Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.07.2016

Aston Martin qiruvchi samolyot sharafiga superkar yasaydi

Автор: Car-News Комментариев: 0            Просмотров: 92
Aston Martin qiruvchi samolyot sharafiga superkar yasaydi

Aston Martin chekli nusxada ishlab chiqaradigan Vantage V12 S Spitfire 80 superkari ikkinchi jahon urushidagi Angliyaning Spitfire nomli mashhur qiruvchi samolyotlaridan biriga bag‘ishlanadi.

1936 yilning iyulida Supermarine Spitfire qiruvchi samolyotining yozgi sinash ishlari tugallangan edi. Supermarine Spitfire urushning eng yaxshi qiruvchi samolyotlaridan deya tan olingan.

Superkar bor-yo‘g‘i sakkiz nusxada ishlab chiqariladi.

Avtomobillarning barchasi qiruvchi samolyot singari sariq yo‘l-yo‘li bor zangori rangga bo‘yaladi. Oldidagi karbon bamperi havokesar (splitter) bilan birlashgan, tutun chiqarish quvurchasi samolyotga xos shaklda bo‘ladi. Salon polida charmdan to‘shamalar, o‘rindiqlarga esa qiruvchi samolyotning tasviri tushiriladi.

Aston Martin qiruvchi samolyot sharafiga superkar yasaydi

Albatta superkarning o‘zi ham qiruvchi samolyotdek shiddatli ishlanmasa bo‘lmaydi. 5,9 litrli 12 tsilindrli dvigatel 573 ot kuchini etkazib beradi, aylantirish momenti 620 N∙m. 3,9 soniyadayoq yuz tezlikka chiqadi, eng yuqori tezligi esa soatiga 305 km.

Superkarni xarid qilishni istagan davlatmand odam 180 ming funt sterling sanab berishiga to‘g‘ri keladi. Bu 240 ming dollar deganidir. Darvoqe, xaridor sarflagan mablag‘iga achinmasa bo‘ladi, chunki bu pul xayriya ishlariga yo‘naltiriladi.

Aston Martin qiruvchi samolyot sharafiga superkar yasaydi

Manba: Carzone.uz


Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar