Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

30.07.2016

Munajjim: Janjallashib qolganda kim o‘zini qanday tutadi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 160
Munajjim: Janjallashib qolganda kim o‘zini qanday tutadi?

Kim bilandir janjallashib qolganingizda, Hech qiziqib ko‘rganmisiz janjallashayotgan insoningiz nega o‘zini unaqa tutayotgani haqida? Ana endi nimaga bunaqa bo‘layotganini bilib olishingiz mumkin. Albatta uning uchun burjini bilishingiz kerak bo‘ladi yoki maqolani o‘qib u inson qaysi burj vakili ekanini bilib olishingiz mumkin.

QO‘Y — og‘ir vaziyatlarda Qo‘ylar darhol hammasiga oydinlik kiritib olishga harakat qiladi. Uning ichidagi gaplarini aytib olishiga imkon bering. Stress paytida jazavaga tushishi, sizni yomon ko‘rishidan emas, balki shunchaki ichidagi alamlarini chiqarish yo‘lidir, bu yo‘l bilan u muammoni tezroq hal qilishga intiladi.

BUZOQ — bu burj vakillari hammasini muhokamasiz hal qilish tarafdoridir. Agar Buzoq o‘z noroziligi haqida gapiradigan bo‘lsa, bilingki, uning sabri nihoyasiga yetay deb qolgan. Birozgina kelishmovchilikni mehr va e’tibor bilan esdan chiqarib yuborishi mumkin. Jiddiy muammolarni esa o‘tirib hal qilib olish lozim, lekin bu ishni juda yumshoqlik bilan, so‘zlarni ehtiyotkor ishlatib amalga oshirish lozim.

EGIZAKLAR — birozgina kelishmovchiliklar yuzaga kelishi bilan Egizaklar ketib qolgisi, qochgisi yoki biron bir ish bilan mashg‘ul bo‘lgisi keladi: u darhol boshqa narsaga chalg‘ishi darkor. Uyga qaytgan Egizaklar barini butkul unutgan bo‘ladi. Agar shunday bo‘lmasa, tinch yo‘l bilan, mantiqqa tayanib hal qilmoq darkor.

QISQIChBAQA — oilaviy ishlarda bu burj vakillari judayam sezgir va nozikta’bdir. Unga yaqin insonlarning hatto o‘y-xayollari va tuyg‘ulari ham uning sog‘lig‘iga o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin. Shu bois Qisqichbaqa bilan xuddi yosh bolaga e’tibor bergandek avaylab munosabatda bo‘lmoq darkor. Iloji boricha, muammoni uning o‘zi hali anglamay turib, hal etish kerak. Ayni damda so‘zlardan foydalanish kerak emas, u aqlning qat’iiy mantig‘idan ko‘ra, tuyg‘ular tilini yaxshiroq tushunadi.

ARSLON — haqoratlangan yoki xafa bo‘lgan Arslon ketadi va keyin o‘zini juda sovuq va mag‘rur tutadi. Agar orada kelishmovchilik yuzaga kelsa, u bilan xotirjam, shaxsiyatiga tegmay, haqorat qilmay gaplashish kerak. Aks holda, siz uning hayotidan butkul o‘chirilasiz.

PARIZOD — bu burj vakillari doimo o‘zlarini pastga urib yurishgani bois ham, ozgina tanqid qattiq tegib ketadi. Agar Parizod bilan janjalli vaziyatni muhokama qilish kerak bo‘lsa, so‘zlarni juda ehtiyotkorlik bilan tanlang. So‘zingizning birinchi qismida Parizodni unga bo‘lgan yaxshi munosabatingizga ishontiring va shundan keyingina o‘z noroziligingiz sababini tushuntiring.

TAROZI — agar Tarozilarni xafa qilib qo‘ygan bo‘lsangiz, yarashishning eng yaxshi yo‘li, bu shirinliklar va gullardir. Endi ularni restoranga olib boring, keyin esa sovg‘alarga to‘la uyingizga olib keling. Unga xayolingizga kelgan barcha serhissiyot so‘zlarni ayting. Bundan Tarozining ko‘ngli erib tushadi.

ChAYoN — o‘zlari tushunmagan holda ko‘pincha oilaviy janjallarni boshlab yurishadi. Ularga janjalli vaziyatlarni yuzaga keltirish juda yoqadi. Shu bois bu burj vakillari bilan yashash oson emas, munosabatlarni oydinlashtirish esa befoyda. Oilada Chayon bilan munosabatlarni yaxshilashning eng yaxshi yo‘li, bu undagi quvvatni boshqa biron yerga sarflashdir, masalan, biron ekstremal sport turi bilan shug‘ullanishi mumkin.

O‘QOTAR — xafa bo‘lgan O‘qotar zulmkor bo‘lishi mumkin, lekin bu uzoqqa cho‘zilmaydi. Unga oldingi ayblarini eslatmaganingiz ma’qul: chunki ular uchun o‘tmish bu — o‘tmish. O‘qotar bilan yashash qiyin emas. Shunchaki uning ishlari bilan qiziqib, o‘z yumushlaringiz haqida berilib so‘zlab bering.

TOG‘ EChKISI — bu burj vakillari oiladagi kelishmovchiliklarni ko‘ngilga juda yaqin olib, miyasida yarashishning ming bir yo‘lini sinab ko‘rishadi. Biroq ayni damda ular juda bamaylixotir va befarq ko‘rinishadi. Tog‘ echkisi bilan oilaviy muammolarni uning ishtirokchisi emas, balki kuzatuvchi sifatida hal etib, hammasiga xotirjam javob bering.

QOVG‘A — janjalli vaziyatlarda bu burj vakillari o‘zini har xil tutadi: ba’zida ular o‘z ichiga ko‘milishsa, ba’zan ochiq muloqotni talab etishadi, ayni damda ularning kesatiqlari jon-joningizdan o‘tib ketadi. Yaxshisi, biroz vaqt kuting va uning hazil qilishga moyil paytida yuragingizda tugun bo‘lgan muammoni ayting. Ayni damda muammoni do‘stona suhbatlashish bilan hal qilishga intiling.

BALIQ — garchi Baliqlar juda sezgir va nozikta’b bo‘lishsa-da, maishiy muammolardan qochish yo‘lini bilishadi, ya’ni, ular o‘z ichki dunyolariga ko‘milib olishadi. Baliqni xafa qilish oson, lekin munosabatlarni qayta tiklash ham qiyin emas. Xuddi Qisqichbaqalardek ular ham mehrli nigoh va silab-siypalashla rga befarq qaray olishmaydi. U yonidagi odam xotirjam bo‘lsa, o‘zini xotirjam sezadi.

Manba: Diydoraziz.uz

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar