Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

27.07.2016

Kelinlarga oid munajjimlar bashorati

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 437
Kelinlarga oid munajjimlar bashorati

Nega qaynona va kelinlar juda kamdan-kam hollardagina birgalikda yaxshi yashashadi? Balki bir-birining fe’l-atvoridagi ba’zi bir o‘ziga xosliklarni bilmaslikdandir? Keling, bu safar turli burjlarga mansub kelinlar haqida gaplashamiz. O‘qib, tabassum qiling, balki o‘zingiz haqingizda biron yangi ma’lumot ham olarsiz…

QO‘Y qo‘rqmasdan o‘tkir vaziyatlarni yuzaga keltiradi, so‘ng esa keskin so‘zlar va baqir-chaqirlarni juda og‘riqli o‘tkazadi. U tez o‘t olib, tez so‘nuvchandir, shu bois ko‘p ishlari o‘lda-jo‘lda qolib ketadi. Juda qaysar, oilada ham rahbariyatni qo‘lga olishga intiladi. Ota-onasi bilan ko‘p tortishib, ularga qarshi boravergani bois ham uni erga beribgina qutulishadi.

BUZOQ ovqatlanishni va mehmon kutishni yaxshi ko‘radi, ko‘p vaqtini uy bezatishga sarflaydi. Og‘ir-bosiq bo‘lsa-da, kuchli tuyg‘ular va asossiz rashk girdobida katta to‘fonlar qilib yuborishga qodir. Turmush qurganidan keyin ham o‘g‘il bola do‘stlari bilan do‘stona munosabatlarini saqlab qoladi. Uning yuragiga yo‘lni zargarlik buyumlari, qimmatbaho narsalar orqali topish mumkin.

EGIZAKLAR bir vaqtning o‘zida kir yuvishi, sho‘rva pishirishi, pol artishi, televizor ko‘rishi va ayni damda telefonda valaqlashishi mumkin. Juda tejamkor, savdolashishga usta, hamisha puli bor, oila ham doim to‘q, hammasi joy-joyida. Lekin barini uning burro tili va o‘ta qiziquvchanligi buzib yuboradi. Erkak bunday ayol bilan ajrashishmaydi, balki bir so‘z demay tark etadi, faqat buni uddalay olsa.

QISQIChBAQA oilani hammadan yashirinib, maza qilib uxlab olish mumkin bo‘lgan joydek qabul qiladi. O‘ta ehtiyotkor, «ichimdagini top» deydigan, ichki sezgisi kuchli ayol, o‘z shaxsiyatini baland qo‘yadi. Hamma narsani g‘amlab, pul yig‘ishni yoqtiradi. «Meniki» va «birovniki» degan tushunchalarni chalkashtirib yuboradi va shu bois qaynonasi bilan ko‘p janjallashadi. Agarda uni tinch qo‘yishmasa, arazlab ota uyiga ketib qoladi. U biron odam haqida ilk uchrashgandayoq o‘zicha xulosa chiqaradi, keyin uni bu fikridan osonlikcha qaytarib bo‘lmaydi.

ARSLON – katta «MEN» shaklidagi xonim. U o‘ziga o‘zi yaqin dugona va o‘zini haddan ziyod yaxshi ko‘rdi. Izzattalab, odamlarni hayratlantirishni, o‘zida yo‘q sifatlar bilan maqtanishni yoqtiradi. Bu aktrisa hamisha odamlar diqqat markazida bo‘lishni istaydi, agar qirolicha sifatida tan olishmasa, arazlab, hammadan o‘ch ola boshlaydi. Hissiyotlarini yashirib ham o‘tirmaydi. Arslon bir xil va zerikarli ishlardan doim qochadi.

PARIZOD tinib-tinchimas, bir soniya ishsiz o‘tirolmaydi. Ishda mayda-chuydalargacha e’tibor beradi, kichikda kattani ko‘ra oladi, shu bois ham ko‘pincha pashshadan fil yasaydi. Boshqaning fikrini qabul qilmaydi, shu bois uning ko‘nglini topish juda mushkul. O‘z sog‘lig‘iga juda e’tiborli. Bir jihati – u puli juda ko‘p bo‘lishini istaydi. Shu bois yo o‘zi millioner bo‘ladi, yoki biron boyvachchaga tegadi.

TAROZI erining zaif tomonlarini bilib olib, shulardan ustomonlik bilan foydalanadi. Ta’tilga chiqmay ishlab, erining qulog‘iga lag‘monlar osib tashlaydi. Diplomat, qaltis vaziyatlardan qochadi, qaysarlik va qayishqoqligi bilan albatta maqsadiga erishadi. Boshqalarning fikri bilan ish ko‘radi. U erini, qaynota-qaynonasining ko‘nglini oladi, ayniqsa bolalarini juda erkalaydi.

ChAYoN – qo‘yningda asragan ilondir. O‘zgaruvchan, kayfiyati tushunarsiz ravishda har xil bo‘lib turadi, kekchi, hokimiyatga intiluvchan, qasoskor. U odamlar ko‘nglidagini o‘qiy biladi, shu bois ham yonidagilarning nozik joylarini sezadi. Mistikani yoqtiradi, hayotni esa qora ranglarda ko‘radi. Uning alohida xonasi, ko‘p o‘rinli «kabriolet»i bo‘lgani ma’qul. Aks holda…

O‘QOTARni hatto ko‘r odam ham «ko‘ra biladi». U doim jonsarak, qiziquvchan, joy almashtirib turishga moyil. Juda mehnatsevar, na dam olishni biladi, na berilib ovqatlanishni. Shunga qaramay aldamchiroq, bu «beozor» fe’li bilan ancha odamlarni urushtirib qo‘yadi, qancha dillarga «o‘t tushadi».

TOG‘ EChKISI – «tekin pishloqli qopqon»dir. Unda ichki bir yopiqlik bor, haqiqiy hislarini chiqarishga qiynaladi, mudom ko‘nglini qarama-qarshiliklar tirnaydi. Juda beozor ko‘rinsa-da, odamlarni boshqarishni yoqtiradi. «Qopqon» atrofida eri yoki uning qarindosh-urug‘lari kuymalasha boshlasa, u ishga tushadi. Kekchi, o‘ziga nisbatan qilingan nohaqliklarni aslo yodidan chiqarmaydi. Garchi juda ehtiyotkor va vazmin bo‘lsa-da, o‘z muhabbati uchun istalgan raqibni bo‘g‘ishga tayyor. Umrining oxirigacha davom etuvchi muhabbat – yagona mavjud yo‘ldir.

QOVG‘A ko‘ngli bir vaqtning o‘zida lang ochiq va ayni damda qulf osig‘liq darvozadir. Shunga qaramay, bu kelin boylik uchun erini bemalol almashtirishga qodir. Uni tobe qilib olishga intilishsa, qaysar, «ikki oyog‘ini bir etikka tiqib oladigan», zulmkor bo‘lib qoladi. Shu bois o‘z holicha yashashiga yo‘l qo‘yib, do‘st bo‘lgan ma’qul – u do‘stlikka aslo xiyonat qilmaydi.

BALIQning ichki murvatlari shunday sozlanganki, u hamma narsani eshitadi, ko‘radi. U o‘tkir psixolog, odamlarni juda yaxshi biladi. Bo‘lg‘usi erining yuragini ko‘zi bilan shunday mo‘ljalga oladiki… Juda nazokatli, serharakat, u to‘xtashi bilan atrofdagilar yugurib qolishadi. Kelin sifatida Baliq o‘ta mukammal, bemor qaynonasiga juda yaxshi qaraydi. Chunki u birovning dardiga malham bo‘lish qobiliyatiga egadir.

Manba: Diydoraziz.uz

Manba: Zamin.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar