Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.07.2016

Rus dizayneri yadro yonilg‘isiga ishlaydigan Audi loyihasini tuzdi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 133
Rus dizayneri yadro yonilg‘isiga ishlaydigan Audi loyihasini tuzdi

Aleksey Gorin ismli rossiyalik dizayner namoyish qilgan loyihaviy avtomobil benzin, dizel yoki elektrga emas, yadro yonilg‘isiga ishlaydi. Muallif loyihadan maqsad kelajakda yadro energiyasidan xavfsiz foydalanish mumkinligini isbotlash ekanligini aytmoqda.

Gorin bo‘lajak avtomobil tuzilishi ustida astoydil ishladi. Mashinaning o‘rta qismida termoyadroli reaktor va plazmali forsunkalar joylashadi. Uning atrofida esa reaktor issiqligidan bug‘ ishlab chiqariladi va bug‘ generatorga ulangan turbinani aylantiradi.

Rus dizayneri yadro yonilg‘isiga ishlaydigan Audi loyihasini tuzdi

Generator o‘z navbatida avtomobilning oldi va yonidagi batareyalarni zaryadlaydi, batareyalar esa elektr quvvatini motor orqali g‘ildiraklarga uzatadi. Kondensatorlar bug‘ning takror ishlatilishini ta’minlaydi, tizim davriy tartibda ishlaydi.

Rus dizayneri yadro yonilg‘isiga ishlaydigan Audi loyihasini tuzdi

Shassi boshqaruv tizimi magnitli-gidrodinamik tarzdadir. Uning asosida magnitli suyuqlikka to‘latilgan tagi yassi bak yotibdi. Ushbu suyuqlik yo‘lga tortishadi va yadromobilni pastga bosadi. Bundan tashqari keskin burilish vaqtida suyuqlik bir tarafga og‘ib mashinani qiyshayishdan saqlaydi.

Ammo bunday mashinani yig‘ish va termoyadroviy reaktorni ishga tushirish o‘ta murakkabdir. Shu sababli loyiha nazariyaligicha qolib ketishi ehtimoli baland. Ammo suvosti kemalarini loyihalashda mazkur tajriba qo‘l kelishi mumkin.

Rus dizayneri yadro yonilg‘isiga ishlaydigan Audi loyihasini tuzdi

Manba: Carzone.uz


Teglar: Audi

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar