Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

30.07.2016

Siz yashaysiz ― hukumat esa to‘laydi yoxud o‘z hududida yashashi uchun aholiga pul ajratuvchi shaharlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 419
Siz yashaysiz ― hukumat esa to‘laydi yoxud o‘z hududida yashashi uchun aholiga pul ajratuvchi shaharlar

Dunyoda shunday shaharlar borki, ularning hududida insonlar yashashi uchun tovon talab qilmay, aksincha, pulni o‘zi taklif qiladi.

Ishongingiz kelmaydimi? U holda Xabardor.uz nashri sizga bu haqiqatni isbotlashga harakat qiladi. Dunyoda ettita ana shunday shahar borki, ular bilan barcha orzularingiz ushalishi mumkin: sayohat qilish, bir qancha vaqt bu hududda yashash va shuningdek, bularning bari uchun pul ham olish.

Marhamat, tanishing!

Detroyt, Michigan, AQSh

«G‘arbiy Parij», «AQShning Avtomobil poytaxti» ― Detroyt shahri bunday ajib nomlardan XX asrning ikkinchi yarmi mobaynida mahrum bo‘ldi. Biroq shahar o‘z mavqeini tiklashga bel bog‘lagan. Hukumat mazkur muammoni bartaraf etish uchun Challenge Detroit nomli yangi dasturni amalga oshirdi. Unga ko‘ra, bu erga ko‘chib kelib, turli sohalarda ishlashni reja qilgan professional ishchilarga 2,5 ming dollardan ajratiladi.

Alyaska shtati, AQSh

Siz yashaysiz ― hukumat esa to‘laydi yoxud o‘z hududida yashashi uchun aholiga pul ajratuvchi shaharlar

Agarda siz qishni, oppoq tabiatni, sokin hayotni sevsangiz va past havo haroratida ham o‘zingizni qulay his etsangiz, Alyaskadagi hayot sizga rohat bag‘ishlashi aniq. Shimoliy hudud hayotida professional ishtirok etib kelayotgan tashabbuskorlarga haq to‘lovchi maxsus hukumat jamg‘armasi mavjud. Sababi, shahar aholisi tobora kamayib bormoqda. Yagona talab Alyaskada bir yil davomida yashash kerak bo‘ladi.

Saskachevan viloyati, Kanada

Siz yashaysiz ― hukumat esa to‘laydi yoxud o‘z hududida yashashi uchun aholiga pul ajratuvchi shaharlar

Kanadaning mazkur viloyati o‘z karerasi va kelajak hayotini to‘liq yo‘lga qo‘yishga ulgurmagan yangi bitiruvchilarga (2010 yildan avval bitirganlarga emas) foydali taklif beradi. Yoshlarga 7 yil mobaynida shaharda yashab, ishlashlari uchun 20 ming dollar mablag‘ to‘lanadi.

Niagara sharsharasi, Nyu-York shtati, AQSh

Siz yashaysiz ― hukumat esa to‘laydi yoxud o‘z hududida yashashi uchun aholiga pul ajratuvchi shaharlar

Yana bir ishonib bo‘lmas ajoyib taklif ― sayyoramizdagi eng go‘zal va hayratlanarli maskanda yashash va buning uchun mablag‘ olish. Hukumat universitet bitiruvchilariga ikki yil davomida 7 ming dollardan ajratadi. Bu esa sharsharaga yaqin erda joylashgan korxonalarda ishlaganda qo‘shimcha rag‘bat vositasi sanaladi.

Ponga, Asturiya, Ispaniya

Siz yashaysiz ― hukumat esa to‘laydi yoxud o‘z hududida yashashi uchun aholiga pul ajratuvchi shaharlar

Ispaniyaning shimoli-sharqidagi qo‘riqlanuvchi hududda joylashgan bu ajoyib qishloq mamlakatning eng yoshi ulug‘ shahridan biri sanaladi. Hukumat yosh aholini jalb etib, mahalliy iqtisodiyotni jonlantirish uchun bu erga yashash maqsadida tashrif buyurgan har bir oilaga 3 ming evro taklif qiladi. Bu esa ekologik sof va so‘lim go‘shada yashash uchun ajoyib imkoniyatdir.

Utrext, Niderlandiya

Siz yashaysiz ― hukumat esa to‘laydi yoxud o‘z hududida yashashi uchun aholiga pul ajratuvchi shaharlar

Niderlandiya butun dunyoga gumanitar fanlar va ijtimoiy tajribalarni chuqur o‘rganishi bilan tanilgan. Ulardan biri quyidagicha: Shaharda yashovchi har bir kishiga 1000 dollar moliyaviy rag‘bat qayday ta’sir ko‘rsatadi? Shunchaki tajriba.

Kertis, Nebraska, AQSh

Siz yashaysiz ― hukumat esa to‘laydi yoxud o‘z hududida yashashi uchun aholiga pul ajratuvchi shaharlar

Bu kichik shahar mahalliy infratuzilma va madaniyat rivojidagi yaxshi g‘oya va ko‘mak evaziga turar-joy qurish uchun bepul er taklif qiladi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar