Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

30.07.2016

Xitoylik “muhandis”larning qo‘lbola ixtirolari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 406
Xitoylik “muhandis”larning qo‘lbola ixtirolari

Suv yuzasida suzadigan velosiped, skuterli jomadon, musiqa chaluvchi taroq — bularning bari xitoylik ixtirochilar ishlab chiqqan buyumlar bo‘lib, bu kabi g‘aroyib ishlanmalar xitoyliklarning kundalik turmush tarziga aylanib ulgurgan. Ushbu yorqin, innovatsion va bir qarashda g‘alati ko‘ringan ixtirolar — qiziquvchan “muhandis”lar tomonidan yaratilgan va boshqalarning ham e’tiborini qozonib ulgurgan.

Jomadonli skuter. Ixtirochi On Lyan o‘ziyurar jomadonni takomillashtirishga 10 yil vaqtini ketkazib, uni soatiga 20 kilometrgacha masofani bosib o‘tadigan holatga keltirdi. Skuter bir marta quvvat olgach 50 kmgacha masofani bosib o‘ta oladi.

Uyda ishlab chiqarilgan odamsimon robot. Mustaqil ixtirochi Tao Xiangli masofadan boshqariluvchi gumanoid-robotni metallolom bo‘laklari va eski kompyuterlarning simlari va ehtiyot qismlaridan ishlab chiqdi. Xiangli robotni eshikdan olib chiqish uchun juda kattaligini tushungach, o‘zi bilan olib qolishga qaror qildi.

Xitoylik “muhandis”larning qo‘lbola ixtirolari

Traktor-mototsikl. Muhandis ushbu vahimali qurilmani yasash uchun 1300 dollar mablag‘ sarflab, eski traktor va avtomobillar chiqindixonasidan keltirilgan ehtiyot qismlardan foydalangan.

Xitoylik “muhandis”larning qo‘lbola ixtirolari

Qo‘lbola suvosti kemasi. Xitoylik fermer kemani yasash uchun 5 oylik umrini ketkazdi. U, yaqinda Xubey viloyatida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi.

Xitoylik “muhandis”larning qo‘lbola ixtirolari

Motorlashtirilgan supurgi. Ushbu birmuncha takomillashtirilgan traktorga 12ta supurgi o‘rnatilgan bo‘lib, Xeyluntszyan viloyati ko‘chalarini toza saqlashda yordam beradi.

Xitoylik “muhandis”larning qo‘lbola ixtirolari

Suvda suzuvchi velosiped. Plastik quvur yordamida suv yuzasida tura oladigan va ulanuvchi vint ko‘magida harakatlanadigan suzuvchi velosipedni ixtirochi Lyu Vanong ishlab chiqdi.

Xitoylik “muhandis”larning qo‘lbola ixtirolari

Shaxsiy tank. Fermer va Xitoy harbiy dengiz kuchlarining sobiq askari tankning qo‘lbola nusxasini yasashga 6450 dollar pul sarfladi.

Xitoylik “muhandis”larning qo‘lbola ixtirolari

Yog‘ochdan yasalgan elektromobil. Xitoylik yana bir ustoz ko‘rmagan ixtirochi Lyu Fulong mazkur elektromobilni yog‘och va taxtadan yasadi. Mashina soatiga 30 km tezlikda harakatlana oladi. Bu esa, uy sharoitida yasalgan texnika uchun juda yaxshi natija hisoblanadi.

Xitoylik “muhandis”larning qo‘lbola ixtirolari

Dengiz bodringlarini ovlash uchun suvosti kemasi. Suratda Chjan Ui o‘zi ishlab chiqqan suvosti kemasining so‘ruvchi quvurlari yonida. Ui texnika yordamida dengiz bodringlarini ovlab, Xubey viloyati Uxan shahri bozorida sotadi.

Xitoylik “muhandis”larning qo‘lbola ixtirolari

Qutqaruv shari. Ixtirochi Yan Zeng Fu o‘zi ishlab chiqqan buyumning sinov jarayonida qatnashmoqda. Olti tonnalik sharning asosiy maqsadi o‘z ichidagi odamlarni har qanday tashqi ta’sirdan asrash hisoblanadi. Loyihaga ham «Nuh kemasi» nomi berilgan.

Xitoylik “muhandis”larning qo‘lbola ixtirolari

Avtounitsikl. Bu harakatlanish vositasi xitoylik ixtirochi Li Yongli ishlanmasidir. U, o‘z ixtirosi bilan kelajagini rejalashtirmoqda va mahsulotni butun dunyoga etkazib berish haqida o‘ylayapti.

Xitoylik “muhandis”larning qo‘lbola ixtirolari

Samolyot-mototsikl. Chjan Xuelin o‘zining qo‘lbola samolyotini moped negizida ishlab chiqdi. Uning birinchi sinovi omadsizlikka uchragan bo‘lsada, ixtirochi tushkunlikka tushganicha yo‘q.

Xitoylik “muhandis”larning qo‘lbola ixtirolari

Shaxsiy vertolyot. Lyaonin viloyatida yashovchi 55 yoshli temirchi mototsikl dvigateli va shishaplastik panellar asosida shaxsiy vertolyotini ishlab chiqdi. Ixtirochining ta’kidlashicha, vertolyot bemalol ucha ooladi. Albatta hozircha uni xolis kishilar tasdiqlay olmaydi.

Xitoylik “muhandis”larning qo‘lbola ixtirolari

Metallolom parchalaridan protez. Xitoylik fermer dinamit yordamida baliq ovlash chog‘ida ehtiyotsizlik tufayli ikki qo‘lidan ayrildi. U, jiyanlari yordamida metall, plastmassa va rezina parchalaridan o‘ziga “qo‘l” yasab oldi. Albatta, buning uchun fermer ikki yil vaqtini sarfladi.

Xitoylik “muhandis”larning qo‘lbola ixtirolari

Musiqa chaluvchi taroq. Ha, bunisi boshqalariga qaraganda ham ajibroq. O‘zining turli xil samarali ixtirolari bilan tanilgan Xana Yudzi ishlab chiqqan taroqda musiqa chalish mumkin.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar