi.

— O‘tiringlar, endi ertalabgacha qolib ketasizlar. Turgilaring kelmay qoladi, — dedi u ko‘zlari yonib.

Keyin esa bizga bir-biridan ajoyib kuylar chalib bera boshladi. Uch-to‘rtta taronadan keyin musiqa jo‘rligida quylashni boshladi. Musiqa va uning ovozi bir-biriga shunchalar hamohang, shunchalar uyg‘un ediki, mahliyo bo‘lib, mast kishidek tebranib eshitdik. Shu-shu har kech biz uning uyidan joy oluvchi tinglovchilariga aylandik. Gohida u tonggacha kuylar, charchash neligini bilmasdi. Keyin yana yoz keldi. To‘ylar boshlandi.

— Ustozim bu torni menga sovg‘a qildi. Bir umr yo‘ldoshing, baraka oshing bo‘lsin, dedi, — deya to‘lqinlanib keldi bir kuni u.

Shundan so‘ng u to‘ylarga torda chiqa boshladi. Oshig‘i olchi bo‘ldi. Asliddin hofiz deb uni hurmatlaydigan bo‘lishdi. Old san’atkorlardan biriga aylandi. Hamma ham uni o‘z to‘yiga chaqirishni istardi.

Asliddin mashhur va taniqli bo‘lgan bo‘lsa-da, o‘zini yo‘qotmadi. Chin dildan chaqirgan, bechorahol kishilarnikiga pulsiz ham boraverardi. Topganini esa yaqinlari va nochor qishloqdoshlarimiz bilan bo‘lishardi.

Ana shunday kunlarda u o‘zi singari to‘ylarda qo‘shiq kuylab yurgan bir yigit bilan tanishadi. Ular do‘st tutinishdi, bordi-keldi qilishdi. Buni qarangki, o‘sha yigit undan bir kuni torini so‘raydi. Garchi o‘zida bunaqa torlardan ikkita-uchta bo‘lsa-da, aynan Asliddinnikini so‘raydi:

— Jo‘ra, xohlasang, senga o‘rniga ikkita torimni beraman. Sen menga o‘zingnikini ber. Meniki ham yomon emas. Ishonmasang, chalib ko‘r. Senikining nimasidir yoqdi-da!

Bu gapni eshitib biz yelka qisdik. Lekin buvisi bilan yashovchi Solijon irimkashligini boshladi:

— Berma! Uni senga ustozing baraka oshing bo‘lsin deb bergan! Barakangni uchirma!

— Uning tori menikidan zo‘r. Chalib ko‘rdim, — Asliddinning alishgisi kelayotgani yuzidan ma’lum edi.

Xullas, ular torlarini almashishdi. Ishonasizmi, o‘sha kundan boshlab, Asliddindan omad yuz o‘girgandek edi. Xuddi avvalgidek kuylar, tori ham jarangdor, lekin odamlarni o‘ziga torguvchi nimadir yo‘qolgandek. Bir oy ichida u el ichida nazardan qoldi. To‘ylarda o‘sha tor almashgan o‘rtog‘i endi bosh-qosh edi.

Toridan ayrilgan Asliddin ana shu tarzda obro‘ va iste’dodidan judo bo‘ldi. Oxiri bu kasbini tashlab dehqonchilik qilib ketdi. O‘sha-o‘sha biz odamlar bilan birga nimadir hamroh va risqining barakachisi etib berilishiga ishondik. Agar sizga nimadir omad va baraka keltirayotganini sezsangiz, aslo qo‘ldan boy bermang.

Manba: Darakchi.uz

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar