Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.07.2016

O‘zbekiston avtomobil sanoati 20 yoshda

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 502
O‘zbekiston avtomobil sanoati 20 yoshda

Bugun O‘zbekiston avtomobil sanoati o‘zining yubileyini nishonlamoqda – 20 yil avval, 1996 yilning martida Asakadan birinchi avtomobillar chiqa boshladi.

O‘tgan yillar davomida mahlliy avtomobil sanoati o‘zgarish, korruptsiya mojarolari, o‘sish va tushish bosqichlarini bosib o‘tdi. Avtosanoat – aholining chin muhabbatidan nafratigacha bo‘lgan qarama-qarshi his tuyg‘ularini uyg‘otuvchi soha bo‘lganligi uchun avtosanoat eng ko‘p muhokama qilinadigan mavzulardan biriga aylandi.

Sputnik muxbirlari, mahalliy avtosanoatning maqtov va yutuqlarini yana bir bor sanab  o‘tish o‘rniga, avtomobillar oddiy fuqarolar hayotini qanday o‘zgartirganini bilishga harakat qilishdi. Buning uchun ular mahalliy avtosanoatning xaridorlari bilan suhbatda bo‘lishdi.

Mening bo‘lka nonim

1996 yilda Asaka avtomobil zavodidan chiqqan birinchi avtomobil bu Damas bo‘ldi. Tashqi ko‘rinishidan bo‘lka nonga o‘xshash bo‘lgani uchun ushbu avtomobil xalq orasida tezda “bo‘lka non”, “buxanka” nomini oldi.

O‘tgan yili 62 yoshga to‘lgan, Andijonlik Ravshan aka aytishiga ko‘ra, 1996 yilda, Jiguli, Moskvich va Volgalar bilan to‘la Andijon ko‘chalarida Damas butunlay boshqa planetadan kelib qolgandek tuyular edi.

“Sovet yillarida mashinaga ega bo‘lish bu katta hasham edi. Odatda, shaxsiy avtomobilga faqat partiya rahbarlari yoki savdo sohasi xodimlari ega edilar. Hozir ham vaziyat tubdan o‘zgardi deya olmayman, avtomobil egalarning ko‘pi mansabdor shaxslar va savdogarlar, lekin bugungi kunda avtomobil ancha ommaboplashdi, va bizning oila kabi oddiy oilalar ham uni sotib olishi mumkin bo‘ldi”, — deydi Ravshan Sarvarovich.

Biz butun oilamiz bilan ushbu chet el mo‘’jizasini sotib olish uchun uch yil emay-ichmay pul to‘plaganimiz esimda, debydi suhbatdoshimiz.

Uni hovliga olib kelgan kunimiz butun mahalla tomoshaga kelgan edi. Yangi avtomobilning oldida ikki ulkan farasi, qulay saloni va tashqi ko‘rinishi biz o‘rganib qolgan (sedan turdagi) avtomobillarga hecham o‘xshamas edi. Bizga u oldin faqat televizordan tomosha qilgan g‘arb hayotining bir bo‘lagidek tuyular edi.

“Biz Sovet Ittifoqida tarbiya olgan odamlar bunday yangiliklarni katta qiziqish bilan kutib olardik. Bugungi kundagi yoshlar buni tushunishi qiyin. Ularga hamma narsa muhayo: xoxlasang Apple telefoni, xoxlasang Samsung televizori, xoxlasang BMW avtomobili. Bizda esa “Gorizont” televizori va  kanal almashtirish uchun ombir bo‘lardi, xolos. Damas esa o‘zga, muhtasham hayotning belgsidek edi, go‘yo”, — deb kuladi Ravshan aka.

Bu mashina 15 yildan ortiq astoyidil xizmat qildi. U Ravshan akaning ko‘p sonli oilasini – bolalarini, nabiralarini, kelin va boshqa qarindosh-urug‘larini bozorlarga, maktablarga, bog‘chalarga,  to‘y va boshqa tadbirlarga tinmasdan tashidi. Kerak bo‘lganda o‘ndan ziyod odam, liq to‘la yukni miq etmasdan tashidi va biror  marta pand bermadi.

Sodiq tulpor

O‘zbekistonda eng ommaviy kasblardan biri bu – “kirakashlik”. Oliy  ma’lumot kerak emas, ozroq mashina haydash tajribasi, haydovchilik guvohnomasi, va yo‘lovchini ko‘rganda bir zumda o‘ng qatordan chapga o‘tish qobiliyati bo‘lsa bas. Faqat masalaning bir muhim tomoni bor. Bir necha yuz ming kilometrni birga bosib o‘tadigan hamkor — avtomobilni to‘g‘ri tanlash kerak.

“Taksist uchun to‘g‘ri avtomobil tanlash o‘ta muhim. Sovet davri avtomobillari o‘z davrida yaxshi, baquvvat va kamxarajat avtomobil edi. Ularni har qanday sharoitda ishlatish va faqat bolg‘a yordamida tuzatish mumkin edi. Sovet avtomobillar benzin ko‘proq xarajat qilar edi, Ittifoq tugaganidan keyin esa, ularga ehtiyot qismlar topish ham murakkablashdi. Taksichilar uchun esa — ushbu omillar juda muhim. Shuning uchun mustaqillik yillarida kirakashlar birin ketin O‘zavtosanoat mahsulotiga o‘ta boshlashdi”, — deyida tajribali “taksist” Renat.

1990 yillar boshida paydo bo‘lgan o‘zbek avtomobillariga Renat dastlab katta shubha bilan qaradi. Salobatli Volga va baquvvat Jigulilar oldida Neksiya Damas va Tikolar juda nozik, guyoki plastikdan yasalgandek tuyular edi. Ehtiyoj kuchli bo‘lgani tufayli Renat o‘ylab-o‘ylab Neksiya olishga qaror qildi. Keyinchalik esa Neksiya uning sevimli avtomobiliga aylandi.

Biroz beso‘naqay ko‘rinishga ega bo‘lishiga qaramasdan, kuchli va ishonchli dvigateli, shovqinsiz va aniq ishlaydigan uzatmalar qutisi, eng yomon sifatli yo‘llarga ham bardosh beruvchi yurish qismi (xodovaya) ga ega bo‘lgan Neksiya, keyingi yillarda barcha kirakashlarning sevimli avtomobiliga aylandi. Biroz vaqt o‘tib Neksiya mingan kirakashlar nafaqat shahar ichida balkim shaharlararo yo‘lovchi tashish sohasini ham butunlay egallab olishdi. O‘tgan 20 yil davomida O‘zbekiston ichida bir milliondan ortiq birinchi va ikkinchi avlod Neksiya avtomobillari sotib olindi. Buni haqiqiy xalq muhabbatini qozonish desa bo‘ladi.

“Albatta Jigulini Neksiyaga almashtirish oson bo‘lmadi. Ittifoq avtomobillari juda baquvvat edi. Lekin har birining o‘z yutuq va kamchiliklari bor. Bugungi kunda birinchi ishlab chiqarilgan Neksiyalar, “katta yoshda” bo‘lishiga qaramasdan juda qadrlanadi. Ularning barcha ehtiyot qismlari Janubiy Koreyada ishlab chiqarilganligi, xalq orasida ularni “ishonchliroq” degan nomga sazovor qilgan. Yangi chiqarilayotgan avtomobillarni esa 1-2 yil o‘tib u er-bu erini tuzatishga to‘g‘ri keladi”, — deydi suhbatdosh.

Mashina – bu mening ko‘zgudagi aksim

Haydovchilik – ayollar ishi, degan fikrga bizning navbatdagi suhbatdoshimiz mutlaq qo‘shilmaydi. Shahlo – 16 yillik tajribaga ega bo‘lgan haydovchi.

“Avtosanoatimizning yaxshi tomonlari ham va yomon tomonlari ham ko‘p. Lekin meni dom bir narsa jig‘imga tegadi – sotuvda faqat oq yoki kulrang rangdagi avtomobillar bo‘lishi. Ko‘k, qizil yoki boshqa ranglar faqat “bayram kunlari”. Oddiy avtomobilni salondan olib ketish murakkab bo‘lgan vaqtda alohida optsiyalar buyurtma berish haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Biz ayollar esa, avtomobilimiz biror alohida xususiyatga ega bo‘lishini xoxlaymiz”, — deydi Shahlo.

O‘zining oddiy oq Neksiyasini pushtirangga bo‘yab, yonida bir necha gul suratini chizish uchun Shahlo bir necha oy davomida oqori malakali usta izladi.

Shahloning so‘zlariga qaraganda,  o‘zbek avtomobillarini odamlar bozorda boshqa avtomobillar bo‘lmagani uchun sotib olmoqda. Boshqa chet el markalarini O‘zbekistonga olib kelish juda qimmatga tushadi. Shahloning fikriga ko‘ra, chet el avtomobillari uchun kichik bir darcha ochilganda ham – bu mahalliy avtosanoatga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lardi.

“Bizning ishlab chiqaruvchilar raqobat nimaligini unutib qo‘yishgan. Ular odamlarda boshqa tanlov yo‘qligi va davlat imtiyozlaridan foydalanishadi. Buning natijasida esa sifat nazorati pasayib bormoqda, ishlab chiqaruvchida esa biror yangi mahsulot chiqarishga turtki yo‘q. Shundoq ham sotib olishayotgan bo‘lsa, nima keragi bor — deb hisoblaydi ular. Mening fikrimcha O‘zbekistonliklarga tejamli va arzon avtomobillar kerak, “Orlando”, “Malibu” yoki “Epika” emas”, — deb jig‘abiyron bo‘ladi Shahlo.

Manba: Sputniknews-uz.com

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar