Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

29.07.2016

Quyosh nuri teringizni kuydirdimi? Oson va foydali davo choralari!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 249
Quyosh nuri teringizni kuydirdimi? Oson va foydali davo choralari!

Har safar yozda insonni qiyin ahvolga soluvchi muammo paydo bo‘ladi — kimdir quyosh nuridan himoyalovchi ko‘zoynagini yoki losonini unutib qoldiradi va terisi yoqimsiz kuyishlarga duch keladi. Bunday jarohat bir necha kun davomida og‘riq beradi. Bundan tashqari, teringiz och pushti ko‘rinishga kelib, har qanday achishtiruvchi vositalarga ta’sirchan bo‘lib qoladi. Agarda siz ham jazirama quyosh taftida kuyib qolgan bo‘lsangiz, quyidagi maslahatlar muammolarni tez va oson bartaraf etishingizga yordam berishi aniq.


Muzdek kompress

Agarda teringiz kuyganini his etsangiz — darhol og‘riqli erga muzli kompress qiling yoki nam sochiq bilan bosing. Bu terini sovishiga va qayta tiklanish jarayonini yo‘lga qo‘yishga yordam beradi.


Ko‘proq suyuqlik iching

Quyosh nuri teringizni kuydirdimi? Oson va foydali davo choralari!

Quyoshdan qattiq kuyish suvsizlanishga sabab bo‘ladi. Shunday ekan, ko‘proq toza suv iching. Degidratatsiya kuchsiz kuyishni ham jiddiy muammoga aylantirishi mumkin.


Shifobaxsh krem

Quyosh nuri teringizni kuydirdimi? Oson va foydali davo choralari!

Pantenol va yallig‘lanishga qarshi boshqa istalgan shifobaxsh krem kuyishda birinchi yordam vazifasini o‘tashi mumkin.


Namlantiruvchi losondan foydalaning

Quyosh nuri teringizni kuydirdimi? Oson va foydali davo choralari!

Zudlik bilan teringizga namlantiruvchi loson surting. Tarkibida yog‘ mavjud bo‘lgan losondan foydalanmaslikka harakat qiling — ular teri ichiga singib, uning qurishiga xalaqit beradi.

Aloe vera

Quyosh nuri teringizni kuydirdimi? Oson va foydali davo choralari!

Aloe sharbati terini tezda normal holatga keltirishga qodir. Uni og‘riq mavjud bo‘lgan joyga surtish lozim.


Smetana

Quyosh nuri teringizni kuydirdimi? Oson va foydali davo choralari!

Xalq tabobati quyoshdan kuyish alomatlarini tezda bartaraf etishga yordam beradi — biroq smetanadan birlamchi davo vositasi sifatida foydalanish tavsiya etilmaydi.


Xom kartoshka

Quyosh nuri teringizni kuydirdimi? Oson va foydali davo choralari!

Xom kartoshka va kartoshkali sharbat ham ba’zida kuyishga qarshi uy sharoitidagi eng tezkor vosita sifatida tavsiya etiladi. U vaqtinchalik og‘riqni bosishga ko‘mak beradi.


Choy paketlari

Quyosh nuri teringizni kuydirdimi? Oson va foydali davo choralari!

Agarda oftob nuridan ko‘zlarga ham ziyon etgan bo‘lsa — choy paketlarini sovuq suvga ivitib, qovoqlarga bosing. Teri oshlovchi kislotalar shishni qaytarib, og‘riqni engillashtirish xususiyatiga ega.


Sodali hammom

Quyosh nuri teringizni kuydirdimi? Oson va foydali davo choralari!

Yana bir tabiiy usul oziq-ovqat sodasi solingan hammom qabul qilish hisoblanadi. Bunday jarayon salqinlikni his etib, og‘riqni bosishga yordam beradi.


Pomidorli kompress

Quyosh nuri teringizni kuydirdimi? Oson va foydali davo choralari!

Ikkita pomidorni olib, ularni bo‘tqa holga kelgancha ezg‘ilang va quyoshdan kuygan teriga surting. Pomidor tarkibidagi antioksidantlar kuyishni davolashga yordam beradi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar