Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.07.2016

Elon Mask kompaniyasining yaqin o‘n yildagi rejalarini oshkor qildi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 635
Elon Mask kompaniyasining yaqin o‘n yildagi rejalarini oshkor qildi

Tesla kompaniyasi asoschisi Elon Mask o‘n yilga mo‘ljallangan rejalarini bir-bir sanab berdi. Bu rejalar dunyoni o‘zgartirishi muqarrardir.

Mask jahonni Quyosh energiyasidan foydalanishga o‘tkazish uchun Tesla va SolarCity kompaniyalarini birlashtirmoqchi. Bundan tashqari, teslachilar elektrga ishlovchi yuk mashinalari va yo‘lovchi avtobuslari yaratish ustida izlanyapti. Bu transport vositalari kelgusi yili namoyish etiladi. Ammo Mask syurprizlarining eng qizig‘i Uber xizmatiga o‘xshash avtomobil parki bo‘lib, unda Tesla avtorusumi egalari mashinasi bo‘sh vaqtida ishlatib pul topishi mumkin.

Teslaning ikkinchi tadbirlar tizimini tuzish Maskning xayoliga o‘n yil muqaddam kelgan. Rejaning birinchi punkti amaldagi voqelikdan bir oz uzoq bo‘lib, qimmat mashina yaratish va uni oz miqdorda ishlab chiqarish ko‘zda tutilardi. “PayPalda ishlab topgan pulimga amalga oshiradigan rejamning bori shu edi. Muvaffaqiyatga erishish uchun imkoniyatim juda ozligidan begona sarmoyachilarning pulini tavakkal sarflagim kelmadi. Avtomobil startapchilari orasida omadi kelganlar juda kamdir. 2016 yilda Amerika avtomobilsozlik kompaniyalari orasida atigi ikkitasi kasodga uchramadi: Ford va Tesla”

“Avtomobil kompaniyasiga asos solish esipastlikdir. Elektrli avtomobil kompaniyasi tashkil etish esa ikki karra esipastlikdir”, deb yozadi Mask.

Birinchi rejada dastlabki rusumlardan kelgan foyda hisobiga asta-sekin mashina narxini pasaytirish va mahsulot hajmini oshirish belgilangandi. Bu ishni amalga oshirar ekan Tesla ko‘p bor OAV tanqidiga uchradi. Uni “boylar uchun mashina ishlab chiqarish”da ayblashardi. Tanqidlarga e’tiroz tariqasida Mask tushuntirish berdi:

“… Ishning mohiyati barqaror energetika paydo bo‘lishini tezlatishdadir, bundan keyin ham shunday bo‘ladi. Bu yanada ajoyib hayot sari kelajakka xavotirsiz boqish imkonini beradi. “Barqaror” nima degani? Bu xippining qandaydir bema’niligi emas, hamma uchun muhim narsa”, deya Elon Mask rejasining to‘rtinchi punktini tushuntira boshlaydi. Bu punkt insoniyatni Quyosh energiyasi bilan ta’minlashga bag‘ishlangan.

Elon Mask kompaniyasining yaqin o‘n yildagi rejalarini oshkor qildi

Mask iqtisodiyotni barqaror energetika asosida qurish lozimligini, aks holda qazilma yonilg‘ilarni yoqib tamomlab, tamaddun inqirozga uchrashini aytadi.

Bu maqsadga jadalroq erishish uchun Mask ikkinchi kasbiy rejasini taqdim etdi. Bu reja ham to‘rt punktdan iborat.



Akkumulyator batareyalari bilan integratsiyalashgan quyosh energiyasini to‘plovchi foydali tomlar qurish.



Inson faoliyatining asosiy sohalarini qamrab olish uchun elektrli transport ishlab chiqarishni oshirish.



Jonli haydovchi boshqaruvidan ko‘ra o‘n barobar xavfsizroq bo‘lgan avtonom mashinalar ishlab chiqish.



Avtomobildan foydalanmayotgan paytingizda ham u orqali pul ishlashga erishish.

Keling, har bir punktga batafsil to‘xtalamiz.

Quyosh energiyasini to‘plash va saqlash

Elon Mask kompaniyasining yaqin o‘n yildagi rejalarini oshkor qildi

Mask joriy etadigan avtonom energetik tizimlarni o‘rnatish va xizmat ko‘rsatish juda oson bo‘ladi. Natijada har bir xonadon isitish, yoritish kabi energiya bilan bog‘liq muammolarni batamom unutadi.

Buning uchun butun dunyodagi uylar tomi quyosh paneli bilan qoplanadi. Ushbu maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun esa Tesla va SolarCity birlashuvi lozim, deb hisoblaydi Mask.

Hamma elektrokarga o‘tirsin

Elon Mask kompaniyasining yaqin o‘n yildagi rejalarini oshkor qildi

Tesla mashinalari safida hozirdanoq sedan va krossoverni ko‘rish mumkin. Endi yuk mashinasi va yo‘lovchi avtobuslari chiqarishni mo‘ljallayapti. Mask fikricha, elektrobuslar avtonom boshqariladigan, ergonomik va ixcham bo‘lmog‘i lozim. Yo‘lovchi qaysi bekatda to‘xtash haqida smartfon orqali ko‘rsatma beradi.

Yo‘lovchi va yuk tashuvchi transport vositalari haqida kelasi yil mufassalroq ma’lumot beriladi, chunki ular ustida ishlash endigina boshlandi, deb yozadi Mask.

Avtomobil ishlab chiqarish sur’atini oshirish uchun Tesla “mashina tayyorlaydigan mashina” yaratmoqchi.

Avtonomlik

Elon Mask avtonom avtomobillar YTHlar sonini ikki barobarga qisqartirishiga ishonadi. Ammo elektron dasturni odamdan yaxshiroq haydashga o‘rgatish uchun ozmuncha vaqt ketmaydi. Mask buning uchun 10 mlrd km yo‘l bosib o‘tilishi zarur, deb hisoblaydi. Hozirda esa avtopilotlar o‘quv mashqlarida kuniga 5 mln km bosib o‘tyapti.

Elektromobil egalari Uber tashkil qiladi

Zarur bo‘lganda smartfon ilovasi orqali avtomobilni chorlaysiz. Haydovchisiz avtomobil “o‘z oyog‘i bilan” huzuringizga keladi hamda tegishli joyga sizni eltib qo‘yadi. Yo‘lda yangiliklarni o‘qishingiz yoki ovqatlanishingiz mumkin.

Yuqorida tasvirlangan jarayondan xulosa yasasak, avtomobil sohiblari undan bor-yo‘g‘i 5-10 foizga foydalanmoqda. Mask esa Uber tartibi joriy etilishini taklif qiladi. Tasavvur qiling: mashinadan foydalanmayotgan vaqtingizda u “Tesla” avtojamlanmasiga tegishli sanaladi va istalgan odam taksi sifatida foydalanishi mumkin. Shu yo‘l orqali mashina egasi hisobiga pul tushadi.

Mask faqat Erda ishlashni rejalashtirmagan. Shu kunlarda uning SpaceX kompaniyasi Falcon 9 raketa tashuvchisini muvaffaqiyatli qo‘ndirdi. 2018 yilda esa Marsga raketa uchirishni rejalashtiryapti.

Manba: Carzone.uz


Teglar: Tesla

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar