Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

24.07.2016

Samolyot-mashina Bloodhound soatiga 1600 km tezlik bilan rekord o‘rnatmoqchi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 117
Samolyot-mashina Bloodhound soatiga 1600 km tezlik bilan rekord o‘rnatmoqchi

Bloodhound SSC avtomobilining konstruktorlari, nihoyat, sinov o‘tkazishga tayyorliklari to‘g‘risida axborot berishdi.

Bloodhound SSC (SuperSonic Car) tovushdan tez yuradigan avtomobil bo‘lib, 2008 yildan beri britaniyalik injenerlar loyiha ustida ishlab kelmoqda. Ular 2015 yilda mashinani bitirib sinovni boshlamoqchi bo‘lgan, ammo aftidan bu kun endi etib kelgan ko‘rinadi.

Avtomobilga uch dvigatel o‘rnatiladi: raketaning gibrid dvigateli, Eurofighter Typhoon qiruvchi samolyotining Eurojet EJ200 reaktiv dvigateli va Jaguarga tegishli 8 tsilindrli V-simon benzinli dvigatel. Mashinada raketa va avtomobilning quvvati mujassamlashgan.

…Barchasi 1997 yilning 15 oktyabrida Endi Grin Nevada sahrosida Thrust SSC avtomobilini soatiga 1228 km tezlikda boshqarib rekord o‘rnatganidan boshlangan. Thrust SSC tovush tezligidan o‘zgan birinchi avtomobil sanaladi. To‘g‘ri, bu maqomga 1979 yilda Budweiser Rocket rusumi ham da’vogarlik qilgan, ammo rekord hisobga olinmagan.

Samolyot-mashina Bloodhound soatiga 1600 km tezlik bilan rekord o‘rnatmoqchi

Thrust SSC

Samolyot-mashina Bloodhound soatiga 1600 km tezlik bilan rekord o‘rnatmoqchi

Budweiser Rocket

2007 yilda Endi Grin va bir guruh tashabbuskor injenerlar avvalgi rekordni yangilashga eng shimardi. Qarabsizki, bugun mashina sinovga tayyor holga keldi. Bloodhound SSC suratiga qarab uchib ketishi mumkinligidan xavotir olmang, jamoada avtomobil uchib ketmasligini nazorat qiladigan mutaxassis bor.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar