Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

28.07.2016

Kun tartibini to‘g‘ri tashkillashtirish usullari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 288
Kun tartibini to‘g‘ri tashkillashtirish usullari

Vaqt - noyob va bebaho boylik. Undan to‘g‘ri foydalanish mahoratining darajasi omadga to‘g‘ri proportsionaldir. Sizning shaxsiy va kasbiy samaradorligingiz kuningizni qanday rejalashtirganingizga bog‘liq. Shu bois hafta davomida e’tiboringizga vaqtni to‘g‘ri boshqarishning asosiy usullarini birma-bir havola qilib boramiz.

Benjamin Franklin usuli

Benjamin Franklin oddiy sovun yasovchining o‘g‘li bo‘lgan, lekin o‘zining harakatlari bilan ko‘p sohalar – siyosat, diplomatiya, fan, publitsistikada katta muvaffaqiyat qozongan. U Amerika Qo‘shma Shtatlarining asoschilaridan biri hisoblanadi – Mustaqillik deklaratsiyasi va mamlakat konstitutsiyasini yaratishda qatnashgan.

Franklin hech qachon AQSh prezidenti bo‘lmagan bo‘lsa-da, uning portreti 100 dollarlik pullarda aks ettirilgan. Shuningdek u “Vaqt - pul”, “Bugungi ishni ertaga qo‘yma” kabi taniqli maqollarning muallifi hamdir.

Franklin uchun vaqt haqiqatda juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan.

Hayotni sevasanmi? Unda vaqtni qo‘ldan boy berma, zero hayotning asosi vaqtdan iboratdir.

Benjamin Franklin

Franklin 20 yoshida o‘zi uchun vaqtni tashkillashtiruvchi tizimni ishlab chiqib, butun hayoti davomida unga amal qilgan. Zamondoshlari bu tizimni “Franklin piramidasi” (ba’zan “samaradorlik piramidasi”) deb atashgan.

Kun tartibini to‘g‘ri tashkillashtirish usullari

Piramida asosida hayotiy qadriyatlar yotadi. Bu har qanday masalaning echimini topishda ma’naviy yo‘nalishda harakat qilish, demakdir. Franklin ularni fazilatlar deb atadi.

U o‘zi uchun 13 fazilatni belgilab oldi: sabrli bo‘lish, sukut saqlash, tartibni sevish, qat’iylik, tejamkorlik, mehnatkashlik, samimiylik, haqqoniylik, me’yor, ozodalik, xotirjamlik, vijdonli bo‘lish va kamtarlik.

Har kuni o‘z ustida ishlash maqsadida Franklin maxsus yon daftarcha yuritdi, unda har bir hayotiy tamoyiliga bir sahifadan ajratdi. Har bir sahifani etti ustunga (hafta kunlariga) bo‘lib chiqdi. Keyin esa fazilatlar uchun 13 gorizontal chiziq o‘tkazdi.

Shu tariqa u har kuni biror bir fazilatga urg‘u berardi, kechqurunlari esa “ma’naviy etuklik” sari yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini belgilardi.

Franklin piramidasining keyingi bosqichi – bu global maqsad. U hayotiy tamoyillarga asoslanadi va “N yoshgacha nimalarga erishishni xohlayman?” savoliga javob beradi. Masalan, shifokor uchun global maqsad - 35 yoshgacha bo‘lim rahbari lavozimiga intilish, menejer uchun esa – o‘z startapini yo‘lga qo‘yish.

Benjamin Franklin hamisha kun tartibiga amal qilgan va deyarli har bir qadamini yozib borgan. Shu bois uning piramidasini quyidagilar davom ettiradi:

• bosh reja – global maqsadga etishishda bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar;

• uzoq muddatli reja – yaqin 3-5 yil ichida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan maqsadlar;

• qisqa muddatli reja – yaqin yillar yoki oylar ichida amalga oshirilishi ko‘zlangan maqsadlar;

• haftalik va kunlik reja.

Piramidaning har bir bosqichi ketma-ketlikda joylashtirilgan – har bir keyingi bosqich avvalgisiga tayangan.

Franklin usulida kuningizni tashkillashtirish uchun asosiy hayotiy tamoyillaringizni aniqlab olishingiz, o‘z oldingizga global maqsad qo‘yishingiz hamda unga erishish rejasini tuzib chiqishingiz kerak bo‘ladi.

Uzoq muddatli va qisqa muddatli rejalar uchun elektron uskunalardan yoki bloknotdan foydalanishingiz mumkin.

Agar sizga Franklin usuli ma’qul kelgan bo‘lsa, shu yo‘lni tutishga harakat qiling va vaqtingizni qo‘ldan boy bermang!



Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar