Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

28.07.2016

«Erimni tushunolmay qoldim»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 152
«Erimni tushunolmay qoldim»

Erim bilan birga yashayotganimizga o‘n yildan oshib qoldi. Bizning nikohimiz mening nazarimda mukammal edi. Yoshligimda judayam sho‘x, o‘yin-kulguni yoqtiradigan, bir gapirib o‘n kuladigan qiz edim, erim esa aksincha, mehribon, g‘amxo‘r, uyni yaxshi ko‘radigan inson bo‘lgan.

Yillar o‘tishi bilan muhabbatimiz yanayam kuchaydi, men esa ancha o‘zimni bosib oldim, uyda o‘tirgim keldi. Ishdan bo‘shab, o‘zimni oilamga, bolalar tarbiyasiga butkul baxsh etdim. Erim ishlardi, men esa uyda o‘tirardim. Avvalgidek erimni rashk qilib, janjallar ko‘tarmay qo‘ydim, kunim pishir-kuydir, uy ishlari bilan o‘tardi…

Bu mashmashalar qachon yuzaga kelganini boshida sezganim ham yo‘q. Umuman olganda, erimning mendan noroziligi boshlandi, u mudom meni tergashga o‘tdi. Boshida boshqa ayol paydo bo‘lmadimikin, deb ham o‘yladim. Lekin u uyga doim o‘z vaqtida keladi, telefonni ham darrov ko‘taradi, maoshini tiyin-tiyinigacha olib kelib beradi, xullas, topganini uyga keltiradi…

Ilk bor bu dala hovlida yuz berdi. U shunchaki men bilan gaplashmay qo‘ydi. Biron nima so‘rasam, qisqa javob beradi, yo umuman indamaydi va xuddi men yo‘qdek, o‘z ishi bilan band bo‘lib o‘tiraveradi. Gapirishda davom etsam, u menga qarab o‘shqirib beradi, “menga nima kerakligini tushunmayapsanmi, deyman”, deydi. Bu holat haftalab davom etishi mumkin, u bemalol biron yomon gapni shartta yuzimga qarab aytib yuborishi ham mumkin. Ko‘ngli og‘riydi, ham demaydi.

Eng yomoni, uning men bilan gaplashish ohangi masxaraomuz tus oldi. U qo‘shiq yoki kinolardan olingan so‘zlar bilan gaplashishga o‘tib oldi. Men undan biron nima so‘rasam, u gapga umuman aloqasi yo‘q biron so‘z keltiradi. Men erim bilan to‘g‘ri gaplashish nimaligini ham unutayozdim. Avvallari unga hamma narsani gapirgan bo‘lsam, hozir biron nima degim ham kelmay qolgan, chunki gapimni oxirigacha ham eshitmay, menga baqira boshlaydi… Uni noto‘g‘ri qilibsan, buni bunaqa qilmabsan, deydi, yoki loqayd bir ohangda yana bironta so‘z keltiradi.

Keyingi paytlarda esa meni yalqovlikda ayblay boshladi, go‘yoki hamma yoq kir emish. Men o‘zgarganim yo‘q, avval ham shunaqa edim, har kuni uy tozalayvermayman , lekin meni dangasalikda ayblashi noto‘g‘ri. Axir, men uni bo‘lar-bo‘lmas ayblovlar bilan qiynab yubormayman-ku, shunaqa ayollar ham borki, erini egovlayverganidan, u uydan qochib ketgisi keladi. Bizda esa buning aksi. Endi oilamizda hammasi yo yaxshi, yo yomondir, bu erimning kayfiyatiga bog‘liq. Men uy bilan o‘ralashib qoldim, lekin aslida, o‘zimgayam bu yoqadi. Hech qayerga borgim, hech kim bilan gaplashgim kelmaydi. Lekin nazarimda, bu erimga umuman yoqmaydi. U menga og‘ir botadigan gaplarni juda ko‘p aytib yubordi.

O‘z joniga qasd qilgan bir odamni misol keltirib, aslida bu ishni qilganiga xotinining diydiyolari sabab bo‘lganligini aytdi. Go‘yoki men ham uni har kun “egovlar” ekanman. Keyin, umuman olganda, uyga kelishni ham istamasligini qistirib o‘tdi. Chunki men uning nazarida o‘ta janjalkash, uni tinimsiz “buraydigan” yomon xotin ekanman. Bir so‘z deyolmay, qotib qoldim…

Aslida, turmushimizning ilk yillarida hech vaqoimiz yo‘q edi, nimagaki erishgan bo‘lsak, mehnatimiz tufayli, men ular yaxshi ishlashlari, xayollari chalg‘imasligi uchun barcha sharoitni yaratib berganman. Boriga shukur qilib, yo‘g‘iga qanoatda bo‘lganman. Bularning bariga olgan rahmatim shumi endi? Men shu gaplarga munosibmanmi?

Ochig‘ini aytsam, endi hech narsani xohlamay qoldim. Erimga men bilan yashash zerikarli bo‘lib qolganga o‘xshaydi. U nazarimda, meni sevmay qo‘ygan. Men bilan shunchaki o‘rganib qolgani uchungina yashayotganga o‘xshaydi, chunki u ana shu hayotga ko‘nikkan. Bu holatga qachongacha chidashim mumkinligini bilmayman.

Manba: DiydorAziz.uz

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar