Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

27.07.2016

Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan eng irodali sportchi qissasi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 172
Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan eng irodali sportchi qissasi

Marafonchi Guor Marial urushda 28 nafar qarindoshini yo‘qotgan, o‘zining halok bo‘lishiga ham bir bahya qolgan, lekin shunday bo‘lsa-da, u barcha qiyinchiliklarni engib o‘tib, Olimpiya o‘yinlaridagi birinchi janubiy sudanlik sportchi bo‘ldi.

XX asr o‘rtalarida Sudanda fuqarolik urushi davom etardi. U rasman 2005 yilda tugagan, 2011 yilda esa davlat hattoki ikkiga ajralib ketdi, ammo harbiy to‘qnashuvlar xali-hanuz davom etmoqda. Qonli to‘qnashuvlarda 2 million kishi halok bo‘ldi, yana 4 million kishi esa – qochqin maqomini oldi. Urush deyarli har bir oilaga kirib bordi, biroq Guora Marialaning hikoyasi har qanday insonning qalbini larzaga keltiradi. To‘qnashuvlar uning 28 nafar qarindoshini hayotdan olib ketdi, 8 nafar tug‘ishgan aka-opalari shular jumlasidandir. Kimdir ochlik va kasalliklardan, yana kimlarnidir shimol arablari ayovsiz otib tashlashgan.
Kenja Guorani ham shunga o‘xshash taqdir kutib turardi: “Biz och-nahor va uyqusiz tunlarni boshdan o‘tkazardik, otishmalar tufayli jungliga qochishga to‘g‘ri kelardi. Bizda hatto ustimizni yopish uchun biror bir narsa yo‘q edi, o‘rmon esa qonxo‘r sariq chivinlar hamda qora-jigarrang kapalaklarga to‘la edi”.

Guoraning ota-onasi o‘ylay-o‘ylay o‘g‘lini poytaxt Xartumga jo‘natishga qaror qilishdi, chunki u er xavfsizroq edi. Avtobusda poytaxtgacha etib olish uchun oilaning puli yo‘q edi, shu bois u amakisi bilan birga 600 kilometrli yo‘lni piyoda bosib o‘tishga majbur bo‘ldi. Ular bilan birga Bentiudan bir guruh qochqinlar ham yo‘lga chiqdi. Ular och bo‘lishsa-da, yo‘lda uchragan ishni bajarishdi, 8 yoshli Guor ham bundan istisno emas.

Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan eng irodali sportchi qissasi

Bir kuni u kattalardan ajralib, guruhdagi bolakaylar bilan birga yong‘oq va mango tergani ketdi. Ular kichik mehnat evaziga egulik va’da qilgan ko‘chmanchilarga yo‘liqishdi. Bolalarning roziligi ularni qulga aylantirdi. Arablar ulardan podachi sifatida foydalanishdi. Bir haftadan so‘ng Marial g‘orga yashirinib, qochib ketdi. U o‘sha paytda nimalarni his qilganligini xaligacha eslaydi: “Juda ham qo‘rqqanman. G‘orda shuni anglab etdimki, mendan qul sifatida foydalangan joyga qaytgandan ko‘ra, qandaydir yirtqich eb qo‘ygani yoki birov otib tashlagani yaxshiroq edi”.

Asirlikdan so‘ng amakisi va guruhni izlash befoyda ekanligini tushunib etdi. Shu bois orqaga ota-onasining oldiga qarab yo‘l oldi, biroq yo‘lda bir askarga duch keldi. Askar xo‘jalikdagi ishlarni bajarishni taklif qildi – do‘konga borish, taom tayyorlash, poyafzal tozalash, cho‘milish uchun suv tashish va h.k. Marial bunday taklifdan quvonib ketdi, ammo maoshini so‘raganida, harbiy uni uyga qulflab qo‘yib, ko‘chaga chiqarmay qo‘ydi.

Bir yil ana shunday xo‘rlikda o‘tdi. Bo‘lg‘usi Olimpiya sportchisi amakisidan 3 yil keyin Xartumga etib keldi. Amakisi qochqinlarga yordam ko‘rsatuvchi nodavlat tashkilotda faoliyat yuritardi. Qochqinlar janublik edi, shu bois shimolliklar ularni yomon ko‘rishardi. 1999 yilda Janubiy Sudan armiyasi bilan aloqada bo‘lganlikda ayblanib, amakisi qamoqqa olindi. Tungi qo‘lga olish jarayonida butun oila jarohatlandi, Guoraning esa qurol bilan tekkan zarb natijasida 6ta tishi sinib tushdi.

Bunday ziddiyatli vaziyatda bu erda qolish xavfli edi. Shu bois ammasi to‘g‘ri yo‘l tutdi: Misrgacha ikkita chipta olib, u erdan boshpana so‘radi. Bir yil o‘tib, ularga amakisi ham kelib qo‘shildi – uni cho‘lga olib borib, qolgan siyosiy mahbuslar bilan bir qator tizib, otib tashlashdi. Erkakning omadi kelib, u qadar jiddiy jarohat olmadi, biroq o‘zini o‘lganga solib yotaverdi. Shuncha ishdan keyin chegaradan yolg‘iz o‘tish – u uchun hech gap emas edi.

Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan eng irodali sportchi qissasi

Bir yil o‘tib, AQShda Marial va uning qarindoshlariga qochqin maqomi berildi. O‘sha paytga borib, Guar o‘ziga-o‘zi va’da berdi: “Men hayotimni saqlab qolish uchun qochgandim. Biroq endi qochmayman”.

Uning yugurishga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishga oddiy o‘qituvchi – Rasti Kofrin yordam berdi, bo‘lg‘usi sportchi uning uyida yashagan.

Hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmagan sudanlik bola Qo‘shma Shtatlarga tezda ko‘nikib ketdi: o‘rta maktabni tugatib, kollejda shifokorlik ishini o‘rgandi. Marialni Kofrindan olib ketgan murabbiy shunday xotirlaydi: “U har doim nimanidir o‘qir edi: avtobusda, aeroportda, samolyotda, mehmonxonada...U yugurish bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etayotganida ham kitob ochiq turardi”. U o‘qish bilan birga sport mashg‘ulotlari bilan ham shug‘ullanardi. Jarohatlar boshlandi. Murabbiyning aytishicha, bu uning do‘konda yuk tashuvchi bo‘lib ishlab yurgan paytida ustiga suv konteynerining tushib ketganligi asorati bo‘lgan.

Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan eng irodali sportchi qissasi

O‘qishni tugatgach, sog‘lig‘ini ham tiklab oldi. Endi Guora ish bilan band edi: u haftasiga 20 soat aqlan noraso kishilar shifoxonasida sanitar bo‘lib ishlay boshladi. U 2011 yilning oktyabr oyida hayotidagi ilk marafonini bosib o‘tdi. U birinchi urinishdayoq Olimpiya normativini bajarib, Londonda ishtirok etish imkonini qo‘lga kiritdi.

Muammo shunda ediki, amerikaliklar unga fuqarolik maqomini berish ishlarini cho‘zib yuborishdi. Olimpiada masalasi 9 oy davomida hal qilindi. Guor hatto ochilish marosimini qo‘yib yubordi. Marafonga bir necha kun qolganda Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi Marialga mustaqil atlet sifatida qatnashishga ruxsat berishdi. U etarlicha tayyorgarlik ko‘rishga ulgurmagani tufayli bu musobaqada sovrinli o‘rinlarni olmadi, lekin finishgacha etib kelganidan boshi ko‘kka etdi.

Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan eng irodali sportchi qissasi

Sportchi 21 yil deganda ota-onasini ko‘rish baxtiga muyassar bo‘ldi: “Men ularni tirik ko‘rish uchun Xudoga iltijo qilardim”. Ota-onasi avval uni tanishmadi, axir oradan qancha vaqt o‘tgan. Onasiga yonidagi yigit uning o‘g‘li ekanligini aytishganida, u hushini yo‘qotdi. Shunda Guor tiz cho‘kib, onasini quchdi. Onaizor bolasiga qarab qayta-qayta “Bu senmisan?” derdi. Shundan so‘ng Guor familiyasini o‘zgartirdi. Endi u Marial emas – Mading Maker (otasi kabi).

Maker Rioga Janubiy Sudan bayrog‘i sotida ketmoqda: mamlakat birinchi marta Olimpiadada rasman ishtirok etadi.

2016 yilgi Olimpiya o‘yinlarida erkaklar marafoni 21 avgustga bo‘lib o‘tishi rejalashtirgan.


Manba: xabardor.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar