Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

28.07.2016

2016 yil birinchi yarim yilligidagi ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar, muvaffaqiyatlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 717
2016 yil birinchi yarim yilligidagi ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar, muvaffaqiyatlar

Ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar doimiy ravishda bo‘lib turadi. Turli xil OAV yil davomida shov-shuvli ixtirolar haqida xabardor etadi, yangi patentlar olingani xususida jar soladi. Aslida-chi, bir yil davomida tom ma’nodagi kashfiyot deyishga arziguligi barmoq bilan sanarli bo‘ladi. Albatta, bu yil hali tugagani yo‘q. Biroq, shu davr ichida 10ta ajoyib ilmiy natijaga erishildi. Quyida shular xususida batafsil.

1. Ko‘phujayrali hayot bundan 800 mln yil muqaddam, arzimagan irsiy mutatsiya tufayli paydo bo‘lgan.

2016 yil birinchi yarim yilligidagi ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar, muvaffaqiyatlar

Tadqiqotchilarning aniqlashlaricha, GK-PID deya nomlangan qadimgi oqsil 800 mln yil avval, birhujayrali mavjudotlarning ko‘phujayraliga aylanishiga sabab bo‘lgan bosh omildir. Ayni shu molekulaning o‘ziga xos xizmati tufayli xromosomalarning birikuvi va hujayra membranasi ichki qatlamining bo‘linishida ichki birlashuvi yuz bergan. Ana shu oqsil, hujayralarga xavfli birikmalar hosil qilmay, to‘g‘ri bo‘linishga imkon bergan.
Bu ajoyib kashfiyot yana shuni ko‘rsatmoqdaki, GK-PID ning qadimgi namunasi, uning hozirgi ko‘rinishidan farqli bo‘lgan. Buning yagona sababi esa, qadimgi GK geni qachonlardir ikkiga bo‘linganidir. Uning bir nusxasi DNK uchun xom-ashyo tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shishda davom etgan, boshqa biri hozirgi GK-PID ga aylangan. Boshqacha aytganda, ko‘phujayrali hayot, aynan mana shu mutatsiya tufayli vujudga kelgan.

2. Yangi oddiy son aniqlandi

2016 yil birinchi yarim yilligidagi ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar, muvaffaqiyatlar

Shu yilning yanvar oyida Great Internet Mersenne Prime Search dasturi doirasida yangi oddiy son 2^74,207,281 – 1 topildi. Ehtimol siz, buning nima foydasi bor?, deya savol berarsiz. Gap shundaki, zamonaviy kriptografiya ma’lumotlarni shifrlash uchun juda murakkab sonlar qatori Mersenna oddiy sonlarini qo‘llashni talab qiladi. Hozirgi vaqtgacha, bunday sonlarning 49tasi aniqlangan xolos. Yangi oddiy son esa, qachonlardir ma’lum bo‘lgan sonlar orasida eng uzuni bo‘lib, o‘ziga eng yaqin sondan 5 million raqam ko‘pligi bilan ajralib turadi. Undagi raqamlarning umumiy soni 24 000 000 dan biroz kam, ixcham ko‘rinishi esa quyidagicha yoziladi: 2^74,207,281 – 1.

3. Quyosh tizimida to‘qqizinchi sayyora aniqlandi

2016 yil birinchi yarim yilligidagi ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar, muvaffaqiyatlar

20-asrda Pluton topilmasdan avval ham, Neptun ortidagi to‘qqizinchi Iks (X) sayyorasi haqida nazariyalar mavjud bo‘lgan. Uning borligini taxmin qilishga, juda ulkan jismning ta’siri tufayli tortish to‘lqinlarida vujudga keladigan ayrim jihatlar asos bo‘lar edi. Keyinchalik, aniqlangan Pluton sayyorasi ayni jism sifatida qabul qilindi. Biroq, tortish kuchidagi buzilishlarning o‘ziga xosliklari oxirigacha izohlanmayotgan edi. Bu hol, Kaliforniya texnologiya instituti, to‘qqizinchi sayyora mavjudligi va uning orbital davri bizning 15 ming yilga tengligini isbotlovchi dalillarni taqdim etguncha davom etdi. O‘z kashfiyotlari xususida yozgan fazoshunoslarning ta’kidicha, asteroidlar yoki meteoritlarning o‘ta zich birikkan jismi sayyora sifatida qabul qilingani borasidagi ehtimol atigi 0,0007 foizni tashkil etadi.

Shunday bo‘lsa-da, hozircha 9-sayyora nazariy jihatdan mavjud bo‘lib qolmoqda. Chunki, uni hech kim ko‘rmagan. Biroq, astronomlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, bunga sayyora orbitasining yirikligi sababdir. Agar bu sayyora haqiqatdan ham mavjud bo‘lsa, u Erdan 2-15 marta ulkanroq bo‘lishi kerak. Uning orbitasi esa, Quyoshdan 200 va 1600 astronomik birligi oralig‘ida joylashgan. Bir astronomik birlik 150 000 000 kmga tengligini hisobga olsak, to‘qqizinchi sayyora Quyoshdan 240 000 000 000 (mlrd) km uzoqda bo‘ladi.

4. Ma’lumotlarni deyarli abadiy saqlash usuli ishlab chiqildi

2016 yil birinchi yarim yilligidagi ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar, muvaffaqiyatlar

Barchaga ma’lumki, vaqti kelib har qanday narsa yaroqsiz holga keladi, foydalanish muddati tugaydi. Shu boisdan ham, bizda raqamli ma’lumotlarni bitta manbada juda uzoq vaqt saqlash imkoni mavjud emas. Ammo, Sautgempton universiteti kashfiyoti tufayli, tez orada bunga imkoniyat paydo bo‘lsa ajab emas. Shishaning nanotuzilmalaridan foydalangan olimlar, ma’lumotlarni yozish va o‘qishning yangi jarayonini muvaffaqiyatli ishlab chiqishdi. Ma’lumotlarni saqlash qurilmasining o‘zi mitti shisha disk kabi ko‘rinsa-da, 360 Terabaytlik ma’lumotni 1000 darajagacha haroratda saqlay oladi. Shunga ko‘ra, xona haroratida turgan qurilmadagi axborot 13,8 milliard yilga yaqin muddatgacha saqlanishi mumkin. Bu esa, butun koinot yoshiga teng demakdir. Har bir axborot fayli o‘ta tezkor qisqa va lazerli impulslar yordamida nanotulizma nuqtalarining uch qatlamiga yoziladi. Har bir nuqta bir-biridan 5 mikrometr masofada joylashadi. Axborotni o‘qish amaliyot esa besh yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi.

5. Ko‘r shaffof baliq va to‘rtbarmoqli umurtqali hayvonlar o‘rtasida qarindoshlik aloqasi aniqlandi

2016 yil birinchi yarim yilligidagi ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar, muvaffaqiyatlar

Dunyo fani so‘nggi 170 yilda qilgan xulosasiga ko‘ra, sayyoramizdagi umurtqalilar qadimgi Er suvlarida yashagan baliqlardan shakllangan. AQShning Nyu Jersi shtati Texnologiya instituti olimlari, ko‘pyillik kuzatishlari natijasida shunday fikrni ilgari surishdi. Ular, devorlarda o‘rmalay oladigan va amfibiya hamda reptiliyalar kabi qobiliyatlarga ega tayvan ko‘rbalig‘ini topishgan. Evolyutsiya nazariyasii himoya qiladigan fan uchun bu muhim ahamiyatga ega.

6. SpaceX kompaniyasi fazoviy raketaning vertikal qo‘nishini amalga oshirdi

Bundan avval, raketalarning sayyora yoki sun’iy yo‘ldoshlarga vertikal qo‘nishini multfilm va ilmiy-fantastik filmlarda ko‘rish mumkin edi. Aslida fazoviy qurilmani bunday qo‘ndirish murakkab vazifa hisoblanadi. Shu boisdan ham, kosmik agentliklar raketalarni ishlab chiqishda, vazifasini bajarib bo‘lgan qismlarni okeanga cho‘kadigan yoki havoda yonib ketadigan qilib ishlab chiqishardi. Raketaning zimmasidagi vazifani bajargan qismlarini vertikal qo‘ndirish imkoniyati keyingi loyihalarda qo‘l kelishi va vaqt hamda mablag‘ni tejashi mumkin edi. Amerikaning xususiy SpaceX kompaniyasi shu yilning 8 aprelida raketani vertikal qo‘ndirishning uddasidan chiqdi. Kompaniyaning bu muvaffaqiyati, kelgusida yangi parvozlar uchun ko‘plab mablag‘larni tejash imkonini beradi. Shu bilan birga, parvozlar orasidagi vaqt ham qisqaradi.

7. Shol bo‘lgan inson barmoqlarini harakatlantirgan kibernetik implantat

2016 yil birinchi yarim yilligidagi ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar, muvaffaqiyatlar

Maxsus ixcham implantat inson boshmiyasiga o‘rnatilgach, 6 yil shol bo‘lib qolgan kishi barmoqlarini qimirlata oldi. Mazkur kibernetik chip Ohayo shtati universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, inson yonidagi qabul qiluvchi moslamaga signal yuboradi. Qurilma signalni qayta ishlab, inson qo‘liga taqilgan maxsus elektron qo‘lqopga yuboradi. Qo‘lqopdagi elektr simlar qo‘l mushaklarining qisqarishiga turtki beradi va shu bilan barmoqlar qimirlaydi.

8. Insult bo‘lgan insonni oyoqqqa turg‘azuvchi naychali hujayralar

2016 yil birinchi yarim yilligidagi ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar, muvaffaqiyatlar

Stenford universitetining Tibbiyot maktabida inson naychali hujayralarining bevosita bemor miyasiga in’ektsiya qilish bo‘yicha tajriba o‘tkazildi. Bu chora yaxshi samara berib, engil bosh og‘rig‘ini hisobga olmaganda, salbiy ta’siri umuman yo‘qligini namoyish etgan. Bosh og‘rig‘i ham tajribadan so‘ng, tezda barham topgan. Ushbu tajribada ishtirok etgan, insultdan keyingi 6 oylik davolanish kursidan o‘tgan 18 nafar ko‘ngillining sog‘lig‘ida tajribadan so‘ng ijobiy holat qayd etilgan. Naychali hujayralarning tanaga kiritilishi bilan bemorlarning harakatchanligi oshgan. Nogironlar aravachasiga mixlanib qolganlar yura boshlagan.

9. Is gazidan tosh yasash imkoniyati

2016 yil birinchi yarim yilligidagi ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar, muvaffaqiyatlar

Iqlim o‘zgarishi va issiqxona ta’siri tobora kuchayib borayotgan bugungi kunda, sayyoradagi CO2 – uglerod ikki oksidining me’yorini saqlash uchun is gazini kamroq chiqarish talab etiladi. Ma’lumki, har qanday yonuvchi jism yoki modda yoqilganda, undagi CO2 havoga chiqadi. Odamlar esa, ayni muammoni bir necha avloddan beri hal etish ustida besamar bosh qotirib kelmoqda. Endilikda, islandiyalik olimlar, aftidan is gazining havoga chiqishini batamom to‘sib qo‘yishning usulini topgan ko‘rinadi. Tadqiqotchilar, ma’lum hajmdagi CO2 ni Islandiyaning vulqon tuprog‘iga yuborishgan. Bu esa, bazaltni karbonat minerallarga aylantirish jarayonini tezlashtirgan. Natijada ular toshga aylangan. Odatda bu jarayon uchun yuz va hatto ming yillar kerak bo‘ladi. Biroq, olimlar uni ikki yilda yakunlashning uddasidan chiqishgan. Natijada, is gazi er ostida saqlanishi yoki qurilish materiali sifatida qo‘llanilishi ham mumkin.

10. Erning «yana bir Oyi» kashf qilindi

2016 yil birinchi yarim yilligidagi ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar, muvaffaqiyatlar

NASA olimlari sayyoramizning tortish kuchi ta’sirida Er orbitasiga kirib qolgan asteroidni aniqlashdi. Bu amalda uni, Sayyoramizning ikkinchi tabiiy yo‘ldoshiga aylantiradi. Albatta, Er atrofida nimalar parvoz qilmagan va qilmayapti deysiz: fazo stantsiyalari, sun’iy yo‘ldoshlar va minglab tonna fazoviy chiqindilar. Ammo Oy shu paytgacha bitta edi. Endilikda uning soni 2ta. NASA agentligi HO3 fazoviy jismning mavjudligi va uning er atrofida aylanayotganini 2016 yilda tasdiqladi.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar