Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.07.2016

O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorlikda avtomobil ishlab chiqarishi mumkin

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 180
O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorlikda avtomobil ishlab chiqarishi mumkin

21 iyul kuni Qozog‘istonning “SarыarkaAvtoProm” kompaniyasining texnik mutaxassislaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonda mehmon bo‘ladi, deb yozmoqda khabar.kz sayti. Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Erik Utemboev ikki davlat o‘zaro hamkorlikda yangi avtorusum va butlovchi qismlar ishlab chiqarishi mumkinligini aytdi.

“SarыarkaAvtoProm” kompaniyasi Toyota, Hyundai, SsangYong, Geely, JAC avtorusumlari va Iveco maxsus texnikasini ishlab chiqaradi.

Qozog‘iston delegatsiyasi “Samarqand avtomobil zavodi”, GM Uzbekistan, JV MAN Auto – Uzbekistan korxonalarida bo‘ladi. Delegatsiya tarkibidagi injenerlar, nafaqat, umumiy mavzularni, balki hamkorlik loyihasi bo‘yicha aniq masalalarni muhokama qilishadi.

Erik Utemboev asl maqsad “Qozog‘iston yoki O‘zbekistonda yasaladigan avtomobillarni qayta ishlab chiqarish emas, ikkala mamlakat va boshqa davlat bozorlarida xaridorgir bo‘lgan, hamkorlarning hech biri ishlab chiqarmaydigan rusumlarni topish” ekanligini qayd qildi.

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar