Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

26.07.2016

Qo‘lbola mashinada yurgan xitoylikka jarima solindi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 133
Qo‘lbola mashinada yurgan xitoylikka jarima solindi

Kechagi xabarimizdagi Janubiy Afrikalik injenerning o‘xshashlari ko‘p ekan. Xitoylik 34 yashar yigit ham qo‘lbola avtomobil yasadi va mahalliy politsiyani uchratgunga qadar bamaylixotir minib yurdi.

Umumfoydalanish yo‘llarida yurgan qo‘lbola sportkar dizayni olaquroq tarzdadir. Orqadan Lamborghinini eslatadi, oldidan bir qancha mashhur markalarning omixtasiga o‘xshaydi. Kapotida esa Porsche emlemasi turibdi.

Kuzov panellari polimer ko‘pigidan yasalgan, dvigatel mototsiklniki. Uzatmalar qutisi ikki turdagi tezlikka ega. Olaquroq sport mashinasida fara, uskunalar paneli, hattoki, sportcha o‘rindiqlar va boshqo‘ygichgacha bor.

Qo‘lbola mashinada yurgan xitoylikka jarima solindi

Ammo avtomobil uchun eng muhim bo‘lgan davlat raqami, qayddan o‘tkazilganligi haqida guvohnoma singari “ikir-chikir”larga superkarsoz yigit ortiqcha ahamiyat bermadi va bu unga qimmatga tushdi. Axir, Xitoyda noqonuniy mashina boshqarishga keskin chora qo‘llanadi. Politsiya unga 4500 yuanlik (675 dollar) jarima belgiladi. Undan tashqari 12lik tizimdagi jarima ballaridan 6tasini oldi (hammasini olsa, haydovchilik guvohnomasidan ajraladi).

Shunga qaramasdan bu hodisaga nekbinlik ruhida qaragan ma’qul. Negaki, dunyoga mashhur avtomobilsoz Enzo Ferrari ham bir zamonlar qo‘lbola mashinada yurgan.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar