Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

29.07.2016

«Ikki xorijlik Bollivudda»: ikki shved yigitining Hindistondagi hayoti

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 99
«Ikki xorijlik Bollivudda»: ikki shved yigitining Hindistondagi hayoti

Shvedlar Yoxan Bartoli va Xampus Bergkvist o‘z instagramlari yordamida Hindiston internetida juda mashhur bo‘lib ketishdi. Ularning loyihasi Mashable portalining diqqatini o‘ziga tortdi.

Bartoli (25 yosh) va Bergkvist (26 yosh) universitetda o‘qib yurgan kezlarida do‘stlashishgan va ularni Bollivudga bo‘lgan muhabbat yanada yaqinlashtirgan. Ular o‘qishni bitirishgan Mumbayga sayohatga otlanishadi va u erda o‘n oy bo‘lishadi.

2015 yilning sentyabrida ular o‘zlarining “Ikki xorijlik Bollivudda” deb nomlangan tarmoq loyihasini amalga oshirishadi. Ushbu loyiha Hindistonda hamon ommaviy hisoblanadi. ularning feysbukdagi sahifasidagi obunachilar soni 417 mingdan oshib ketdi.

Ular olib borayotgan hajviy kichik bloglar yigitlarni mahalliy serial va reklama roliklarida suratga tushishlariga turtki bo‘ldi. Evropacha ko‘rinishlaridan foydalangan holda ruslar, ispanlar va britaniyaliklar obrazida gavdalanishdi.

Bartoli va Bergkvist ayrim roliklarida Hindistondagi safarlarida uchrovchi ayrim kamchiliklarni hajvga olishdi. Masalan, Mumbay yo‘llari bunga misol bo‘la oladi.

Ular suratga olish ishlaridan tashqari begona mamlakatda yashash uchun kurashishmoqda. Ular ko‘p vaqtlarini kastinglarda sarflashmoqda, til o‘rganishmoqda va Bollivudda haqiqatan ham o‘z o‘rinlarini topishga harakat qilishmoqda.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar