Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.07.2016

O‘zbekiston va Qozog‘iston temiryo‘l transporti sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 137
O‘zbekiston va Qozog‘iston temiryo‘l transporti sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

Sputniknews-uz.com‘ning yozishicha, O‘zbekiston va Qozog‘iston temiryo‘l sanoati sohasida bir necha qo‘shma korxonalar qurishga kelishib olishdi, deb xabar berdi Qozog‘iston elchisi Erik Utembaev.

Uning so‘zlariga qaraganda tomonlar turli ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonalar va temiryo‘l infrastrukturasi qurish haqida bir necha muzokaralar o‘tkazishdi.

“Yaqinda “Qozog‘iston temir yo‘llari” delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif bilan kelgan edi. Muzokaralar davomida bir qator qo‘shma korxonalar tashkil qilish va birgalikda ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati tuzildi. Hozir ushbu loyihalar aynan rivojlanish bosqichida. Biz ishlab chiqarishga oid texnik detallarni muhokama qilishga kirishdik”, — dedi elchi.

Qozog‘istonlik diplomat so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda ikki mamlakat birgalikda zamonaviy vagonlar, lokomotivlar, temir yo‘l relslari hamda ehtiyot qismlar ishlab chiqarishi mumkin. Birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotlar O‘rta Osiyo va MDH bozorida o‘z ulushiga ega bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston va Qozog‘iston temiryo‘lchilari tezyurar poezdlar ishlab chiqarish borasida ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor. Buning uchun ular Qozog‘istondagi Ispaniyaning Talgo zavodi quvvatlaridan foydalanishmoqchi. O‘zbekistonda bugungi kunda tezyurar poezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish jadal rivojlanib bormoqda.

“O‘zbekiston Temir yo‘llari besh yildan beri Ispaniyaning Talgo korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan 4 etakchi va 18 yo‘lovchi vagonlardan foydalanmoqda. Ushbu poezd O‘zbekistonda “Afrosiyob” nomini olgan va bugungi kunda Toshkent – Qarshi yo‘nalishida harakat qilmoqda.

Yaqin ikki oy davomida yana to‘rt bosh vagon va 20 yo‘lovchi vagonini va ikki vagon-restoran olib kelish rejalashtirilgan. Ushbu vagonlardan ikki temiryo‘l poezdi tuzilib, ulardan har biri 287 yo‘lovchi tashish imkoniga ega bo‘ladi. Poezdlar umumiy qiymati 42 mln dollarni tashkil qiladi.

Kelajakda amalga oshiriladigan ishlar ko‘p bo‘lganligi tufayli, ikkala tomon hamkorligining kelajagi porloq ko‘rinadi.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar